Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
qilguvchilar o‘limga loyiq topilsa, men kundaga bosh qo‘yib berishga roziman», degan 
tilxatni ko‘rsatishganda ham Ramazonovga ko‘p narsalar oydin bo‘lar edi. 
Ramazonov Jahongir yotgan shifoxonaga mavhum taassurotlar ichida bordi. Bosh 
tabib «Bemorning oromi buzilgan, buguncha so‘roq qilmang», dedi. Oromining 
buzilishiga «o‘g‘illariman», deb o‘zini tanishtirgan bir yigitning tashrifi sabab, deb 
izohladi. 
Ramazonov bosh tabibning gapini ikki qilmay, iziga qaytib, shifoxonaga ertasiga kun 
yoyilganda keldi. U Jahongir yolg‘iz xonaga kirganida hamshiralar muolajani tugatib 
chiqishayotgan edi. 
Jahongir o‘g‘li kelib ketganidan keyin Ollohga shukr qilishni ham, jonimni tezroq 
olaqol, deb faryod urishni ham bilmay qoldi. 
Islomxonni o‘ylab yotgan paytida yelkasiga oq xalat tashlab olgan tanish yigitni ko‘rib, 
yuragi urishdan to‘xtab qolganday bo‘ldi. Boshini yostiqdan uzib, qaddini ko‘tarmoqchi 
edi, majoli yetmadi. Yigit — uning pushti kamari, o‘ttiz uch yil xayolida erkalab, 
avaylagani — salom berib, «bezovta bo‘lmang», deb yelkasidan ushladi. Jahongir 
beixtiyor uning qo‘liga kaftini qo‘ydi. Bu xayolidagi do‘mboq qo‘lcha emas... Ammo bu 
qo‘lning tafti yuragiga qayta jon berganday bo‘ldi. Salom-alikdan so‘ng ota-bola tildan 
qolganday bir-birlariga tikilishdi. Alamlar — shodliklar ham, dardlar — hasratlar ham, 
faryodlar — baxtiyorlik ham shu qarashlarda zohir edi. Jahongirning qarashida xijolatlik, 
yo‘q, xijolat emas, kechirilmas gunoh qilib qo‘ygan bandaning iztirobi bor edi: harholda 
jigarini, pushti kamarini musofirliklarda xor qilib qo‘ymay voyaga yetkazgan odamning 
o‘limiga sababchi bo‘ldi. Yo‘lchivoy uni shohid emas, balki qotil deb bilar, nafratlanar? 
«Nafratlanarmikin? — Jahongirning ko‘ngliga shu savol keldi. — Nafratlanganida yo‘qlab 
kelarmidi? Yo onasi yubordimi? Men qotil emasman, deb aytib qo‘yaymi?» 
Jahongir bu gapni ayta olmadi. Og‘zini ochdi-yu, ovozi chiqmadi. 
«Boshingizga tushgan savdolarni milisaxonada aytishdi. Bir boshga shunchalara kulfat 
yetar. Qotilni ko‘rgan bo‘lsangiz, ayting, bag‘rimizga qayting», Yo‘lchivoy shunday 
demoqchi edi, uydan chiqayotganidayoq shu gaplarni aytaman, deb qaror qilgan ham 
edi, ammo aytolmadi. Otasining mo‘ltillab turgan ko‘zlariga qarab gapirolmadi. Noqulay 
jimlikdan qutulish uchun xaltani ochib, kosani oldi. 
— Ayam berib yubordilar, — dedi Yo‘lchivoy kosa ustidagi nonni olib. 
Jahongirning dimog‘iga tanish hid urilib, entiktirib yubordi: moshkichirining hidimi? 
Xadicha uning qanday taomni xush ko‘rishini, kun ora moshkichiri qilib berganlarini 
unutmabdi-da? 
— Ayangiz esonmilar? — dedi Jahongir titroq ovozda. 
Yo‘lchivoy uning hayajonini tushundi. Ayasining «u kishi moshkichirini xush 
ko‘rardilar, o‘zim pishirib beray», degan gaplarini esladi. 
— Duo deb yubordilar. 
— Ayangizning duolarini olabering, kam bo‘lmaysiz. 
Ular yana jim qolishdi. So‘ng Yo‘lchivoyning qistovi bilan Jahongir qoshiq uchida 
moshkichiridan «nasiba» deb og‘ziga soldi. Biroq yutishi qiyin bo‘ldi. Ich-ichida to‘lqin 
urayotgan yig‘i bir chimdim ovqatning o‘tishiga arang yo‘l berdi. 
Yo‘lchivoy uzoq o‘tirish bemorni toliqtirib qo‘yishi mumkinligini fahmlab ketishga izn 
so‘radi. 
— Ayangizga duo deng, — Jahongir shunday deb o‘g‘liga tikilib qoldi. — Yana bir 
gapni ayting, — Jahongir bu gapni aytishga qiynaldi, ko‘zlarini olib qochdi. — Iymoni 
butun, muslim yigitsiz, so‘zlarimga tushunasiz... Ayangizga aytingki, u kishining 
gunohlari yo‘q. Bandaning oldida ham, Olloh oldida ham bokiralar. Musofirlikda turmush 
qurganlarida boshlari ochiq edi, men bunda yurib, orqalaridan taloq qilib edim. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin