Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
«Bu shoqol emas yo iblisning o‘g‘li, yo jiyani, — deb o‘yladi u. — Jahannam og‘zidan 
tortib oldim, deydi. Balki men hozir jahannamning o‘zidadurman. Bu maxluq hademay 
o‘choqqa o‘t qalay boshlar. Harholda bu odam bolasi emas. Qani, kalima keltiray-chi: la 
ilaha illallahu..» Jahongir ko‘zini ochsa — Shoqol yo‘q. «Ha, alahsirabman, la ilaha 
illallah...» 
— Paxan sizning joningizni menga topshirishgan. Sho‘rvaning suvidan olib 
qo‘yganman. Ichish kerak. Qani, Sariq, yordam ber. 
«Alahsiramagan ekanman». 
Sariq degani — malladan kelgan kishi, unga engashib, qo‘lini yostiq tagiga tiqdi-da, 
qaddini bir oz ko‘tardi. Shoqol alyumin krujkadagi sho‘rvani uning labiga olib keldi. 
Jahongir istamasa ham zo‘rlab ichirdi. 
— Hukumatni injitmang, paxan. Ochdan o‘lib qolsangiz, sizga atalgan o‘qni nima 
qiladi? 
Bu uning hazili edi — yana ishshaydi. 
Sho‘rvani ichib olgach, Jahongirning oyoq-qo‘liga jon kirganday bo‘ldi. Tili ham o‘ziga 
bo‘ysina boshladi. 
— Shoqol, sherigingiz ham o‘g‘rimi? — deb so‘radi Jahongir. 
— E, yo‘q, bu ammamning buzog‘idan o‘g‘ri chiqmaydi. O‘zi olimmi, bir balo. 
Qo‘shnisining qizalog‘iga ishtaha qilib qolibdi. Jig‘ini ezish kerak bunaqalarning. Hali 
boradigan yerida adabini yeydi. O‘g‘rilik gunoh emas, buzuqlik gunoh, nima dedingiz, 
paxan? 
— To‘g‘ri. O‘g‘rini yaxshi ko‘raman... 
— Bormisiz, paxan, gapiring. Shoqolni avval ham eshitganmisiz? 
— Yo‘q. Siz... Burgutni eshitganmisiz? 
— Burgutmi?.. Yo‘q, eshitmaganman. Yo... o‘zingizmisiz? 
— Yo‘q. Men hazar qilaman o‘g‘rilikdan. 
— Paxan, tushunmadim, yaxshi ko‘rasizmi yo hazar qilasizmi? 
— Bir o‘g‘rini yaxshi ko‘raman. Ammo o‘g‘rilikdan hazar qilaman. Burgut menga 
yaxshilik qilgan — o‘limdan asragan. 
— Menga o‘xshagan ekan-da? 
— Yo‘q, siz chakki qildingiz. 
— Bu, paxan deyman, boshni u-bu narsaga urib olmaganmisiz? Gaplaringiz almoyi-
aljoyi-ku, a? 
Jahongir javob bermay asta ko‘zini yumdi. U bir necha og‘iz so‘z aytish bilan toliqqan, 
gapga chog‘i kelmay qolgan edi. Chog‘i kelganda ham Shoqolga tushuntirib o‘tirmas edi. 
Uning Burgut bilan uchrashgani, Burgutning uni o‘limdan asrab qolgani ikki kishigayu 
Xudogagina ma’lum. Jahongir bu haqda biron kimsaga og‘iz ochmagan. Bu pachoq 
burunga aytish niyati ham yo‘q. 
U uxladimi yo yana hushidan ketdimi, aniq bilmaydi. Lolazor ham, qor bosgan hovli 
ham, qalin muzliklar ham, muz qabrga qo‘yilgan Zokirxo‘ja ham ayqash-uyqash bo‘lib 
ketdi. Xuddi boshi ichiga daydi shamol kirib olib, xotiralarini xazonday to‘zitib yuborgan 
edi. 
Shamol tingach. Burgut ko‘rindi. Juda aniq-tiniq oko‘rindi. Ovrupacha kiyinib olgan, 
bo‘ynida kapalak nusxa galstuk, boshida ixcham shlyapa, kostyumi yap-yangi. Oq 
ko‘ylagining oxori to‘kilmagan. Bu kiyimlar faqat shu qaldirg‘och mo‘ylovli, qora ko‘z, 
qora qosh qotma yigitga atalib tikilganday — o‘ziga yopishib turibdi. 
Burgut o‘ttiz uchinchi yilning yozida unga shu ko‘rinishda duch kelgan edi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin