90-bob. Namoz o‘qiyotib osmonga nazar tashlamoq Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Odamlarga ne bo‘libdir o‘zi? Namoz o‘qiyotib nuqul osmonga qaraydirlar?» — dedilar.
Keyin, bu haqda: «Odamlar namoz o‘qiyotib osmonga qaramoqni bas qilsalar, qilg‘aylar,
bo‘lmasa ko‘zlari ko‘r qiling‘aydir»,— deb qattiqroq gap aytdilar».
91-bob. Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglashning makruhligi Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglamoq to‘g‘risida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radim. .Janob Rasululloh: «Bu —
shaytonning bandaning namozidan bir changal (o‘g‘irlab) olmog‘idir!»—dedilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam guldor qamisa
kiyib namoz o‘qidilar. So‘ng: «Bu kiyimning gullari dilimni mashgul qildi (meni alaxsitdi).
Buni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga anbijoniyya (ko‘ylak) olib kelingiz!»—
dedilar».
92-bob. Namozxon namoz vaqtida sodir bo‘lgan biror ishga e’tibor beradimi yoki naq qibla tomondagi biror narsaga qaraydimi? «Abu Bakr o‘girilib qaragan erdilar, yonlarida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamni ko‘rdilar»,— deydilar Sahl raziyallohu anhu.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat oldida namoz
o‘qiyotib, masjidning qibla tomoni devoridagi tupukka ko‘zlari tushdi. Darrov uni qirib
tashladilar. Namoz tugagach: «Qaysi biringiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, Olloh taolo old
tomoningizda bo‘lg‘aydir. Shuning uchun hech biringiz old tomonga tupurmangiz!» —
dedilar».
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Sahobalar namozi bomdod o‘qishayotganda Janob
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Oisha onamizning hujralari pardasini ochib,
ularga tabassum qilib qarab qo‘yganlari sahobalarni taajjubga soldi. Abu Bakr, Janob
Rasulullohni namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janob
Rasululloh sahobalar namozni to‘xtatmoqchi bo‘layotganlarini payqab, «Namrzni davom
ettiringiz!» — deb ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Shu kunning oxiriga borib
Janob Rasululloh vafot etdilar».