Texnika xavfsizligi qoidalari! Har bir o’quvchi faqat o’z ish joyida ishlashi lozim.
Ish jamoa ravishda bajariladigan bo’lsa, o’quvchilar o’zlari uchun belgilab berilgan majburiyatlarini yaxshi bilishlari zarur.
Berilgan topshiriq faqat o’qituvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
I shni boshlashdan oldin, ish joyingizni tayyorlang, asboblarni to’g’ri va qulay joylashtiring: o’ng qo’l bilan ushlanadigan asboblarni o’ng tomonga(qaychi, qalam, o’chirg’ich va hakozo), chap qo’l bilan ushlanadiganlarini( qog’oz, kley va boshqalar) chap tomonga qo’ying, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo’ymang, ularni doimo o’z joyiga, o’tkir tomonini o’zingiz tomonga qaratib qo’ying. Asboblarni o’ynamang.
Mashg’ulot vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.
O’tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
Asbobni ishlatganda, uni o’qituvchi ko’rsatganidek ushlang.
Asboblarni asrang, ularni to’g’ri va o’z o’rnida ishlating, ishlatgandan so’ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artiladigalarini artib qo’ying.
Bajariladigan ishni yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qiling.
Mehnat ta’limi Mashg’ulotida yugurish man etiladi.