Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


O‘TTIZ BESHINCHI BOB MASJIDLARNING HURMATI



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə116/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   247
O‘TTIZ BESHINCHI BOB MASJIDLARNING HURMATI
427. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Sizlardan birontangiz masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qimasdan o‘tirmasin".
Faqih aytadilar: Bu ish muboh vaqtda bo‘lsa joiz, ammo asr namozini o‘qigandan keyin yoki bomdoddan keyin masjidga kirsa, namoz o‘qimog‘i joiz emas. Chunki bu vaqtlarda namoz o‘qishdan qaytarilgan, lekin tasbeh va tahlil aytsa bo‘ladi, shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa ham, joiz va bular bilan namozning fazliga yetib, masjid haqqini ado qiladi.
428. Abu Dardoga (r.a.) Salmon Forsiyning xizmatkor sotib olganlari xabari yetdi. Abu Dardo u kishiga xat yozib, bu ishi uchun tanbeh berdilar. Xatlarida quyidagilar yozilgan edi: "Ey birodarim, senga balo kelmasdan oldin ibodat uchun forig‘ bo‘lgin. Balo tushgandan keyin ibodatga qodir bo‘lmaysan. Balolangan mo‘minning da’vatini g‘animat bil va yetimlarga rahm qil, boshlarini sila. Taomingdan berib, ularni taomlantir. Shunda qalbing yumshaydi, hojatinga yetasan. Men bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bir kishining qalbi qattiqligidan shikoyat qilganini ko‘rgan edim. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar: "Qalbing muloyim bo‘lib, hojating chiqishini xohlasang, yetimlarga rahm qil, boshini sila va ularni taomingdan taomlantir". Ey birodarim, masjid uying bo‘lsin, men Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam eshitdimki, "Masjidlar taqvodorlarning uyidir. Alloh taolo kimning uyi masjid bo‘lsa, ularga rohat va xursandchilikning kafolatini beradi, sirot ustidan o‘tishiga va do‘zaxdan najot topishga Parvardigorning roziligini olishiga ham kafil bo‘ladi", deganlar u zot".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Hakim ibn Umayr aytadilar: "Dunyoda mehmondek bo‘linglar, masjidlarni uy qilib olinglar va qalblaringizni yumshoqlikka odatlantiringlar. Tafakkur va yig‘ini ko‘paytiringlar. Hoyu havas sizlarni ixtilofga solib qo‘ymasin".
Qatoda (r.a.) aytadilar: "Mo‘min faqat uch joydagina ko‘rinadi: Obod qilgan masjidida, turadigan uyida, zarur bo‘lgan hojatlari uchun".
Nazzol ibn Sabra aytadilar: "Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir".

Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat. U kishi masjidda o‘tirgan edilar. Xizmatkori kelib, bir narsa so‘radi. U kishi o‘rnidan turib, masjiddan chiqdilar va unga javob berdilar. Bu holning sababini so‘rashgan edi: "Dunyo so‘zini masjidda falon yildan beri gapirmagan edim.

Bugun gapirishni ham o‘zimga karih ko‘rdim", deb javob qildilar.
Bir zohidning bunday degani rivoyat qilingan: "Masjidda bir narsaga suyangan emasman, oyoqlarimni cho‘zib o‘tirmaganman va dunyo so‘zlarini gapirmaganman". U zot bu gapni boshqalar ham shunday bo‘lishi uchun aytganlar.
Faqih aytadilar: Bandaning Alloh taolo huzurida bir o‘rni bo‘ladi. Agar Allohning amrlarini ulug‘ tutsa, Uning uylarini va bandalarini hurmat qilsa (Allohning uylari masjidlardir). Mo‘min ularni ulug‘lashi lozim. Chunki masjidlarni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir.
Avzoiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari va tobe’inlar har doim go‘zal suratda besh ish ustida edilar: Jamoatni mahkam ushlash, sunnatga ergashish, masjidni obod qilish, Qur’-on tilovat etish va Alloh yo‘lida jahd qilish".
Hasan ibn Ali (r.a.) aytadilar: "Uch kishi Allohning himoyasida bo‘ladi. Masjidga Alloh uchun kirgan kishi, u Allohning mehmonidir, toki undan chiqqunicha; musulmon birodarini Alloh uchun ziyorat qilgan kishi, u Allohning ziyoratchilaridandir, toki uning oldidan qaytgunicha; haj va umraga Alloh uchungina chiqqan kishi, u Allohning elchisidir, toki ahliga qaytgunicha".
Rivoyat. Mo‘minning qo‘rg‘oni uchta. Masjid, Qur’on tilovati va Allohni zikr qilish. Agar bulardan birontasida bo‘lmasa, u shaytonning qo‘rg‘onida bo‘ladi.
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir".
429. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Kim masjidga chiroq yoqsa, maloikalar va arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar, o‘sha chiroq masjidda ekan, uning haqqiga istig‘for aytadilar"
430. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir. Undagi namozxon Allohni ziyorat qiluvchidir. Mezbon ziyoratga kelgan kishiga ikrom ko‘rsatishga burchlidir".
Faqih aytadilar: Aytilishicha, masjidlarni hurmat qilish o‘n besh xislatdan iboratdir:

1. Kirgan vaqtda qavm o‘tirgan bo‘lsa, salom bermoq va agar hech kim bo‘lmasa yoki namozda bo‘lsalar, "Assalamu ‘alayna mir-Robbina va ‘ala ‘ibadillahis-solihin" (Rabbimizdan bizlarga va solih bandalarga salom bo‘lsin), deb aytmoq.

2. O‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qimoq.

431. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har narsaning haqqi bo‘ladi. Masjidning haqqi rak’at namozdir".

3. Masjidda oldi-sotdi qilmaslik.

4. Masjidda qilich yalang‘ochlamaslik.

5. Yo‘qolgan narsani unda e’lon qilmaslik.

6. Allohning zikridan boshqa vaqtda ovozni ko‘tarmaslik.

7. U yerda dunyo hodisalaridan hech narsani gapirmaslik.

8. Odamlarning ustidan hatlab o‘tmaslik.



. Joy talashmaslik.

10. Safda biron kishini qattiq siqib qo‘ymaslik.

11. Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tmaslik.

12. U yerda tupurmaslik.

13. Barmoqlarni qisirlatmaslik.

14. Masjidni bolalardan (ya’ni, u yerga kirib o‘ynashdan) va najosatlardan tozalamoq.

15. Allohning zikrini ko‘paytirmoq va g‘ofil qolmaslik.
432. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Ummatimga bir zamonlar keladi. Ularning so‘zlari masjidlarda dunyo ishlari haqida bo‘ladi. Allohning ularga hojati yo‘qdir. Bas, ular bilan birga o‘tirmanglar".
433. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Bu dunyoda g‘ariblar to‘rttadir: Zolimning ichidagi Qur’on; odam to‘plangan, lekin namoz o‘qilmagan masjid; uyda o‘qilmay turgan Mushaf; yomon qavm ichidagi solih kishi".
434. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo masjidlarni oq tuyalardek to‘playdi. Uning oyoqlari anbardan, bo‘yinlari za’farondan, boshlari muattar hidli mushkdan, yuganlari yashil zabarjaddandir. Uni muazzinlar yetaklab, imomlar haydab boradi. Ular bilan qiyomatning arosatidan chaqmoqdek o‘tadilar. Qiyomatda to‘planganlar: "Ular muqarrab maloikalarmi yoki anbiyolarmi yo rasullarmi?" deb so‘raydi. Ularga nido qilinadi: "Ey qiyomat ahli, ular muqarrab maloikalar ham, anbiyolar ham, rasullar ham emas. Ular Muhammad

sollallohu alayhi vasallamning ummatlari. Ular jamoat namozini mahkam tutishgan", deb".


Vahb ibn Munabbah (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Qiyomat kunida masjidlar dur va yoqutlar bilan o‘ralgan kemalarga o‘xshab keltiriladi va ahlini shafoat qiladi".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Odamlarga shunday bir zamon keladiki, Islomdan ismi qoladi, Qur’ondan surati qoladi, masjidlarni quradilar, ammo unda Allohning zikri bo‘lmaydi. U zamonning yomonlari ulamolaridir, fitna ulardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin