www.ziyouz.com kutubxonasi
97
71-bob. Masjidda qarzdordan pulini qistamoq va berasan, deb turib olmoqning hukmi Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan qarzini qistadi. Ikkovlari janjallashib baqir-chaqir
qilishganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib eshitdilar. Hujralarining
pardasini ochib: «Ey, Ka’b!» — dedilar. «Labbayka, yo Rasululloh! » — dedi.
«Qarzingning yarmini kechg‘il!» — dedilar yoki shu ma’noda ishora qildilar. Ka’b: «Xo‘p,
kechdim»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi»va sallam Ibn Abu Hidradga: «Turg‘il,
qarzingni to‘lag‘il!»—dedilar.
72-bob. Masjidga tushgan latta-putta, xas-cho‘p va boshqa tashlandiq narsalarni yig‘ishtirmoq hamda masjidni supurmoq Abu Hurayra raziyallohu anhu naql qiladilar: «Bir qop-qora kishi (yoki qop-qora xotin)
masjidni supurib yurar erdi. Bir kuni u vafot etib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam uni so‘raganlarida, «Vafot etdi»,— deyishdi. Rasululloh: «Meni chaqirmabsizlar-
da, unga janoza o‘qig‘ay erdim. Qabrini ko‘rsatingiz»,— debdilar. So‘ng, qabriga borib,
janoza o‘qibdilar».
73-bob. Kayf qiladirgan ichimliklar sotishni masjidda taqiqlash Oisha onamiz quyidagi hadisni aytdilar: «Sudxo‘rlik harom, deb aytilgan surai Baqara
oyatlari nozil bo‘lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib ularni
o‘qib berdilar, so‘ng ichimlik sotmakni man’ qildilar».
74-bob. Masjidga xizmat qilish Ibn Abbos bu xususda Bibi Maryamning «Surai oli Imron» dagi «Ilohi, qornimdagi
homilamni senga nazr etdim, u faqat masjidga xizmat qilg‘usidir» degan so‘zlarini
keltiradilar.
Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xotinmi yoki erkakmi, bir odam masjidda
xizmat qilib yurar erdi»,— dedilar Abu Hurayra. Abu Rofi’: «Nazarimda, o‘sha xotin kishi
erdi»,— dedilar. So‘ngra, Abu Hurayra o‘sha masjidga xizmat qilg‘uvchi odam vafot
etgandan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning xususida nimalar deganlarini
va uning qabriga borib janoza o‘qiganlarini aytdilar».