Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


Milliy tarbiyaning ayrim metodlari va mezonlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə18/20
tarix03.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#121943
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

2.3. Milliy tarbiyaning ayrim metodlari va mezonlari.
  • Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida davlat, jamiyat
  • maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil qiladi. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida
  • singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat,
  • oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini hosil qiladi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda milliy davlatchiligimiz, xalqimiz tarixi, hoziri, istiqloli va istiqboli talablarini umumlashtirgan holda hozir o‘quvchilarimizda shakllantirilishi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar tasnifi tuzildi. Barcha insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional, emotsional va faoliyatga asoslangan tarkibiy qismlar uyg‘unligiga tayanadi. Shu tufayli oila, maktab, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning izchil, amaliy hamkorligi bu fazilatlarni maxsus shakllantirishning barqaror surat va sifatini ta’minlaydi.
  • Milliy istiqloliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi: kattayu-kichik bilan avval salomlashib, keyin so‘z boshlash; ota-onaga mehrlilik; nafaqat yoshi ulug‘larni, balki o‘zidan kichiklarni ham samimiy izzat qilish; to‘y-maraka, janozada o‘z o‘rnini bilib xizmat qiluvchi; boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan
    • millatparvar bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ularning milliy madaniyatiga samimiy qiziqish; nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa, xoh katta, xoh kichikni noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish; jamoat transportida o‘zidan katta va kichikka izzat ko‘rsatish; o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis, xayriyalarda faollik; yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, jaholatga qarshi turish; umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan ustun qo‘ya olish; o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlarni “yaxshi niyat”, “yaxshi so‘z”, “yaxshi ish” asosiga qura olish, tavozelilik, ochiq chehralik; inson umri, vaqtini qadrlash; gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish; o‘zining yetti pushti tarixini mufassao aytib bera olish; barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va nomlarini bilish va ularga mehrini namoyish qilish; sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida noxush voqea sodir bo‘lganida, bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash; tanishlari, do‘stlari, notanish bolalar arazlashganda ularni yarashtirishga harakat qilish; birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard, sherikligini bildira olish; (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalarni har tomonlama nozik deb e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish; (qiz bolalar uchun) o‘g‘il bolalarni g‘ururli, mard, shijoatli deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish; aka va opani ota-ona kabi izzat qilish; bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda saqlash; vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va tuhmatdan xazar qilish; Unga ishongan kishining sirini saqlay olish; “Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish; yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish; birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik; kek saqlamaslik; badavlat kiyingan bola qarshisida o‘zini xor tutmaslik, kambag‘al kiyingan bola oldida kekkaymaslik; o‘g‘il bo‘lib qizlarning, qiz bo‘lib o‘g‘illarning kiyimini kiymaslik; milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish; o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada bajarishni ilohiy e’tiqod darajasida tushunuvchi; sinab va o‘rtaga Ollohni qo‘yib do‘st bo‘lish, millat, vatan manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan kecha olish, ota-onasi lozim ko‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish; balog‘atga yetgach, g‘usl qilish; nonni ilohiy darajada e’zozlash; ona tilida sof fikrlash, so‘zlash; uyat, xarom so‘zlarni hech
    • qachon, hech qaerda, hatto urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xatti-harakatlarida namoyon qila borish; har bir jiddiy ishni ota-ona bilan maslahatlashgan holda boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida, minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish; milliy madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ularni asrashga xizmat qilish; savdo-sotiq, bozor munosabatlarida insofli, chaqqon, jur’atli bo‘lish; milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy-siyosiy voqealarga tarixiy nuqtai-nazardan turib mustaqil munosabat bildira olish; kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘onish; sabrli, andishalilik; o‘z kelajagiga talluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga mos fikr yurita olish va h.k.
    • Milliy tarbiya mazmunini amalga oshirish uchun milliy tarbiya uslublarini tiklamoq kerak. Buning uchun o‘zbek tarbiyachilik madaniyati o‘zining boy uslubiy
    • manbalariga ega. Mustaqil O‘zbekiston umumta’lim maktablarida tarbiyadagi islohot xalqimiz orasida bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish tarzlarini o‘rganib,
    • pedagogik asoslab milliy tarbiya uslubiyatini boyitishni taqozo etadi.
    • Ma’lumki, so‘zlar, iboralar ko‘pincha bir necha xil ma’noni anglatadi. U yoki bu so‘zning ilmiy pedagogik atamaga aylanishi esa, bir so‘zning muayyan bir
    • ma’noni anglatishni talab qiladi. Masalan, “kechirmoq” so‘zi to‘rt xil; “o‘ynamoq” so‘zi o‘n xil ma’noga ega. Bu so‘zlarning atamalarga aylanishi uchun ularning “fan,
    • texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushuncha, (Termin.
    • O‘zbek tilining izohli lug‘ati, T.: 1981, 2-tom, 165 bet)ga aylanishi talab qilinadi. Bunga “Botanika atamalari”, “Zargarlik atamalari”, “Huquqshunoslik” atamalari va boshqalar misol bo‘la oladi. Xullas, so‘z-atama-uslub harakati orqali yuqoridagi so‘zlar aniq va barqaror pedagogik tushunchalarga aylanadilar. Masalan, “kechirmoq” - tarbiyalanuvchiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish maqsadida u yo‘l qo‘ygan xato, gunohni avf etmoq usuli; “o‘ynamoq” atamasi – bu bola bilan unda ijobiy sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni kamaytirish maqsadiga yo‘naltirilgan, ma’lum qoida va usullar bilan ijro etiladigan o‘yinlar bilan o‘ynash usuli va h.k.
    • Ko‘rinib turibdiki, mazkur so‘zlar “tarbiya usuli” tushunchasining barcha talablariga javob beradi. Zero, milliy tarbiya uslublari – bu o‘zbek xalqining o‘z
    • farzandlarida ijobiy fazilatlarni rivojlantirish, salbiy xulq-atvorlarni bartaraf qilish maqsadida qo‘llagan va qo‘llayotgan yo‘l-yo‘riqlar, harakat tartiblari, tarzlari tizimidir.
    • Quyida sharhlanayotgan uslublar xalqimizning o‘g‘il-qizlarga madaniy, mehrli-talabchan munosabatini, bola shaxsiga hurmatini saqlab qolib, maktab tarbiyasida qo‘llash imkonini beradi. Bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘t5kazishning salbiy usullari ham mavjud. Amaliyotda bartaraf qilish uchun ular ham tahlil qilinib, o‘rganilmog‘i kerak. Bu, ayrim o‘qituvchilar, ota-onalarda uchrab turadigan pedagogik xatolarni tuzatib olishlariga yordam beradi.
    • Ayblamoq - bolani qilgan gunohi, xatosi uchun adolatli ravishda aybli deb topmoq, ayb qo‘ymoq va bolaning buni anglashiga erishmoq. Arazlamoq - qilgan salbiy qilig‘i uchun bolani aybsitib, undan o‘pka qilib yurmoq yoki tarbiyaviy maqsadda vaqtincha yuz o‘girmoq. Baholamoq - bola xulqiga uning ahamiyati, qadr, qiymati haqida ijobiy yoki salbiy fikr bildirmoq, Bahslashmoq - o‘quvchi bilan(maktabda), o‘g‘il-qiz(farzand) bilan maktabda, uyda ilmiy, adabiy, ahloqiy, milliy-mafkuraviy mazmunda munozara qilmoq. Begona qilmoq - bolaning yolg‘on gapirganligi aniqlangach, qo‘polligi muhokama qilingach va h.k. undagi vijdonni junbushga keltirish, qilgan ishi uchun pushaymon qilishi uchun o‘qituvchi, yoki ota- ona, yoki ona uni o‘zidan vaqtincha uzoq tutib yurishi. Biriktirmoq - odob-ahloqda, biror hunarda ko‘pchilikka namuna bo‘lgan ustoz tarbiyasiga bermoq. O‘tmishda qo‘shni ko‘rgan ota-onalar farzandlarining hayotini, odamlar, begonalar bilan muomala qilishni o‘rgansinlar deb o‘g‘illarini choyxonachiga xizmatkorlikka bergan ekanlar. Bitim – bolaning hayotiga, o‘qishiga, kelajagiga oid jiddiy masalani uning o‘zi bilan muhokama qilib, o‘zaro ijobiy kelishuv, to‘xtam, qarorga kelmoq. Buyurmoq - vaziyatning taqozosi bilan tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqqan holda bolaning o‘zi uchun, jamoa, millat, Vatan manfaatlarini ko‘zlab buyruq bermoq. Va’da olmoq - bolaning o‘z so‘ziga sodiqligini, so‘zi va ishi birligini sinash maqsadida undan biror ishning, majburiyatning bajarilishi haqida so‘z olmoq. Girgitton bo‘lmoq - mehribonlik bilan, “aylanay”, “o‘rgilay” so‘zlarini ishlatib, ismiga “jon”, “xon” qo‘shib bolani erkalash. Yorilmoq - bolaning sizdan noo‘rin
    • xafaligini bilgach, tanho qoldirib, asl maqsadingiz – uning muvaffaqiyati ekanligini aytishingiz. Xayrixohlik, samimiylik bu usulga muvaffaqiyat keltiradi. Inoqlashmoq
    • bola bilan yaqin, do‘stona munosabat bog‘lamoq, ahillashib ketmoq. Kafil bo‘lmoq
    • bola bilmay, adashib xatoga yo‘l qo‘ygan chog‘da uning yaxshiligi haqida boshqalar (o‘qituvi, o‘quvchilar)ni ishontirib, bola uchun mas’uliyatni o‘z ustiga olmoq. Kengashmoq - bola sinf jamoasi oldida turgan muammoni birgalikda muhokama qilmoq. Koyimoq - jazo berishning yengil turi. Bolaga tanbehlovchi so‘z aytmoq, tanbeh bermoq, urishib qo‘ymoq. Kuzatmoq - sinf ahlining, har bir bolaning xulq-atvorini zimdan qarab, tekshirib turmoq, ko‘zdan kechirmoq, qayd qilmoq. Ko‘rsatmoq - bolaga, bolalarga o‘rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat e’tiborlarini jalb qilish. Maqtamoq - bolani uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini ko‘rsatib gapirmoq, yaxshi qilib ko‘rsatmoq. Nasihat - sokin, xayrixohlik vaziyatda bolani yaxshi yo‘lga solish, ta’lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o‘git. Ovutmoq - bolaning, uning oilasining boshiga biror kufat tushganda unga tasalli berib yupatmoq, ovuntirmoq, yo‘g‘lashdan to‘xtatmoq. Odatlantirmoq - odob me’yorlarini mashq qildirish. Masalan, salomlashish, murojaat qilish, mehribonlik ko‘rsatish va hokazolarga odat paydo etmoq, o‘rgatmoq. Oqlamoq - shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola yil bo‘yi ajoyib xulq-atvor, o‘qit namunalarini ko‘rsatib keladi-yu, bilib-bilmay bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Masalan, birov bilan urishib qoladi; hasharga kelmay qoladi va h.k. Shunday holda o‘qituvchi - sinf tarbiyachisi uni (oldingi namunali xulqi hurmati) oqlamog‘i kerak. So‘ramoq - bolaning ilmiy va axloqiy bilimlari haqida ma’lumot olmoq, tekshirmoq, norasmiy imtihon qilmoq. Talab - tarbiyalash maqsadida boladan biror narsani qa’iyat bilan so‘rab turish.
    • Tasalli bermoq - muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolani yupatish, ko‘ngil ko‘tarish uchun gapirmoq, ish-harakat qilmoq. Ta’birlamoq- bolada. Sinf ahlida, jamoat ahlida uchrab turuvchi xatti-harakatlarni sifatlamoq. Ta’kidlamoq - bolalar bilan o‘tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan ahloqiy mazmunni uqtirib, tayinlab bermoq. Taqdirlamoq - o‘quvchini, farzandni qadrlamoq, munosib baholamoq, bolaga uning qadri bor ekanligini sezdirmoq. Taqiqlamoq - tarbiyaviy
    • maqsadda bolaga, o‘quvchiga biron narsani ma’n etmoq. Tahsinlamoq - o‘quvchini, farzandni “balli”, “ofarin” kabi so‘zlar bilan qarshi olmoq, maktab yuksak baholamoq. Tenglashmoq - bola, o‘quvchi biror taqsinga sazovor ish qilganda uning xatti-harakatini eng hurmatli, aziz kishilar hulqiga qiyoslash, yomon ish qilganida esa o‘z qishlog‘i, mahallasi, hududidagi “yomon” deb nlm qozongan shaxs hulqiga o‘xshatmoq, taqqoslamoq. Tergamoq - vaqti-vaqti bilan bolaga yetarli davrajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun koyib “yo‘li”dan qaytarib turish. Uyaltirmoq - noma’qul qilig‘i uchun bolaga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, hijolat, andisha, nomus qildirmoq. Shavqlantirmoq - bolaning xulqi, o‘qishidagi muvaffaqiyatlari. Kelajagiga g‘oyat mamnunlik hissi bilan berilmoq, ruhiy ko‘tarinkilik bilan qiziqmoq, zavqlanmoq va zavqlantirmoq, qanoatlantirmoq. Erkalatmoq - o‘g‘il bolani “qo‘zichog‘im”, “she’rim”, qiz bolani esa “oppog‘im”, “onajonim” deya silab-siypalamoq, suymoq. Yalinmoq - agarda boshqa xil usul kor qilmasligiga ko‘z yetsa, bola qalbida mehrni yangilash, uyg‘otish maqsadida uni biror narsaga ko‘ndirish uchun iltimos qilmoq; o‘tinib so‘ramoq. Yarashtirish – oilada, sinfda ba’zan uchraydigan o‘zaro urush-janjalni to‘xtatish, urishmaslikka ahd qildirmoq, munosabatni yaxshilamoq, totuvlashtirmoq. O‘ynamoq - bola bilan unda ijobiy sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni yo‘qotish maqsadiga yo‘naltirilgan ma’lum qoida va usullar bilan ijro etiladigan o‘yinlarni birga o‘ynash usuli. O‘rgatmoq - bolaga biror ish harakat (masalan, choy damlashni, turli joy, vaziyatlarda o‘zini tutishni, gapirishni va h.k.) bajarish usulini, yo‘l- yo‘rig‘ini tushuntirmoq, bildirmoq va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilmoq. O‘qitmoq - yozilgan narsani yoki matnni undagi belgilar, harflar vositasida aynan aytib, eshittirmoq. Qaytarmoq - bola, o‘quvchi jahli chiqib, qizishib biror kor hol, yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko‘rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo‘ya ishdan, xatti-harakatdan o‘zini tutishga undamoq, tiymoq. Qiziqchilik qilmoq - o‘quvchi, bola bilan munosabatda rasmiyatchilikni, psixologik tanglikni bartaraf qilish maqsadida mavzuni burib yuborish, ermak, hazil qilish, bolani kuldirish. Sovg‘a berish – bolaga bayram, hayitlar munosabati bilan imkon darajasida tuhfalar qilib, uning mehrini yangilab, oshirib turish. Homiylik qilish –
    • bolaga biror sohaga qiziqib, berilib shug‘ullansa, bu ishda unga yordam, madad berish, muhofaza etish.
    • Shu bilan birgalikda o‘quvchi, bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning salbiy
    • usullari mavjudligi va ularga barham berish uchun ulardan namunalar keltirildi: Aldamoq - yolg‘on-yashiq gaplar bilan, va’dalar bilan avramoq, laqillatmoq. Bachkanalashmoq - o‘qituvchi, ota-onaning kattalarga, ulug‘larga nomunosib qiliklar, xatti-harakatlar qilishi. Vaysamoq- bolalarni, o‘quvchilarni tomonlarga bo‘lib, bir-biriga qarshi oyoqlantirib, tezlab, ular orasidagi ziddiyatni kuchaytirmoq; nizoni avj oldirmoq, olqishlamoq. Gina qilmoq - o‘quvchiga, bolaga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq. Yomonlamoq - bolaning oldida yoki orqasidan uni yomonlab, yomonga chiqarib, qoralab gapirmoq. Zarda qilmoq - bolaga, o‘quvchiga hadeb zarda, jahl qilaverish. Zorlanmoq - bolalar qoshida biror narsadan, vaziyatdan nolimoq, shikoyat qilmoq, hasad qilmoq, nochorlikni namoyon qilmoq. Majbur qilmoq - hech bir asossiz o‘quvchining, sinfning munosabati bilan hisoblashmay, amr, zo‘rlik bilan yoki biror narsa taqozosi bilan bir ishni qilishni buyurish, ko‘r- ko‘rona talab. Nizo – o‘qituvchi va o‘quvchi, bola va ota-ona orasida o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovatli munosabat, ixtilof, nifoq hosil qilish. So‘kmoq - bolani yomon, uyat so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq. (odatda bu usul so‘kiluvchining so‘kuvchiga behrligiga olib boradi). Ho‘mraymoq - farzandga, o‘quvchiga, qovog‘ini solib tikilmoq, yomon ko‘z bilan qaramoq. Qarg‘amoq - farzandga, bolaga yomonlik, baxtsizlik yoki o‘lim tilab koyimoq; yomon niyat tilamoq.
    • Amalga oshirilgan nazariy, usulbiy, amaliy izlanishlar ta’lim jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tizimining barcha tarkibiy qismlariga kompleks joriy qilinishi milliy tarbiyaning texnologik tizimini belgilashga asos bo‘ldi (5-chizma). Chunki ijtimoiylashuv bolaga jamiyat, milliy madaniyat tomonidan ko‘rsatiladigan tarbiyaviy ta’sirligi tufayli uning ongi va xulqiga sistemali ta’sir ko‘rsata olmaydi. Maktab esa o‘ziga xos texnologik imkoniyatlari mavjudligi tufayli milliy tarbiyani maqsadli amalga oshira oladi. Bu esa maktabning o‘quvchilarda milliy tarbiya mezonlarini hosil qiluvchi bilim, tushunchalarni xulq-atvor me’yorlariga
    • aylantirishning real imkoniyatlariga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu nuqtai- nazardan: 1) maktab – O‘zbekistonda milliy istiqlolni ta’minlashga qodir bo‘lgan yetuk milliy zamonaviy yosh avlodni tarbiyalab yetishtira oluvchi asosiy davlat muassasasidir; 2) maktab tarbiyaviy jarayoni ilmiy asosga qurilsa, samarali, maxsus vositalarga ega bo‘ladi; 3) o‘qish – maktab yoshidagi bolalarning asosiy vazifasi, yetakchi faoliyatdir. Bola maktabga kelishining birinchi kuniyoq uni axloqiy qadriyatlar, me’yorlarning bola uchun yangi dunyosiga olib kiradi; yaxshi o‘qish, yaxshi xulqlilik-o‘quvchining davlat, oila, maktab oldidagi burchi sifatida anglanadi; 4) turli kasb egalari bo‘lmish ota-ona, qarindosh, mahalladoshlardan farqli o‘laroq, endi uning tarbiyasi bilan maxsus pedagogik tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislar – o‘qituvchilar shug‘ullana boshlaydilar; 5) o‘quvchi o‘tkazadigan har bir kunning katta bir qismi maktab, o‘qish masalalari bilan band bo‘la boradi va h.k. yuqoridagi xususiyatlar tufayli o‘quvchilarda muayyan insoniy sifatlarning rivojlanishini qayd qilish, kuzatish, tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo‘la boradi
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin