Milliy istiqlol g'oyasi va ta'lim – tarbiya
Reja:
1. Milliy istiqlol va ta'lim – tarbiya. Mustaqillikka erishgandan so'ng ta'lim – tarbiya jarayoni va uning mohiyati.
2. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi.
3. Milliy istiqlol g'oyasini ta'lim – tarbiya jarayonida tadbiq qilish.
Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g'oyalar muxim o'rin tutadi.
Har bir jamiyat va xalqning muayyan maqsadlar va manfaatlar yo'lida uyushtiruvchi safarbar etuvchi g'oyalar va ta'limotlarga muqarrar ravishda ehtiyoj sezadi.
Ta'lim – tarbiya ishlari zamirida ham barcha davrlarda muayyan manfaatlar bilan bog'langan maqsadlar yotgan. Bu maqsadlar tizimi va ularning mohiyati davlatlar, turli siyosiy kuchlar yaratgan va amal qilgan g'oya hamda mafkurada ifodalangan. Har qanday mafkura ham jamiyat ma'naviy kamolotini, unga zamin bo'ladigan, ta'lim – tarbiya ishlari tizimini ijtimoiy, siyosiy maqsadlar bilan bog'lashga qaratilgan g'oyalardan iborat bo'lgan.
Jumladan milliy istiqlol mafkurasi ham ana shu mazmunni o'z ichiga olgan:
Milliy istiqlol mafkurasi O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirishdek oliy maqsadga yetishishda kishilarni birlashtiruvchi, milliy g'oyani har bir shaxs qalbiga singdiruvchi, turli o'zga yoki mafkuraviy tahdidlarga qarshi xalqni safarbar qiluvchi qudratli kuch va harakatlar majmuidir.
O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin istiqlol mafkurasiga muvofiq keladigan insonning ma'naviy dunyosini kamol toptirish dolzarb vazifa bo'lib qoldi. Shuning uchun ham jamiyat ma'naviy hayotni barpo etish va uni rivojlantirish uchun birinchidan, jamiyat fuqarosida ijtimoiy – siyosiy va madaniy faollik ko'nikmalarini xosil qildirish va kamol toptirish ruhida tarbiyalash va ikkinchidan, har bir odamning jamiyat, davlat, millat va xalq manfaatini e'tiborga olgan holda ongli, amaliy, o'zgaruvchanlik faoliyatini safarbar etishga qaratilmog'i lozim.
Bu esa o'z navbatida xalqning istiqlol mafkurasi, ongli dunyoqarashi qay darajada shakllanib borayotganligini aniqlab berish uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda e'tiqod va ilm, iroda qudrati, Vatan va xalq, tabiat hamda bashariyatga mehr, bir so'z bilan aytganda oliy haqiqat oldidagi insoniy ma'suliyat bir butun mohiyat har bir shaxsning, har bir O'zbekiston fuqarosining ma'naviyatini tashkil etmog'i kerak.
Shuning uchun ham bugungi kunda biz faxr bilan ayta olamizki, erkin fuqaro, ozod shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti, eng katta omil bu – mustaqillikdir. Faqat mustaqillik sharoitida shaxs o'zining chinakamiga erkin va ozod his qila oladi.
Zero, har bir odamning ozodligi u yashaydigan Vatan ozodligi, u mansub bo'lgan xalq ozodligi bilan chambarchas bog'liq. Vatan va millatdan tashqarida turib ozodlik haqida gapirib bo'lmaydi. Har bir inson o'z yurtida, o'zining xalqi ichida erkin shaxs bo'lib voyaga yetishi mumkin, jumladan har bir insonning ma'naviy qiyofasi ham, u mansub bo'lgan xalqning ma'naviy qiyofasini o'zida aks ettiradi.
Bu o'z navbatida barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to'liq ta'rifdir. Har bir inson nasl nasabi ma'naviy qiyofasi tufayli shaxsdir.
Xususan yosh avlodda iymon – e'tiqodni mustahkamlash, irodasini baqquvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning tafakkurida o'zligini unutmaslik, ota – bobolarning qadriyatlarini asrab avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish zaru. Ularning men o'zbek farzandiman, deb g'urur va iftixor bilan yashashga erishish kerak.
O'zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo'lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o'ziga xos o'rni bo'lishiga erishishga safarbar etadi.
Istiqlolga erishgunimizga qadar tarbiya jarayoni asosan Yevropa tarbiyasiga asoslangan edi. Istiqlolga erishganimizdan so'ng Sharqona ta'lim-tarbiyaga e'tibor berila boshlandi. Biz o'rganishga kiirshayotgan «Milliy istiqlol g'oyasiningpedagogik asoslari» fani ham o'z oldiga bir qator maqsad va vazifalarni qo'yadi.
O'zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etishdir. Bu g'oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma'no – mazmunini belgilaydi.
Xalqimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, buyuk davlat barpo etishga kirishdi. Bu davlatning buyukligi avvalo Vatanning ozodligi va obodligi, xalqning erkin va farovon hayoti bilan belgilanadi. Asrlar davomida Vatan ozodligi – ajdodlarimizning buyuk armoni bo'lib kelgan.
To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur ajdodlarimiz yurt ozodligini o'zlarining muqqadas e'tiqodi deb bilishgan va bu yo'lda jonlarini fido qilishdan ham qaytmaganlar.
«Obod»lik esa davlatning qudratini bildiradi. Sohibqiron Amir Temur «Kimki qudratimizga shubha bilan qarasa, biz qurgan binolarga boqsin», deb xalqimizning g'ayrat shijoati va aql – zakovati bilan barpo etilgan betakror obidalar bilan g'ururlangani bejiz emas.
Obodlik-bunyodkorlik orqali amalga oshiriladi. Bunyodkorlik esa xalqimizning azaliy odatidir. Ota-bobolarimiz har yil bahorda ko'chat utkazish, yozda uy joylarni sozlash, eskisi urniga yangisini barpo etishni doimiy an'anaga aylantirganlar. Shu bois bunyodkor xalkniing bosh goyasida «Obodlik» tushunchasini bo'lishi tabiydir.
Bosh g'oyamiz tarkibidagi ikkinchi ibora – «Erkin va farovan hayot» izohiga to'htalamiz. Erkinlik – inson hayotining asosiy mohiyatidir.
Ya'ni, erkin bo'lmagan, qullik va qaramlikda hayot kechirgan odam to'laqonlik inson sanalmaydi. Chunki erkin bo'lmagan odam o'zining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini to'liq qondira olmaydi, o'zicha fikr yuritib, o'zicha faoliyat ko'rsata olmaydi. Shuning uchun, erkin hayot azaldan insoniyatning orzusi, yuksak taraqqiyotining asosiy sharti bo'lib kelgan.
Bugungi kunda biz erkin hayot deganda, avvalo, yurtimiz mustaqilligining, miliy qadriyatlarni to'liq qaror topishini, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan, inson huquqlarining to'liq amal qilishi, qonun asosidagi ongli faoliyatini, yuksak ma'naviyatini tushunamiz.
«Farovonlik» - inson moddiy ehtiyojlarini to'liq qondirilishini ta'minlaydigan hayot darajasidir.
Bu o'rinda xalqimizning «Avval iqtisod, keyin siyosat» degan naqli juda mos keladi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy shart – sharoit har qanday hayotning negizi, poydevori hisoblanadi.
Davlatimiz madhiyasida ham bosh g'oyamizdagi ozodlik va obodlik, erkin va farovon hayot tushunchalariga uyg'un misralar bor.
Qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi-xalqimizning maqsad va muddaolari va orzu intilishlarining to'liq aks ettiradi va kelajagi buyuk davlat barpo etishda jamiyatimizni birlashtiruvchi bayroq bo'lib hizmat qiladi.
Milliy g'oya, istiqlol mafkurasi ijtimoiy taraqqiyot rivojlanishiga qarab takomillashib, yangilanib boradi. Davr talabi bilan o'rtaga tashlangan muayyan qoidalar o'z vazifasini o'tab bo'lib, o'rnini yanada dolzarbroq boshqa hususiyatlarga bo'shatib beradi. Milliy istiqlol g'oyasi aynan ana shunday doimiy yangilanish maxsuli, ong va tafakkur hosilasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ta'lim- tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, xalqimizning milliy manfatlariga, ezgu maqsadlariga to'la mos keladi. O'z navbatida milliy istiqlol mafkurasi, eng avvalo, hayotga endigina qadam qo'yayotgan yosh avlod hayotiga yangicha ma'no va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgandir. Zero, yoshlar faqat milliy g'oya timsolida mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta'minlashining muhim vositasi sifatida anglaydilar. Yoshlar tabiatan turli g'oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchan bo'ladilar.
Milliy istiqlol mafkurasi ham hayot tajribasiga ega bo'lmagan ana shu yosh avlodni milliy taraqqiyotimiz manfaatlariga yot bo'lgan sohta va buzg'unchi g'oyalar tajovuzidan himoya qiladi.
«Milliy g'oya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatni eng ilg'or vakillari, kerak bo'lsa mutafakkirlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag'ishlaydigan fidoiy ziyolilari mehnat qilishlari lozim.
Yurtboshimiz I.Karimov mustaqillikni ilk damlaridayoq o'rtaga milliy tiklanish g'oyasini qo'ydi. Bu mustaqillik yillarida ijtimoiy qatlamga tushunarli tarzda izohlab beradigan qo'llanma va tavsiyalar tayyorlash zarurligi ayniqsa, muhim.
Inson hech qachon tashqi dunyodan, o'zini qurshab turgan olamdagi o'zgarishlar, rivojlanishlar, ro'y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlaridan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo'lgan turli mazmundagi hodisa va jaryonlar, ayniqsa, g'oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi mafkura va dunyoqarashiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Binobarin, har qanday muayyan millat va xalqning maqsad muddaolari, ma'naviyatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Xususan, milliy istiqlol g'oyasi ham millat manfaatlari va uning xalqning orzu-intilishlarini o'zida mujasammlashtiradi. Chunki milliy manfaatlar mustaqillik hissi, millat huquqi va nafsoniyati, izzat obro'yi, shon-shuhrati milliy g'urur, iftihor tuyg'ulari millat qiyofasini belgilovchi ustivor tamoyillari, chinakam umummilliy g'oyaga aylandi. G'oya jamiyatimiz oldida juda ko'p ufqlar ochdi.
Istiqlol g'oyasini odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarining qamrab olish, ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqotning usul va vositalaridan oqilona foydalanish zarurlgini taqozo etiladi.
Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish ta'lim-taribyaning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Bunda quydagi vazifalarni nazarda tutish lozim:
Ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarni yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishning differentsial pedgogik-psixologik dasturini yaratish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o'quvchi-yoshlar ongida milliy g'oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish;
O'quv dasturlar darslik va qo'llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarini teran aks ettirish;
Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga ko'tarish;
pedagog kadrlarni mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.
Fan va ilmiy muassasalar milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim o'rin tutadi.
Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun, mohiyatini har bir bir ijtimoiy qatlamga tushunarli tarzda izohlab beradigan qo'llanma va tavsiyalar ayniqsa muhimdir.
O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi mamlakat Aholisidan yangicha fikrlash, ishlash va yashashni talab qiladi. Shuningdek, bozor iqsodiyoti har bir inson samarali mehnat qilishi va ma'naviy qadriyatlar, ajdodlar merosidan baxramand bo'lishini ham talab etmoqda. Bu o'ta mas'uliyatli vazifani uddalamoq uchun jamiyatimiz kishilarni milliy istiqlol g'oya va mafkurasi asosida tarbiyalash, unda shaxs, millat, davlat jamiyat manfaati va extiyojlar uyg'unligini ta'minlash g'oyat muxim axamiyatga ega. Shaxs tarbiyasida g'oya va manfaatlar mushtarakligi aloxida axamiyat kasb etadi. Har qanday fikr ham g'oya bo'lavermaydi. Faqat ko'pchilikning maqsad muddaolariga mos tushgan fikrgina g'oya bo'lishi mumkin. Miliy g'oya esa xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o'z oldiga qo'ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g'oyadir. Binobarin g'oya moxiyatini to'la anglash uchun mafkura tushunchasini ham ilmiy taxlil qilish zarur. Yurtboshimiz I.Karimov tomonidan ma'naviyat, mafkura va milliy g'oyani o'zviy birligi, mutanosibligi xaqidagi g'oya ilmiy-ijodiy kashf etildi.
Shaxs tarbiyasi barcha davrlarda ham eng murakkab, mas'ulyatli vazifa bo'lib kelgan. Chunki, uning zaminida muayyan manfaatlar bilan bog'langan maqsadlar yotgan. Bu maqsadlar tizimi va ularning mohiyati davlatlar, turli siyosiy kuchlar yaratgan va amal qilgan mafkurada ifodalangan. Har qanday mafkura ham jamiyat ma'naviy kamolotini, unga zamin bo'ladigan ta'lim-tarbiya ishlari tizimini muayyan ishtimoiy-siyosiy maqsadlar bilan bog'lashga qaratilgan g'oyalardan iborat bo'ladi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalari davlat tomonidan belgilangan qonunga asosan faoliyat yuritadi.
Xalqimiz tabiatan yaxshiga xavas qiladi, ibratga, moyil bo'ladi, kattaga ehtirom ko'rsatadi, unda ergashuvchanlik mayli kuchli. Ana shu ergashuvchanlik, ibratga moyillik xususiyatlarini millat manfaatlariga bura olish, ularni Vatan ravnaqi yo'lida safarbar etish, bu fazilatlarimizni nopok kimsalardan, shubxali siyosiy oqimlardan muxofaza etish, g'animlarning g'arazli kirdikorlariga qurbon bo'lishdan saqlanish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Buning uchun esa shaxs tarbiyasida milliy g'oya tamoyillariga tayangan xolda ijtimoiy extiyoj va manfaatlar birligini ta'minlash muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |