Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə227/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   247
Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari
912-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.

913-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.

914-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

915-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Asbahoniy rivoyat qilgan.

916-hadis. Juda zaif. Asbahoniy rivoyat qilgan.

917-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Nasaiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.




SAKSON TO‘RTINCHI BOB

KISHINING QANDAY TONG OTTIRISHI TO‘G‘RISIDA
918. Faqih Abu Lays Samarqandiy Mujohiddan rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Menga Abdulloh ibn Umar (r.a.): “Ey Mujohid, ertalab tursang, kechgacha yashayman deb o‘ylama, kech qilsang, ertalabgacha umrim bor, deb o‘ylama. O‘limdan oldin hayotingni, kasal bo‘lmasdan oldin salomatligingni g‘animat bil. Chunki ertaga o‘likmi yo tirik bo‘lishingni bilmaysan”, dedilar”.
Hakimlardan biri aytadilar: “Agar kishi ertalab tursa, to‘rt narsani niyat qilmog‘i lozim:

1) Alloh unga farz qilgan narsalarni ado etishni;

2) Alloh qaytargan narsalardan qochishni;

3) muomalada bo‘ladigan kishilarga insof qilishni;

4) o‘zi bilan xusumatchilari orasini isloh qilishni.
Agar mana shu niyatlar bilan tong ottirsa, najot topishiga, solihlardan bo‘lishiga umid qilinadi”.
Hakimlarning yana biriga: “Kishi qaysi niyat bilan to‘shakdan turishi kerak”, deb savol berildi. “Avval qanday yotganiga qaraladi, so‘ng turish haqida so‘raladi. Qanday uxlashni bilmagan kishi qanday turishni ham bilmaydi”, dedi u. Keyin yana aytdi: “Banda uch narsani isloh qilmasdan turib uxlamog‘i durust emas:

1. Xusumatchisi bo‘laturib, undan kechirim so‘rab, haqqini halol qilmasdan yotmog‘i durust bo‘lmaydi. Chunki o‘lim farishtasi kelib, jonini olsa, Robbiga ro‘baro‘ bo‘lganida u uchun hujjat yo‘qdir.



2. Alloh taoloning farzlarini qoldirib, uxlamog‘i durust emas.

3. O‘tgan gunohlariga tavba qilmasdan uxlamog‘i ham durust bo‘lmaydi. Chunki kechasi o‘lim kelib qolsa, gunohlari bo‘ynida ketadi”.

Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham beradi”.
Yana bir hakim zot aytadi: “Kim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va tinchlik. Tinchlik – Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati”.
Robi’ ibn Husaymdan: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz”, der ekanlar.
Malik ibn Dinordan ham: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uydan uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga, bilmaydi”.
Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: “Qanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb savol qilingan. U kishi shunda: “Umid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q”, deb javob qilgan ekanlar.

Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: “Tong ottirdim. Nafsim gunohlarimni ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman”, deganlar.


Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: “Besh yuz dirham qarzi bo‘lgan, ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?” debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming dirham olib chiqib unga beribdilar va: “Besh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini oilangga ishlat”, debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar. Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar edilar.
Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: “Kim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt narsaga shukr qilsin:

1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr aytmog‘i;

2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar aytmog‘i;

3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i;

4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i”


Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: “Agar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas:

1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i;

2) Allohning amalini bilmog‘i;

3) nafsini bilmog‘i;

4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i.

Allohni bilmog‘i – Uni oshkora va yashirin hollarda tanimog‘i. Chunki Undan boshqa beruvchi va man’ qiluvchi yo‘qdir.

Alloh amalini bilish – Alloh taolo ixlos bi lan qilingan amalnigina qabul etishini bilishdir.
Nafsini bilish – o‘zinining zaifligini, Alloh taolo unga hukm qilgan narsani qaytarishga qodir emasligi bilish. Ya’ni, Alloh qilgan taqsimga rozi bo‘lish.
Allohning va o‘zining dushmanini bilish – uni zimdan bilishi, toki yakson qilguncha ma’rifat bilan jazolashidir”.
Aytishlaricha, Odam farzandi tong ottirsa, Alloh unga o‘nta narsani farz qiladi:

1) turgan vaqtida Allohni zikr qilish. Bu ish Allohning so‘ziga muvofiqdir:

Va (tongda uyqudan) turgan paytingizda, Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha ayb nuqsonilardan) poklang” (At-tur, 48-oyat);
Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar” (Al-azhob, 40 – 41-oyatlar);
2) avratni bekitish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq:
Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaninglar (ya’ni, toza libosda bo‘linglar)” (A’rof, 31-oyat). Ziynatning eng kam darajasi avratni berkitishdir;
3) tahoratni vaqtida, mukammal qilish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq:
Ey mo‘minlar, namozga turganlaringizda....” (Moida, 6-oyat);
4) namozlarni vaqtida va mukammal o‘qish. Alloh taoloning oyati bor:
Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi” (Niso, 103-oyat);
5) rizq borasida Alloh bergan va’daga ishonish. Alloh taolo aytadi:
O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6- oyat);
6) Allohning taqsimotiga qanoat qilish. Alloh aytadi:
Ularning hayoti dunyodagi tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida biz O‘zimiz taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat);
7) Alloh taologa tavakkul qilish. Bu ham Allohning so‘ziga muvofiq:
Va o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling” (Furqon, 58-oyat)
Agar mo‘min bo‘lsangiz, yolg‘iz Allohgagina suyaninglar” (Moida, 23-oyat);
8) Allohning amriga va taqdiriga sabr qilish. Bu ish ham Alloh so‘ziga muvofiqdir:

Bas (ey Muhammad), siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling” (Qalam,

48-oyat);
Ey mo‘minlar, sabr qilinglar va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘linglar” (Oli Imron, 200-oyat);
9) Allohning ne’matiga shukr qilish. Alloh taolo aytadi:
Agar Allohga ibodat etuvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga shukr qilinglar!” (Nahl, 114-oyat). Allohning ne’matlari ko‘p: salomatlik, farzand, boylik... Ne’matlarning eng ulug‘i Islom ne’matidir. Alloh kitobida aytadi:
Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar”

(Nahl, 18-oyat);


10) haloldan yeyish. Alloh taolo bu haqda aytadi:
Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar” (Baqara, 57-oyat), ya’ni, halol yenglar.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin