www.ziyouz.com kutubxonasi
256
32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib
yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar.
Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq
deganidir»,— deydilar.
Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday
deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq,
boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening
nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi
mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli
azobga qolg‘usidir».
Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida
azoblang‘aydir»,— deganlar».
Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli,
azoblang‘aydir»,— deganlar.
33-bob. Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi
kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib
tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim
qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana
qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat
berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb
buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning
singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar.
Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib
turishdi».