Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Minodagi zabhgohlarida jonliq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə415/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

116-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Minodagi zabhgohlarida jonliq 
so‘yish haqida  
Nofi’: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu muayyan bir zabhgohda jonliq so‘yardilar»,- 
deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Bu - Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
zabhgohlari erdi»,- deydilar. 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, tun oxirlab qolganda Jam’dan, Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamning zabhgohlariga olib borib so‘ysinlar deb, ozod kishilar va 
mamluklardan iborat hojilar orqali jonliq berib yuborar erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
341
117-bob.Jonliqni o'z qo'li birlan zabh qilgan kishi hususida 
Anas raziyallohu anhu: . «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z qo‘llari birlan yetti tuyani 
tik turg‘azib zabh qildilar va Madinada ikki ola, shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar»,- deb 
hadisni qisqartirib rivoyat qilib berdilar. 
118-bob. Tuyani bog'lab so'ymoq haqida. 
Ziyo ibn Jubayr: «Men, Ibn Umar raziyallohu anhuning, bir kishi o‘z tuyasini cho‘ktirib 
bo‘g‘izlayotganida kelib qolib, unga: «Turg‘izib, oyogini bog‘lab, zabh qilg‘il, bu - 
Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir!»- deganlarining shohidiman»,- 
deydilar. 
119-bob. Tuyani tik turgizib so'ymoq haqida. 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari 
(bo‘yicha zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu ersa: «Ularni 
turgizib, saf qilib (zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada 
to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. O’sha kuni Zulhulayfada qolib
tong yorishgach, tuyalariga minib tahlil va tasbih aytganlaricha yo‘lga tushdilar. 
Baydo’ga kelgach, birvarakayiga haj va umraga talbiya aytdilar. Makkaga kirganlarida 
odamlarga ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
yettita tuyani turg‘izib qo‘yib, o‘z qo‘llari birlan zabh qildilar, Madinada ersa, ikkita ola
shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar». 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Madinada to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. So‘ng, tong 
otguncha shu yerda qolib, bomdod o‘qidilar, keyin tuyalariga minib yo‘lga chiqdilar. 
Baydo’ga kelgach, bir yo‘la umra va hajga ehrom bog‘ladilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin