Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Avratni yopg‘uvchi kiyimlar bayoni



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

10-bob. Avratni yopg‘uvchi kiyimlar bayoni 
Abu Sa’id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengi yo‘q va tor 
kiyim kiymoqni, tizzani quchoqlab, oldini ochib o‘tirmoqni qattiq qoraladilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki xil 
savdo-sotiqdan qaytardilar: 1) Aytganiga bor-baraka kilmoqdan (savdolashmay 
olmoqdan); 2) Bo‘lgani shu, deb narxini tushirmay turib olmoqdan. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqdan, tizzani quchoqlab, avratini ochib 
o‘tirmoqdan ham qaytarganlar». 
«Abu Bakr raziyallohu anhu meni o‘sha haj vaqtida «Bu yildan keyin birorta ham 
mushrik hajga kelmasin va Ka’batullohni yalang‘och tavof qilmasin!» deb odamlarga 
hayit kuni Minoda jar solishi lozim bo‘lgan kishilar qoshiga jo‘natdilar»,— debdilar Abu 
Hurayra raziyallohu anhu Humayd ibn Abdurrahmonga. «O’shanda Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Aliga «Baroat surasi» ni odamlarga e’lon qilmakni topshirib, uning 
ketidan yuborgan erdilar»,— deydilar Humayd. Hayit kuni Minoda biz birlan birga Hazrat 
Ali «Bu yildan keyin birorta ham mushrik hajga kelmasin va Ka’bani yalang‘och tavof 
qilmasin!»—deb e’lon qildilar»,— deydilar Abu Hurayra. 
11-bob. Ridosiz namoz o‘qimoq 
Muhammad ibn Munkadirdan: «Jobir ibn Abdullohning huzurlariga kirdik, u kishi birgina 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
kiyimga (matoga) o‘ranib olgan holda namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ridolari ersa, yerda 
yotibdir. Namozni o‘qib bo‘lib o‘girilganlaridan keyin: «Ey Abu Abdulloh, ridoyingizni 
yerga tashlab qo‘yib, namoz o‘qimakdamisiz?»— dedik. «Ha, sizga o‘xshagan johillarga 
bir ko‘rsatib qo‘yayin dedim-da! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shu 
ahvolda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— dedilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin