Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
27-bob. Eru xotinning olatlari bir-biriga tegsa... 
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar erkak 
xotinining ikki oyog‘i orasiga kirib, harakat qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi»,— deganlar». 
28-bob. Ayol kishining olatidan tekkan rutubatni yuvish 
Usmon ibn Affondan: Zayd ibn Xolid: «Er xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i 
kerak?»—deb so‘radi. «Olatini yuvib, namozga tahorat olgandek tahorat oladi. Men buni 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman»,— dedilar Usmon ibn Affon. 
Zayd ibn Xolid: «Men Ali, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Ubay ibn Ka’b 
raziyallohu anhulardan so‘radim, ular ham shunday deyishdi»,— deydilar. Abu Ayyub 
ham xuddi shu gapni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitibdi»,— deydilar 
Urva ibn Zubayr. 
Ubay ibn Ka’b: «Yo Rasulalloh, agar kishi xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i 
lozim?»—deb so‘radilar. «Xotinidan tekkan rutubatni yuvib tashlab, tahorat oladi, keyin 
namoz o‘qiyveradi»,— dedilar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Imom 
Buxoriy aytadilar: «G’usl qilmoq bexavotirroqdir, eng yaxshisi shudir. Yuqoridagi 
hadislarni esa, ushbu masalada sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflarni ko‘rsatmoq uchun bayon 
qildik». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
 
HAYZ KITOBI 
Alloh taolo oyati karimasida: «Sendan hayz to‘g‘risida so‘raydilar, aytgin: “Hayz 
ozor berguvchi narsadir, hayzdan pok bo‘lgunicha xotinlarga yaqinlik 
qilmangiz, qachon hayzdan pok bo‘lsalar, Alloh taolo buyurgan tomonidan 
aloqa qilingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo tavba qilgan va pokiza kishilarni yaxshi 
ko‘radi»,— deydi. 
Yahudiylar hayz ko‘rgan xotinini uyidan chiqarib, alohida qilib qo‘yar edi. Sahobalar: 
«Xotinimiz hayz ko‘rsa, biz nima qilamiz?»—deb Rasululloxdan so‘rashdi. Shunda 
yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin