6-bob. Jum’aga gul yog‘i surtib bormoq Salmon al-Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishikim jum’a
kuni g‘usl qilib, qo‘ldan kelgancha poklanib, xushbo‘y yog‘lar birlan soch-soqollarini
moylab yokim uyida bor bo‘lgan xushbo‘y narsalardan o‘ziga sepib, so‘ng masjidga kelsa
va ikki kishi orasidan ularga ozor bermay o‘tib, Olloh taolo nasib qilgancha namoz o‘qisa,
imom gapirganda jim turib quloq, solsa, o‘sha jum’a birlan o‘tgan jum’a o‘rtasidagi
gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,-deganlar».
Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a
kuni nahs bo‘lmasangiz ham g‘usl qilingiz va boshlaringizni yuvingiz, o‘zingizga xushbo‘y
narsalar sepingiz! deganlar»,- deyishadi, shunga siz ne dersiz? dyob Ibn Abbosga
aytdim. Ibn Abbos: «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl haqida shundoq deb
aytganlar, ammo xushbo‘y narsalar to‘g‘risida nelar deganlarini bilmasmen» ,— dedi».
«Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum’a kuni g‘usl qilmoq to‘g‘risida
aytgan gaplarini so‘zlab berdi. Shunda men: Xushbo‘y narsalar sepadirmi yokim bor
bo‘lsa, xushbo‘y yog‘lar surtadirmi? deb Ibn Abbosdan so‘radim» ,— deydilar Tovus
raziyallohu anhu, Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysinisini nazarda
tutganlarini aniq bilmasmen»,- debdi.
7-bob. Jum’a namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu masjid eshigi
oldida ipak matodan tikilgan chopon sotishayotganini ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamga: «Yo Rasululloh, shu choponni sotib olsangiz, jum’a kuni va mehmonlar
kelganda kiyar erdingiz»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu choponni
oxiratdan umidini uzgan odam kiyg‘aydir»,- dedilar. Keyinchalik, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga o‘sha ipak chopondan bir nechasini hadya qilib yuborishdi. Shunda
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponlardan birini Hazrat Umarga berdilar. Hazrat
Umar: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ipak choponni menga kiydirdingiz,
vaholanki bu to‘g‘rida boshqa narsa degan erdingiz?!» - dedilar. Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Men senga choponni o‘zing kiyg‘il, deb berganim yo‘q»,-
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
174
dedilar. Umar ibn al-Xattob choponni Makkadagi mushrik (Ollohga shirk keltirgan)
ukalariga kiydirib yubordilar».