Shuning uchun ularni tuliq parazitlar deb ataladi. Gulli parazit o‘simliklar bir necha guruxlarga
bo‘linib o‘rganiladi.
1.Gulli-yarim parazit o‘simliklar; a) ildizdagi; b) poyadagi
2Gulli – to‘liq parazit o‘simliklar ; ) ildizdagi; b) poyadagi
Ildizdagi gulli –yarim parazit o‘simliklarga Ivan – da-Mariya o‘simligini olishimiz mumkin.
Ivan-da-Mariya o‘simligining ildizida mayda surgichlar bo‘lib, shular yordamida turli daraxtlar va
butalar ildiziga yopishib olib yashaydi. Bu oilaga kiruvchi boshqa o‘simliklar (pogremok, mo‘tnik)
o‘tsimon o‘simliklarda yarim parazit holda hayot kechiradi. Ular o‘tsimon o‘simliklarni
siyraklashtiradi va yig‘iladigan xashakning sifatini pasaytiradi.
Daraxtlarda yarim parazit holda hayot kechiruvchilarga misol qilib omelani olishimiz
mumkin.
Omela (
Vissum album L.). Omela yaxshi rivojlangan yashil bargga va tarmoqlangan
shoxlarga ega bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlikdir. U ikki pallali, ikki uyli, ya’ni onalik guli va otalik
guli aloxida usimliklarda rivojlanadigan o‘simlikdir. Mevasi-rezavor meva bo‘lib, yopilganda rangi
oq tusga kiradi. Rezavor meva urug‘li bo‘lib, yelimsimon moddaga egadir. Yopilgan urug‘lar faqat
yorug‘likda unib chiqadi. Unib chiqqan maysa katta bo‘lib, uchi yassi. Poyasi qalin kutikula bilan
qoplangan, lekin po‘kak qavati bo‘lmaganligi uchun suvni osonlik bilan parlatib yuboradi, shuning
uchun suvga bo‘lgan talabi kuchli. Ko‘pincha o‘simlikning omela zararlagan qismi yo‘g‘onlashib
ketib, ko‘rinishi shishga o‘xshab qoladi. Agar shishni ko‘ndalang kesib qaralsa, o‘simlikning
po‘stloq qismida omelani ildizi-rizoidlarini ko‘rishimiz mumkin. Daraxtning rivojlanishi tufayli bu
rizoidlar kambiy qismiga qarab chuqurlashib boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, omelada xaqiqiy
ildizlari bo‘lmaydi, balki ularning o‘rnini so‘rg‘ichlar bosadi. Omela olma, nok, terak, eman, igna
bargli daraxtlarda va boshqa manzarali daraxtlarda parazitlik qiladi. Omelani urug‘i qushlar
yordamida tarqatiladi. Ular yopishqoq bo‘lganligi uchun daraxtlarga yopishib keyin, asta-sekin
o‘sib rivojlanadi.
To‘liq parazitlarni o‘rganishda ularning parazitlik hayot kechirishidagi ayrim xususiyatlariga
e’tibor berishimiz zarur. Bular quyidagilardir: ildiz sistemasi yo‘q, bularning o‘rnini so‘rg‘ichlar
oladi, barglari yo‘q, poyasi siyox rang yoki sarg‘ish lekin yashil emas. To‘liq parazitlar ichida
shumg‘iya va zarpechak alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: