65-bob. Chaqaloq yig‘lab qolganda namozni qisqaroq o‘qimoq xususida Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namozni
uzunroq qilib o‘qimoqchi bo‘lganimda, chaqaloq yig‘lab qolsa, onasiga og‘ir tushmasin
deb, qisqaroq o‘qiydirmen»,— degan ekanlar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamdan ko‘ra namozni qisqaroq va mukammalroq o‘qiydirgan birorta odamni
uchratmadim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chaqaloq yig‘isini eshitib, onasiga
qiyin bo‘lmasin deb, namozni qisqaroq o‘qir erdilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men
namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo chaqaloqning yig‘isini
eshitib, onasiga og‘ir bo‘lmasin deb, qisqartirg‘ayman»,— degan ekanlar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men,
namozni uzunroq o‘qiydirman, deganimda chaqaloqning yig‘isini eshitib qolg‘ayman.
Shunda o‘ning onasiga og‘ir tushmoqligini fahmlab, namozni yengillatg‘ayman»,— degan
ekanlar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men
namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo bola yig‘isini eshitib qolib,
uning onasi aziyat chekmog‘ini o‘ylab, yengillatg‘ayman»,— degan ekanlar».
bb-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o‘qisa-yu, so‘ng o‘z qavmiga borib imomlik
qilsa...
66-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o’qisa-yu, so’ng o’z qavmiga borib imomlik qilsa… Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoz raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
142
alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qidilar, so‘ng o‘z qavmlariga borib imomlik
qildilar».