Министерство высшего и средне-специального образования республик
Yo’ldosh elementlar deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo’lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni yer qahridan asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan qimmatbaho komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo’ldosh elementlarga kiradi. Boyitishda yo’ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin.
Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko’p va zararli qo’shimchalapHing miqdori qancha kam bo’lsa shuncha yuqori bo’ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo’lsa, u shuncha boy bo’ladi, chunki ko’p miqdorda qimmatbaho komponent saqlaydi. SHuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalapHi boyitish deyiladi.
Bahzan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo’laklapHing yirikligiga bog’liq.
Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlapHing miqdori ularga qo’yiladigan talablardagidan past bo’lmagan hollardagina ular to’g’ridan-to’g’ri metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalapHing ko’pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalapHi qayta ishlash tsikliga boyitish operatsiyalarining kiritish qazib olinayotgan foydali qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xomashyoni yuqori iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Bu holda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin:
foydali qazilmalapHing sanoat zaxiralari ortadi, chunki kambag’al rudalapHi xam qazib olish imkoniyati tug’iladi;
ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olish sistemasi soddalashadi, yahni foydali qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi, chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon ishlari to’likrok mexanizatsiyalashga erishish mumkin bo’ladi;
foydali qazilmani metallurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga tushayotgan mahsulot tarkibidagi qimmatbaho komponentning miqdori ortishi bilan yonilg’i, flyuslar, koks, elektrenergiya, kimyoviy reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi, metallurgik pechlar va kimyoviy apparatlapHing ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaho komponentning chiqindi tarkibida yo’qolishi kamayadi;
foydali qazilma kompleks ravishda ishlatiladi, chunki boyitish ulardagi barcha qimmatbaho komponentlapHi xam ajratishga imkon beradi;
transport xarajatlari kamayadi, chunki ko’pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun xajmi emas, balki faqat boyitma tashiladi.
Boyitma sifatiga qo’yiladigan talablar konditsiyalar deyiladi va ulapHi berilgan foydali qazilmaning xususiyatlari va boyitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Boyitish texnikasining zamonaviy xolatida erishish mumkin bo’lmagan konditsiyalapHi o’pHatish mumkin emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi chegarasiga, xamda zararli qo’shimchalar miqdorining yuqori chegarasiga, shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga xam konditsiyalar belgilanadi.
«Ruda» tushunchasi geologik, texnik va iqtisodiy ahamiyatga ega. Ruda tarkibidagi asosiy metalning metallurgik qayta ishlash uchun yetarli bo’lgan minimal miqdori foydali minimum deb ataladi.
Ruda va boshqa tog’ jinslari minerallardan tashkil topadi. Ruda tarkibidagi minerallar rudali (qimmatbaho komponent saqlagan) va bo’sh tog’ jinsiga bo’linadi. Bo’sh tog’ jinsiga aksaryat hollarda qimmatbaho komponent ajratib olinmaydigan minerallar kiradi. Ularga kvarts,karbonatlar,silikatlar va boshqalar kiradi.
«Bo’sh tog’ jinsi» tushunchasi o’ta nisbiydir. CHunki, hozirgi vaqtda chiqindisiz metallurgik jarayonlapHi yaratishga yo’naltirilgan metallurgik texnologiyalapHi rivojlanishi natijasida bo’sh tog’ jinslaridan bir qator qurilish materiallari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Rudaning tarkibi asosan kimyoviy tahlil orqali aniqlanadi. Ammo, amaliy maqsadlar uchun kimyoviy tahlil ko’p hollarda yetarli bo’lmaydi. Buning uchun yana mahsulotning mineral tarkibini va minerallar orasida kerakli qimmatbaho komponentning tarqalishi va joylashuvini ham o’rganish zarur.
Foydai minimum, yahni ruda tarkibidagi asosiy metalning metallurgik qayta ishlash uchun yetarli bo’lgan minimal miqdori borgan sari pasayib bormoqda. Foydali minimumning pasayishi boyitish va metallurgik dastgoxlapHi zamonaviylashishiga, maxsulotdan kompleks foydalanishga bo’lgan talabni kuchayishiga olib kelmoqda.