Министерство высшего и средне-специального образования республик
TipHiauz fabrikasida nafaqat qimmatbaho komponentlapHing, balki, yo’ldosh bo’sh tog’ jinslarining moddiy tarkibini murakkabligi bo’yicha ajralib turuvchi TipHiauz koni volg’fram-molibden rudalari boyitiladi. Rudali minerallar: — sheelit (foizning o’ndan bir ulushida), molibdenit (foizning yuzdan bir ulushida), povellit, qisman ferrimolibdit, xalkopirit, vismutin, pirrotin, pirit, arsenopirit. Noruda minerallar: — skapHlar (50—70%), chig’anoqlar (21—48%), granit (1 — 12%), mramor (0,4— 2%), kvarts, flyuorit, kaltsit, apatit (3—10%) va boshqalar.
Konning tepa qismida 50—60% molibden povellit va ferrimolibdit ko’rinishida bo’lib, pastki qismida esa ularning miqdori 10—20% gacha kamayadi. SHeeltda izamorf qo’shimcha sifatida molibden uchraydi.
Fabrikaning maydalash bo’linmasida ruda —12 mm gacha maydalanib, bunkerga tashlanarda va ikki spiralli klassifikator bilan yopiq tsiklda ishlovchi sharli tegirmonda bir bosqichda 60% gacha —0,074 mm sinfda yanchilar edi.
Yang tayyorlash jarayoni texnologiyasiga ko’ra ruda —350 mm gacha maydalanadi, 74 mm sinfda g’alvirlanib, katta va kichik sinfdagi mahsulotlar alohida alohida o’ziyanchar tegirmnga yuboriladi.
Yirik maydalangan (—350 mm) ruda diametri 7 m bulgan (MMS-70X23) o’ziyanchar tegirmonida yanchiladi. Ikkinchi bosqich yanchishda esa ruda MSHR-3600X5000 bir spiralli 1KSN-3 klassifikatori bilan yopiq tsiklda ishlovchi yanchilgan mahsulotni markazdan bo’shatuvchi sharli tegirmonida 62% gacha —0,074 mm sinfda yanchiladi.
Yanchilgan tayyor mahsulot yanchish tsexidan flotatsiya tsexiga gidrotransport yordamida yetkaziladi. Gidrotransport yo’li bahaybat muhandislik inshoati bo’lib, u bo’tanani 600 m balandlikdan tushirib beradi. U ikkita 630 mm diametrli quvurdan tashkil topib, uzunligi 1750 m ga teng. Har bir quvurda diametri 1620 mm, balandligi 5 m bo’lgan 126 ta tinchlantiruvchi quduq o’pHatilgan.
Nazorat savollari. 1) Volframning asosiy xususiyatlari
2) Volframning minerallari va rudalari?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?