4.
Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabati bir xilda
emas. Kislorodga muxtoj mikroorganizmlar obligat aerob,
kislorodga extiyoj
sezmaydiganlar anaerob mikroorganizmlar deyiladi. Anaerob ham xar xil
bo‘ladi. Obligat anaerob mikroblarga kislorod zaxarli ta’sir qiladi, aerotolerant
anaeroblarga kislorod zaxarli ta’sir qilmaydi. Obligat
anaerobda oksidlovchi
bo‘lmaganligi uchun ham kislorod ularni zaxarlaydi. Qolgan
mikroorganizmlarda shu fermentlar mavjud (superoksidismutaza katalaza)
Kislorodlik va kislorodsiz muhitda ham hayot kechira oladigan
mikroorganizmlar
ham mavjud, bularni fakultativ anaerob mikoorganimzlar
deyiladi.
5.
Quyosh nurini radiatsiyasining mikroblarga ta’siri.
Mikroorganizmlarga quyosh nuri radiatsiyasi ham ta’sir qiladi. Fotosintetik
bakteriyalar uchun quyosh nuri zarur omil hisoblanadi.
Boshqa
mikroorganizmlardan ko‘pchiligi quyosh nuri ta’sirida halokatga uchraydi.
Masalan: quyidagi kasallik qo‘zgatuvchi bakteriyalarni qattiq ozuqa muhitda
o‘stirilib 10 soatdan 70 soatgacha yoruglik ta’sir qildirilganda batamom ko‘rib
ketganligini V.I.Paladin aniqlagan. Quyoshning havorang, binafsha,
ayniqsa
ultrabinafsha nurlari faqat bakteriyalarni emas, hatto sporalarni ham o‘ldiradi.
Shuning uchun xonalarga yorglik yaxshi tushadigan bo‘lsa, u yerda kasallik
tugdiruvchi bakteriyalar kam bo‘ladi.
Mikroorganizmlarga elektromagnit va radio-to‘lkinlari,
rentgen va
radioaktiv nurlar, ultratovush kuchli bosim kabi omillar ham salbiy ta’sir qiladi
va ularni nobud qiladi.
Dostları ilə paylaş: