Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o‘qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

10-bob. Namoz o‘qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi 
Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o‘qidim. Shunda 
ul kishi «Iza-s-sa-mou-n-shaqqat» surasini o‘qiyotib sajda qilinadirgan oyatga kelganda 
sajda etdilar. Namoz tugagach, men: «Bu nechuk sajda bo‘ldi?» - dedim. Abu Hurayra: 
«Shul oyatga kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib sajda 
qilganman. Shul sababdan Rasulullohni qiyomatda uchratmagunimcha (to o‘lgunimcha) 
sajda qilaverg‘umdir!» - dedilar». 
11-bob. Tiqilinchda sajda qilmoqqa joy topmagan kishi 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan 
oyati bor surani o‘qib, sajda etar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda aylar erdik. 
Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz peshonamizni qo‘ygudek joy topolmay qolar erdik». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
 
 
NAMOZNI QASR (QISQARTIRIB) O’QISH HAQIDAGI BOBLAR
1-bob. Qasr o‘qish va uning muddati haqidagi hadislar to‘g‘risida
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 19 kun Makkada 
turib qasr o‘qidilar (Makka fath qilinganda). Shuning uchun biz ham safarda 19 kun qasr 
o‘qiydirmiz». 
Anas raziyallohu anhu Yahyo ibn Abu Ishoqqa bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan Makkaga yo‘l oldik. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga qaytib kelgunimizcha farz nomozini ikki 
rak’at-ikki rak’atdan o‘qidilar». Yahyo ibn Abu Ishoq: «Makkada ko‘p 
turmagandirsizlar?» - deb Anasdan so‘rabdilar. Anas: «Makkada o‘n kun turdik»,- deb 
javob beribdirlar.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin