«Mikroiqtisodiyot»



Yüklə 161,93 Kb.
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü161,93 Kb.
#139437
  1   2   3   4
Ikramov Murodjon


1-topshiriq.
Topshiriqni bajarish jarayonida o’rganish ob’yekti sifatida “Mikroiqtisodiyot fanini tanlab oldim. Bunda birinchi navbatda ushbu fanning boshqa yana qanday fanlar bilan aloqasi borligini aniqlab olish va ulardan “Mikroiqtisodiyot” fanining farqli jihatlarini o’rganib chiqdim.


«Mikroiqtisodiyot» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Har bir fan o’zining o’rganilayotgan muammolari bilan ajralib turadi. Sababi har bir fanda o’rganish ob’yekti o’ziga xosdir. “Mikroiqtisodiyot” fani ham bundan mustasno emas.







«Mikroiqtisodiyot» fanidan o`rganilishi lozim bo`lgan muammolar



Fanning predmeti, mazmuni va asosiy vazifalari

Talab va taklif tahlili hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar

Talab va taklif elastikligi, elastiklik nazariyasi asosida soliq yukining iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida

Iste’molchilarning bozordagi xatti harakati va ehtiyojlarini
qondirish uchun daromadlarining taqsimlanishi

Firmalarning ishlab chiqarish xajmini maksimallashtirish va

Raqobatlashgan bozor sharoitida firma foydasini
maksimallashtirish

Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi

Bozor turlari, raqobat va yakkahokimlik

Bozor hokimiyati sharoitida narx belgilash tamoyillari

Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan
foydalanish

Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish


Shuningdek, bu fanni o’rganishda talabalar oldiga qo’yiladigan vazifalar ham boshqa iqtisodiy fanlardan tubdan farq qiladi.

Iqtisodiy sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida qaror qabul qilishlari va ehtiyojlarini maksimal qondirishlarini o’rganish

Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi va alternativ xarajatlar mohiyatini anglab yetish



Talab va taklif elastikligi moxiyatini tushunib yetish hamda elastik nazariyasiga asoslanib soliq
miqdorini iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida taqsimlanishi to’g’risida nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish

Iste’molchilar nafliligi va o’z nafliliklarini maksimal qondirish yo’llarini befarqlik va byudjet chiziqlari orqali izohlash

Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va uni


hisoblash yo’llarini ko’rsatish

Raqobatlashgan bozor sharoitida firma foydasini maksimallashtirish va firmaning samarali razmerini aniqlash

Raqobatlashmagan bozorlarda narx va ishlab chiqarish xajmini izoxlash

Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli
tomonlarini ko’rsatib berish

Davlatning bozorni tartibga solishda qo’llaydigan
usullari va uning oqibatlari taxlilini sababiy

Mehnat qilish va dam olish o’rtasidagi boғliqlikni izoxlash va mehnat bozoriga kasaba uyushmalari qanday ta’sir ko’rsatishini garafiklar orqali faxmlash

“Mikroiqtisodiyot” fanida mavzularni, qaror qabul qilishni o’rganishda “Case study”, aqliy hujum, SWOT tahlil metodlaridan hamda turli masala va topshiriqlardan foydalanish mumkin.


Case study” metodi


Kichik korxona kostyum shim tikib sotishni yo'lga qo'ydi. Kostyum shimni materialini 30% jun va qolgan 70% sun’iy toladan iborat bo'lib, rangi qora, tezda g‘ijim bo'lmaydi. Uni shu yilgi moda bo‘yicha tikilgan.


Kostyum shimni sentabr oyidan bozorda sotish boshlandi. Sentabr oyidan fevral oyiga qadar sotish hajmi va foyda narxni o'zgarishiga ko‘ra quyidagicha bo'ldi:






Sentabr
2022-y.

Oktabr
2022-y.

Noyabr
2022-y.

Dekabr
2022-y.

Yanvar
2023-y.

Fevral
2023-y.

Kastyum shim o'rtacha narxi, so'm

60 000

70 000

75 000

60 000

55 000

52 000

Sotish hajmi, dona

500

500

600

600

500

300

Olingan foyda,
ming so'm

500

1000

1500

600

250

60

Berilganlar asosida


A) talab elastikligini hisoblang.
B) talab elastikligi va foydani o'zgarishiga qarab xulosa chiqaring va qaror qabul qiling.
Qaror qabul qilish uchun siz yana qanday ma’lumotlar yiqqan bo'lar edingiz?



Yüklə 161,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin