Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə106/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   247
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" (Fofir, 14) deb aytgan.
Bu xususdagi ilm uch turlidir:

– sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi;

– tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi sabablaridandir;

– shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq.


Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan:

– qalbni adovat, hasad va aldovdan pok qilish;

– badanni gunohlardan poklash;

– a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish.


Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan:

– uning asli halol bo‘lmog‘i;

– najosatdan pok bo‘lmog‘i;

– sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi.


Vaqtni ushlash uch narsada:

– vaqtni aniqlash uchun quyosh va oy-yulduzlarga qaramoq;

– azonni eshitmoq;

– qalbning vaqtni o‘ylab, fikr qilib turmog‘i.
Qiblaga yuzlanmoqning to‘kisligidagi uch narsa:

– yuz bilan qiblaga yuzlanish;

– qalb bilan Allohga yuzlanish;

– qo‘rqqan, xokisor holatda bo‘lish.


Niyatning to‘kisligi uch narsada:

– qaysi namozni o‘qiyotganini bilish;

– Allohning oldida turganini va Uning ko‘rib turishini bilib, qo‘rqish;

– Alloh bandaning qalbida nima borligidan xabardor ekanini bilish.


Takbirning to‘kis bo‘lishligi uch narsa bilan:

– jazm qilgan holda to‘g‘ri takbir aytish;

– ikki qo‘lini qulog‘i barobar ko‘tarish;

– qalbini hozir qilgan holda ta’zim bilan takbir aytmog‘i.


Qiyomning tom bo‘lishi uch narsada:

– ko‘zni sajda o‘rniga qadamoq;

– qalbni Allohga qilmoq;

– o‘nga-chapga burilmaslik.


Qiroatning tom bo‘lishi uch narsa bilan:

– Fotiha surasini to‘g‘ri o‘qimoq;

– uning ma’nolarini fikr etmoq;

– o‘qiganiga amal qilmoq.


Ruku’ni to‘kis bo‘lishi uch narsa bilan:

– belni tekis qo‘ymoq, past qilib yoki ko‘tarib yubormaslik;

– ikki qo‘lni ikki tizzaga qo‘ymoq, barmoqlar orasini yoymoq;

– ruku’da xotirjam turish, tasbehlarni viqor bilan aytmoq.


Sajdaning tom bo‘lishi uch narsa bilan:

– ikki qo‘lni qulog‘i ro‘parasiga qo‘ymog‘i;

– bilaklarni yoyib yubormaslik;

– sajdada xotirjam bo‘lmoq va ta’zim bilan tasbehlarni aytmoq.


Oxirgi qa’daning to‘kisligi uch narsa bilan:

– chapini qadab, o‘ng oyoqda o‘tirmoq;

– tashahhudni ta’zim bilan o‘qimoq, o‘zining haqqiga, musulmonlar haqqiga chiroyli duo qilmoq;

– salomni to‘la bermoq.


Salomning to‘kis bo‘lishi qalbda niyatning to‘g‘ri bo‘lishi bilandir. Salom o‘ng va chap tomondagi maloikalar, erkaklar va ayollarga beriladi, qayrilganda ko‘z yelkada bo‘ladi.

Ixlos uch narsa bilan mukammaldir:

– namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas;

– tavfiqni Allohdan deb bilmoq;

– namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab borish zarur.
Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va "Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi. Uning ma’nosi – Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va tabarokasmuka" – isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" – azamating va qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" – Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi.
Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan, uning fitnasidan panoh so‘raydi.

"Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" – eng avval, oldin ham, keyin ham undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" – hamma xalqiga shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" – faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi.


Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga rahmat qilsang.
Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim" deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa, uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi – "bizni bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi.
So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi – "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi.

"Attahiyyatu lillahi" – mulk, hamd va sano Alloh uchun.


Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi. Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi".
Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat

Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" – Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik

berish ham yakka Alloh uchun.
Keyin "as-salamu alayka ayyuhan nabiyyu" deydi, ya’ni, ey Muhammad, sizga salom bo‘lsin, Rabbingizning risolatini yetkazdingiz va ummatingizga nasihat qildingiz; "va rahmatullohi", ya’ni, Allohning roziligi siz uchun vojibdir; "va barokatuhu", ya’ni, sizga va ahlingizga Allohdan barakotlar bo‘lsin; "as-salamu alayna va ‘ala ibadillahis-solihin", ya’ni, bizlarga, bizdan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar va siddiqlarga hamda ularning yo‘llarini qiyomat kunigacha ushlaganlarga Allohning mag‘firati bo‘lsin; "ashhadu al-laa ilaha illalloh", ya’ni, osmon va yerda undan boshqa ma’bud yo‘q; "va ashhadu anna

Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu" – Payg‘ambarlarning oxirgisi va pokdomoni, barcha yaratilganlarning eng yaxshisi, deb guvohlik beraman.


Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qiydi. O‘zi va mo‘minlar uchun duo qiladi. Keyin o‘ng va chap tomoniga salom beradi.
Sizlar masjiddan chiqqanimdan keyin xiyonatimdan, yomonligimdan omon, salomat bo‘lgan mo‘min birodarimsizlar, degan ma’noda o‘ng va chap tomonga salom beriladi.
386. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘quvchi uchun uch karomat bor: yaxshilik uning boshiga osmon bulutlaridan sepiladi, maloikalar uni qadamidan to osmon bulutlarigacha o‘rab olishadi, farishta, banda kim najot topishini bilsa edi, namozdan hech ham chiqmas edi, deb nido qiladi. Bu karomatlarning hammasi namoz o‘quvchilar uchundir".
Namozxon namozining qadrini bilmog‘i va unga bergan narsalari hamda bu ishga muvaffaq qilib qo‘ygani uchun Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim.
Qatodadan rivoyat qilinadi: Doniyol alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini sifatladilar. Aytdilarki: "Ular o‘qigan namozlarni agar Nuh qavmi o‘qiganida edi, daryoga g‘arq bo‘lmasdi. Agar Od qavmi o‘qiganida, tug‘mas shamol ustlariga yuborilmas edi. Agar Samud qavmi o‘qiganida, ularni chaqmoq olib ketmas edi".
Keyin Qatoda aytdilar: "Sizlar namozni o‘zlaringizga vojib qilib olingizlar, chunki u mo‘minlar uchun yaxshi xulqdir".
. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim rahm ko‘rgan ummatdir. Alloh ixloslari, duolari, namozlari va zaiflari sabab ulardan balolarni daf qiladi".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin