Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə74/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   247
Ilm – ziynat, jim turishlik omonlikdir,

Gar gapirsang, ko‘p so‘zlovchi bo‘lma, tek tur, Gar jim turib bir marta bo‘lsam pushaymon,

Ko‘p so‘zlasam gar, ko‘p marta bo‘ldim pushaymon.
Ba’zilar aytdilar: Yigit tilining toyilishidan o‘ladi, oyog‘ining xatosidan emas. Tili bilan bo‘lgan xatosi uni boshi bilan uloqtiradi. Oyog‘i bilan bo‘lgan xatosi asta-sekin tuzaladi.
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Jim turishlikda yetti ming yaxshilik bordir. Uning hammasi yetti kalimada jam bo‘ladi. Har kalimada ming yaxshilik bordir:

1. Jim turishlik charchog‘i yo‘q ibodatdir.

2. Bezaksiz ziynatdir.

3. Davlatsiz haybatdir.

4. Devorsiz qo‘rg‘ondir.

5. Birovlarga uzr aytishdan behojatlikdir.

6. Yaxshilik va yomonlik amallarini yozuvchi farishtalarga rohatdir.

7. Ayblari uchun berkituvchi va aytilganda jim turishlik olim uchun ziynat, johil uchun

satrdir (pardadir)».
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Inson jasadi uch bo‘lakdir; bir bo‘lagi – qalbi, ikkinchisi

– tili, uchinchisi – a’zolari. Alloh taolo har bir bo‘lakni karomat bilan ikrom qildi. Qalbini o‘zini tanishlik va tavhid bilan ikrom qildi. Tilini «La ilaha illalloh» va kitob tilovat qilish bilan ikrom qildi. A’zolarni namoz, ro‘za va boshqa toatlar bilan ikrom qildi. Har bir bo‘lagiga kuzatuvchi va saqovchini vakil qilib qo‘ydi. Qalbini saqlashga Alloh o‘zi ega bo‘ldi. Uning ichida nima borligini Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Tiliga farishtalarni vakil qildi. Alloh taolo aytadi: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar talaffuz qilsa, uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof, 18).

A’zolariga buyruq va qaytarishni boshqaruvchi qilib qo‘ydi.
Keyin har bo‘lakka vafo qilishni xohladi. Qalbining vafosi – iymonda sobit bo‘lmog‘i va hasad, xiyonat va makr-hiyla qilmasligi. Tilning vafosi g‘iybat qilmasligi. A’zolarining vafosi Allohga gunoh qilmasligi va musulmonlardan hech kimga aziyat bermasligidir. Kim qalbdan ketsa, munofiq, tildan ketsa, kofir, a’zolaridan ketsa, osiy bo‘ladi.
Hasan aytdi: Umar ibn Xattob bir yigitga qarab aytdi: «Ey yigit, agar uch yomonlikdan saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular: tilingning, farjingning va qorningning yomonligidir».
Zikr qilindi: Luqmoni Hakim habashiy qul edi. U kishidan birinchi hikmatning ko‘rinishi mana bu holda yuz bergan edi. Bir kuni xo‘jayini: «Ey g‘ulom, bizga bu qo‘yni so‘yib, eng mazali ikki joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yuragi bilan tilini olib kelibdi. Keyin yana bir marta: «Bu qo‘yni so‘yib, eng yomon joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yana yuragi bilan tilini keltirdi. Buning sababini so‘radi. Luqmoni Hakim aytdi: «Jasadda bu ikki parcha go‘shtdan shirinrog‘i yo‘q, agar ikkovi yaxshi bo‘lsa. Agar yomon bo‘lsa, ikkovidan yomonroq narsa yo‘q!»
277. Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natayotganda Maoz: «Ey Allohning payg‘ambari, menga vasiyat qiling», dedi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) tillariga ishora qildilar, ya’ni tilingni saqlagil, degandek. Maoz buni oson sanab: «Ey Allohning elchisi, vasiyat qiling», dedi. «Onang seni yo‘qotib qo‘ysin. Odamlarning yuzlari bilan do‘zaxga tushishlariga sabab tillarining yomonligidandir», dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Hasan Basriy aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Kimning so‘zi ko‘paysa, xatosi ko‘payadi; kimning moli ko‘paysa, gunohi ko‘payadi; kimki xulqini yomon qilsa, o‘ziga azob beradi».
Sufyon Savriydan rivoyat qilindi. Aytdi: «Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa gohida xato ketadi».
278. Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tong otsa, odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan: «Ey til, Allohga qasam ichib sendan yolvorib so‘raymiz, to‘g‘ri bo‘l. Chunki, sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz to‘g‘ri bo‘lamiz, agar qiyshaysang, biz ham qiyshayamiz».

Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishi Ka’ba oldiga kelib:

«Ogoh bo‘linglar! Kim meni bilsa, bilibdi. Kim bilmasa, bilsin. Men Jundub ibn Janodah G‘iforiy Abu Zarrman. Sizlarga nasihat qilguvchi, mehribon birodaringiz oldiga kelinglar», dedi. Odamlar u kishining oldiga to‘plandilar. Shunda u kishi: «Ey odamlar, kimki sizlardan dunyo safarini xohlasa, unga kerakli narsalar bilan chiqadi. Inson oxirat

safarini xohlasa-yu, qanday qilib narsasiz chiqsin?» dedi.

Odamlar: «Ey Abu Zarr, bizning zodimiz (yo‘lda kerakli narsalar va oziq-ovqat)

nimadir?» deyishdi.


Abu Zarr aytdi: «Qorong‘u kechada qabr azobining qo‘rqinchi uchun ikki rak’at namoz o‘qish, qattiq issiqda tirilish kuni uchun ro‘za tutish, miskinlarga sadaqa berishlikki, shoyad, sizlar qiyin kunning azobidan najot topsalaringiz. Haj esa ishlarning ulug‘idir.
Dunyoni ikki o‘rin qilinglar. Bir o‘rin – dunyo talabidagi o‘rin, ikkinchi o‘rin – oxiratning talabidagi o‘rin. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.
So‘zni ikki kalima qilinglar. Bir kalima dunyo ishlaringizda foyda beradigan, qolgan kalima oxirat ishlaringizda yordam beradiganidir. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.
Molni ikki dirham qilinglar. Bir dirhamini oilangizga infoq qiling va bir dirhami o‘zingizga

(ya’ni infoq qilib, oxiratingizga sarflang). Uchinchisi zarar qiladi, yordam bermaydi».


Keyin: «O, oh-h!» deb chuqur xo‘rsindi. «Men topmagan kunning g‘ami meni o‘ldirdi». Aytishdiki: «U nimadir?» «Mening orzularim ajalimdan ortib ketdi».
Iso ibn Maryamdan (alayhissalotu vassalom) zikr qilindi: «Allohning zikridan boshqa o‘rinda ko‘p so‘zni ko‘paytirmanglar. Qalbingizni qattiq qiladi. Toshbag‘ir yurak Allohdan uzoq bo‘ladi va lekin bilmaysizlar». Yana u kishidan: «Arboblarga o‘xshab, odamlarning gunohiga qaramangizlar, lekin bandaga o‘xshab o‘zlaringizning gunohlaringizga qarangizlar. Albatta, odamlar afv qilinganlar va balolanganlardir (baloga giriftor bo‘lganlardir). Allohga ofiyati uchun hamd aytinglar. Balolanganga rahm qilinglar»

U zotning sahobalaridan ba’zilari aytishdi: «Agar qalbingda qattiqlikni va badaningda zaiflikni, rizqingda ozgina mahrumlikni ko‘rsang, bilginki sen keraksiz, ortiqcha gaplarni gapirgansan».



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin