VIJDON
Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladurgan hissiyot, ya’ni sezuv – tuymaqdan iborat
ma’naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt af’ol va harakotimizni yaxshi va yomonlig’ini, foyda va
zararlig’ini onjaq vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon insonning aql va fikrini haqiqiy mezonidurki, bu tarozu
ila o’z kamchiliklarini o’lchab bilmak ila barobar boshqalarning ham af’ol va harakotini sezur. Agar
ishlagan ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo’lsa, muhabbat qilur. Qabohat va yomon ishlarni
qilsa, nafrat qilur. Biz janobi Haqning amr va nahyini fikr va ruhimizning ma’naviy quvvati o’lan
vijdonimiz ila ayira bilurmiz.
Vijdon yaxshi xulqlarning manbayi o’ldig’indan vijdon sohiblari har bir ishni beg’araz, xolis niyat ila
ishlar.
Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo’lur.
Ammo vijdonsiz kishilarning ishlarida niyat va amallarida, do’st va oshnoliqlarida yashirin bir
g’arazlari o’ldig’indan har vaqt hasrat va nadomat chekub, vijdon azobig’a giriftor bo’lurlar.
Har bir insonning haqiqiy foili vijdonidur,
Mevasi yaxshi amaldur, hosili vijdonidur.
Inson diniy vazifalarining uluvviyatini vijdoni soyasida taqdir qila bilur. Chunki, vijdoni salomat
kishilar imon va e’tiqodlarini kamolga yetkurmak uchun janobi Haqning buyruqlarini din va millatg’a
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
Dostları ilə paylaş: |