4-bob. Xolis niyat birlan haj qilmoqning fazilati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan:
«Islom amallaridan qay birisi afzal?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Olloh va uning
Rasuliga iymon keltirmoq»,- dedilar. «Yana qaysinisi? - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh:
«Xolis nyyat birla haj qilmoq»,-deb javob berdilar».
Oisha binti Talha rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz: «Yo Rasululloh, jihod islom
amallaridan eng afzali, deb bilg‘aymiz, jihod qilmag‘aymizmi?» - dedilar. Janob
Rasululloh: «Lekin, eng afzal jihod - xolis niyat birla haj qilmoqdir!»-deb javob qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim
yomon so‘zlamay va yomonliq qilmay Olloh taolo yo‘lida haj qilsa, onasidan bugun
tug‘ilgandek gunohlaridan pok bo‘lib qaytg‘aydir»,- deb aytganlar».
5-bob. Haj va umra miyqotlarining farz qilinmog‘i haqida Zuhayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Jubayr Abdulloh ibn Umar
raziyallohu anhuning uylariga bordilar. Abdulloh ibn Umarning hovlisida chodir
o‘rnatilgan bo‘lib, hovli sahnining tepasiga ham ip mato tortilgan erdi. «Qaerdan umra
qilmoqni boshlarmen? - deb so‘radi Zayd. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam Najd ahliga Qarn degan yerdan, Madina ahliga Zulhulayfadan, Shom
ahliga ersa, Juhfadan boshlamoqni farz qilganlar»,-dedilar».
6-bob. Olloh taolo: «O’zingiz birlan yegulik olib ketingiz, yegulikning afzali ersa, taqvodir!» -
deydi.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman ahli haj qilganda yo‘lga yegulik
olmas erdi, «Biz tavakkalchilarmiz»,- deyishardi. Makkaga kelgandan keyin ersa,
odamlardan ovqat so‘rab, tilamchilik qilishg‘ay erdi. Shu boisdan Olloh taolo mazkur
oyatni nozil qildi».
7-bob. Makka ahlining haj va umra uchun belgilangan tahlilgohi Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga
Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa,
Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha joylar ularga ham, boshqa tomonlardan
haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Kimki mazkur
belgilangan yerlarga yaqin tursa, o‘sha turgan joyi miyqotdir, hatto Makka ahli ham
Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».