Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 
yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. 
Men: «Abu Bakr o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab yuborg‘aydirlar, odamlar qiroatlarini 
eshitolmay qolg‘aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr 
sizning o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg‘aydir, imomlikni 
Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi 
xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga». 
Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha 
onamizga. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
o‘n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo‘ldim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr 
jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar. 
Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag‘idek oppoq, ozgin 
va chiroylig‘ erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamni ko‘rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo‘ldik. Abu Bakr Siddiq ersa 
birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma’noda bizga ishora qildilar-da, pardani 
yopib qo‘ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar». 
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun 
namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o‘tdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko‘tardilar. Hech qachon 
Janob Rasulullohning chehralarini ko‘rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o‘tg‘il!» deb ishora qildilar-
da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi». 
Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh 
og‘ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: 
«Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr 
ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig‘idan to‘xtay olmag‘aylar»,— dedilar. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — 
dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so‘zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom 
qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin