Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə410/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
103-bob. Tuya minish haqida 
Olloh taolo: «Qurbonlik tuyalarini Biz sizlar uchun Ollohning nishonlaridan qildik (ya’ni, 
tuyalarni qurbonlik qilmoq ham Olloh udumlaridandir), ularning o‘zlarida va ularni odob 
birlan qurbonlik aylamoqlikda sizlar uchun ko‘p foydalar bordir. Ularni turg‘izib, Olloh 
nomini zikr qilib, zabh aylangiz, ularni yonboshlariga yiqilganlaridan keyin iste’mol 
qylingiz va qanoatli muhtojlarga hamda muhtoj tilamchilarga yediringiz! Hayvonlarni
shukr qilursizlar deb, sizlarga musaxxar ayladik, ularning na go‘shtlari va na qonlari 
Olloh rizolig‘iga kifoya etmag‘aydir, balkim sizlarning dilingizdagi xavfu taqvo kifoya 
qilg‘aydir. Olloh, sizlarga hidoyat qilgani uchun (unga) takbir aytg‘aysizlar deb, ularni 
sizlarga mana shundoq musaxxar ayladik, xayrli ish qilg‘uvchilarga buni bashorat 
qilingiz!» - deydir. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
tuya haydab borayotgan kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»-dedilar. U kishi: «Bu 
qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. Boyagi kishi 
tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi yoki ikkinchi marta: 
«Sho‘ring qursin, minib olg‘il!»-dedilar». 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya haydab 
borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!» - dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - 
dedi. Janob Rasulullox, yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. U tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - 
dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Minib olg‘il!» - dedilar». 
104-bob. O’zi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Hajjat ul-Vido’da (katta) hajdan oldin umra qilib oldilar, Ul kishi Zulhulayfadan o‘zlari 
birlan qurbonlik haydab kelib, avval umraga so‘ng hajga ehrom bog‘ladilar, odamlar ham 
Nabiy sallallohu alayhi va sallam singari hajdan oldin umraga ehrom bog‘lashdi. Shunda, 
ba’zilar o‘zlari birlan jonliq yetaklab olishgan va ayrimlar jonliqsiz kelishgan erdi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, odamlarga: «Kimki orangizda 
qurbonlik olib kelgan ersa, hajni ado etmaguncha man’ etilgan ishlarni qilmoqqa ruxsat 
yo‘q, kimki jonliq olib kelmagan ersa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida sa’y 
qilsin, so‘ng sochini oldirib, ehromdan chiqsin, shundan keyingina hajga ehrom 
bog‘lasin! Umuman jonliq topolmaganlar ersa, haj kunlari uch kun, uyiga qaytgach, yetti 
kun ro‘za tutsin!» - dedilar. 
Janob Rasululloh Makkaga kelganlarida Ka’bani tavof qilmakni eng avvalo ruknyi o‘pib 
istilom qilmakdan boshladilar, so‘ng uch marta shitob aylab va to‘rt marta oddiy yurish 
qilib tavof etdilar, keyin Maqomi Ibrohim oldida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, salom 
berib turdilar-da, Safoga keldilar, Safo va Marvani yetti martaba aylandilar. Janob 
Rasululloh hajni ado etgunlariga qadar man’ etilgan ishlarni qilmadilar. Nahr kuni 
jonliqlarini zabh qilib, ifoza etdilar va Ka’bani tavof ayladilar. Shundan keyingina hajda 
qilib bo‘lmaydirgan ishlarni qilmoq imkoniga ega bo‘ldilar. Rasululloh yuqorida nimaiki 
qilgan bo‘lsalar, boshqalar ham shunday qildi». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin