Moliya fanidan savollarga javoblar



Yüklə 27,96 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü27,96 Kb.
#126156
Moliya fanidan savollarga javoblar


Moliya fanidan savollarga javoblar.

  1. O’zining lug’aviy ma’noi jihatdan fransuzcha, lotincha va ruscha so’zlarning sinonimi sifatida moliya so’zi qanday ma’noni anglatadi?

J:“Daromad, to’lov”

  1. Moliyaning qanday funktsiyalari mavjud?

J:Taqsimlash va nazorat

  1. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda qanday ma’noni anglatadi?

J: pul mablag’lari

  1. Kundalik turmushga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallifni aniqlang?

J:“Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Boden kiritgan.

  1. Moliyaning to’liq tarifi keltirlgan qatorni ko’rsating?

J:Moliya – davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.

  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaning xarakterli belgisi hisoblanadi?

J:markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish)

  1. Moliya – bu……

J: Pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir

  1. Moliyaning ahvoli nimani belgilab beradi?

J: Mamlakat iqtisodiyotinining ahvolini

  1. Takror ishlab chiqarish jarayoni qaysi bosqichlarni o’z ichiga oladi?

J: ishlab chiqarish, almashinuv, taqsimlash, iste’mol.

  1. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni belgilab bergan uzoq istiqbolga muljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy kontseptsiyalarini ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi. Ushbu ta’rif nimaga berilgan? J: Moliyaviy strategiyaga

  2. Moliyaviy siyosat bu.........

J: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik printsiplarining majmui.

  1. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) nechta? J: 8 ta yo’nalishda

  2. Strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret

bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.Ushbu ta’rif nimaga berilgan?
J: moliyaviy taktikaga

  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?

J: Inflyatsiyani oldini olish siyosati

  1. Davlat va korxonalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari majmui hisoblanadi. Ushbu ta’rif nimaga berilgan?

J: Moliya tizimiga

  1. Moliya tizimi nechta sohaga bo’linadi?

J: 2 sohaga bo’linadi

  1. Moliya tizimi quyidagi qanday sohalarga bo’linadi?

J: davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasiga.

  1. Byudjet siyosatidan qanday holatlarda foydalaniladi?

J: Byudjetda kontsentratsiya qilinadigan YaIM hissasini aniqlashda



  1. Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalaga oshiriladi?

J: Muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda pul massasining etmagan qismini qog’oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldirish

  1. Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi?

J: Takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga

  1. Moliya tizimi deganda nimani tushunasiz?

J: Davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar to’plami

  1. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating.

J: Davlat byudjeti, maqsadli nobyudjet fondlar, davlat krediti

  1. Moliya tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating.

J: Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi, notijorat tashkilotlar moliyasi

  1. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti qanday byudjetlarni o’z ichiga oladi?

J: Republika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar

  1. Moliyaviy boshqaruv deganda nimani tushunasiz?

J: Boshqariladigan ob’eklar va boshqariluvchi sub’ektlar tizimlarining yagonaligidan iborat

  1. Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga nima deyiladi?

J: moliyaviy rejalashtirish

  1. Moliyaviy rejalashtirishning nechta turi mavjud?

J: 2 ta turi

  1. Moliyaviy rejalashtirishda davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni nimani bildiradi.?

J: moliyaviy resurslarning balansliligini

  1. Moliyaviy rejalashtirishda korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan nimani anglatadi?

J: moliyaviy resurslarning prorportsionalliligini

  1. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?

J: davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish

  1. Nodavlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?

J: joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirish

  1. Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?

J: Hisob palatasi

  1. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?

J: davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish

  1. K.Marksning qaysi asarda davlat byudjetining mohiyati tahlil qilingan?

J: “Kapital”

  1. XYuSlar moliyaviy salohiyati nimalardan iborat?

J: aylanmadan tashqari va aylanma aktivlar

  1. Davlat byudjeti qanday funktsiyalarni bajaradi?

J: YaIM ni qayta taqsimlash va nazorat funktsiyalari

  1. Budjet Kodeksi necha bo’lim, bob va moddadan iborat?

J: 9 bo’lim, 28 ta bob, 192 ta moddadan



  1. O’zbekiston Respublikasi Jamlanma budjeti tarkibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

J: Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari

  1. Moliya vazirligi tarkibiga qanday organ kiradi?

J: Tuman moliya bo’limi

  1. Budjet tasnifi nima?

J: Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari, xarajatlarini va taqchillikni moliyalashtirish manbalarini guruhlash

  1. Bojxona bojlari qanday to’lovlar guruhiga kiradi?

J: Egri soliqlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko‘rsating.

J: 51, 123

  1. Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi

J: Soliqlar

  1. Soliqlarni joriy qilish kimning vakolatiga kiradi?

J: Oliy Majlis vakolatiga

  1. Soliq stavkalari kim yoki qaysi vakolatli davlat organi qarori bilan tasdiqlanadi?

J: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

  1. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi qancha davrga tuziladi?

J: Bir yilga

  1. Davlat budjetining yo‘naltirilganligi qanday?

J: ijtimoiy-iqtisodiy

  1. Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi nimani ifodalaydi?

J: milliy daromadni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash;

  1. Davlat budjeti xarajatlarining funksional tasnifiga ko‘ra:

J: ijtimoiy, iqtisodiy, boshqaruv va boshqalar;

  1. Qachondan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari davlat konsolidatsiyalashgan budjetida jamlanadi?

J: 1995-yildan

  1. Kelgusi byudjet yili uchun davlat byudjeti loyihasi qaysi organ tomonidan tuziladi?

J: Moliya vazirligi

  1. Budjet kodeksi qachon amalga kiritilgan?

J: 2013-yil 26-dekabrda O‘RQ-360-son O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan va 2014-yildan boshlab amalga kiritilgan.

  1. Budjetnoma- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaysi muddatda kiritiladi?

J: 15-sentabriga qadar

  1. Qaysi organ soliqlarni joriy qilish vakolatiga ega?

J: Oliy Majlis;

  1. Byudjet jarayoni nechta bosqichan iborat?

J: 4 bosqichdan

  1. Respublikamizda qachondan boshlab fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimi amaliyotga joriy qilindi?

J: 2005 yildan

  1. Vazirlar Mahkamasining 414-son «Byudjet tashkilotlarining moliyalashtirish tartibini takomillashtirish» to’g’risidagi farmoniga ko’ra stipendiyalar to’lash xarajatlari kaysi guruhga kiradi?

J: 1-guruh xarajatlari

  1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi qaysi manba hisobidan beriladi?

J: Pensiya fondi;

  1. Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjet dan quyi turuvchi budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi?

J: budjet ssudasi

  1. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qachon tuzilgan?

J: 2002-yil

  1. Mehnat haqi fondidan a ijtimoiy soliqning asosiy qismi qaysi fondga o‘tkaziladi?

J: Pensiya fondi;

  1. Qaysi iqtisodchi olimlar soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining unumsiz sarflanishi isbotlanganlar

J: A.Smit, U.Petti, D.Rikardo, P.Baugilber

  1. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajartilishi qaysi mezonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim?

J: Birgalikda yashash, umumiy byudjetning mavjudligi, iqtisodiy qarorlarni birga qabul qilish

  1. O’zbekiston Respublikasining Sug’urta faoliyati to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilingan?

J: 2002 yil 5 aprel

  1. Umumiy sug’urta nechta klassga bo’linadi?

J: 17 klassga

  1. Hayot sug’urtasi nechta klassga bo’linadi?

J: 4 klassga

  1. Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga qanday nazorat deyiladi?

J: Moliyaviy nazorat

  1. Pensiyaning qanday ko’rinishlari mavjud?

J: Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya

  1. Budjet tizimi budjetlariga ularning o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi?

J: dotatsiyalar

  1. Byudjet so’rovi nima uchun yuboriladi?

J: Byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun

  1. Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjet dan quyi turuvchi budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi?

J: budjet ssudasi

  1. Ta’lim sohasidagi byudjet muasssasalarida qaysi xarajat moddasi eng katta salmoqqa ega?

J: ish xaqi xarajatlari;

  1. Byudjet tashkilotlari tomonidan ijaraga berilgan mol-mulkdan tushgan ijara haqidan maxalliy byudjetga qancha o’tkaziladi?

J: 50 foiz

  1. Byudjet tashkilotlarida xarajatlarni moliyalashtirishda oziq-ovqat xarajatlari qaysi guruh xarajatlari tarkibiga kiradi?

J: 4-guruh xarajatlari

  1. Byudjet jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

J: Byudjet loyihasini tuzish; ko’rib chiqish va tasdiqlash; byudjetni ijro etish; ijro ustidan nazorat qilish; ijro bo’yicha hisobot tayyorlash va tasdiqlash

  1. Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari nima?

J: Umumdavlat soliqlaridan belgilangan normativlar, byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari, byudjet ssudalari



  1. Unitar davlatlarda byudjet tizimi qanday bo’g’inlardan iborat?

J: Markaziy va mahalliy byudjetlar

  1. Xarajatlar smetasi ta’rifi keltirilgan to’g’ri javobni toping?

J: bu byudjet muassasalari va tashkilotlarining moliyaviy rejasi

  1. Qaysi byudjetga tushishiga qarab soliqilar qanday soliilarga ajratilishi mumkin?

J: Umumdavlat va mahalliy soliqlar

  1. Byudjet defitsiti nima?

J: Byudjet xarajatlarining daromadlaridan ortishi

  1. Yuqori sinflarda dars beruvchi maktab o’qituvchisining haftalik o’quv yuklamasi qancha miqdorda o’rnatilgan?

J: 20 soat

  1. Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo’linadi.

J: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati

  1. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi keltirilgan to’g’ri javobni ko’rsating.

J: joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat

  1. Zamonaviy moliyaga berilgan ta’rif keltirilgan qatorni toping.

J: Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi.

  1. Moliyaning ahvoli nimani belgilab beradi?

J: Mamlakat iqtisodiyotinining ahvolini

  1. Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar nechta turga bo’linadi?

J: 4 ta turga bo’linadi.

  1. Amaliyotda firmalar tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar nechta turga bo’linadi?

J: 3 ta turga bo’linadi.

  1. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) qanday aniqlanadi?

J: uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.

  1. Firmaga keltirilgan ta’rif berilgan qatorni toping.

J: Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi.

  1. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar nima deyiladi.

J: moliyaviy kapital

  1. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanday kapitali hisoblanadi.

J: jismoniy kapitali

  1. Qimmatli qog‘ozlar emitent-firmasi aksionerlarga pul ko‘rinishida to‘laydigan daromad nima deb aytiladi.

J: Dividend

  1. Obligatsiya bo‘yicha qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summa- bu nima bo’ladi?

J: nominal foiz stavkasi

  1. Sug’urta xizmati ko‘rsatilgani uchun mijoz- tomonidan to‘lanadigan pullar nima deyiladi?

J: sug‘urta mukofoti

  1. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan nima deyiladi?

J: buxgalteriya hisobi

  1. Moliyaviy hisobotlar funktsiyalari nechta turga bo’linadi?

J: 3 turga

  1. Moliyaviy hisobotning asosiy turlari keltirilgan qatorni ko’rsating?

J: Balans, Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, Pul oqimlari to’g’risida hisobot.

  1. U muayyan vaqt oralig‘idagi aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburi-yatlarini (ya’ni, barcha qarzlarini) aks ettiradi.

J: Firma balansi

  1. Ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. Bu qanday hisobot?

J: Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot

  1. Ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Bu qanday hisobot?

J: Pul oqimlari to’g’risida hisobot

  1. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati nima deb ataladi.

J: balans qiymati

  1. Kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv nima deb ataladi?

J:gudvil

  1. Sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROS) qanday aniqlanadi?

J: EBIT/Sotish hajmi

  1. Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qanday aniqlanadi?

J: EBIT/Jami aktivlar o‘rtacha qiymati

  1. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati nima deyiladi.

J: Likvidlik

  1. Biznes egasining agenti sifatida mulkdor manfaatlari uchun faoliyat yurituvchi shaxs?

J: moliyaviy menejer

  1. Korxonaning bozor bahosi deganda nima tushuniladi?

J: korxonani sotish natijasida egalik qilish mumkin boʻlgan pul miqdori;

  1. Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja (fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strategiyasiga nima deyiladi.

J: Indeksatsiyalash

  1. Uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etish- qanday xizmat hisoblanadi?

J: Sug’urta xizmatlari

  1. Biznesning oltin qoidasi hisoblangan fikr toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.

J: bugun olingan pul mablagʻi ertaga olinadigan pul mablagʻiga nisbatan qadrliroq;

  1. Diskontlash tushunchasi nimani anglatadi?

J: kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish uchun joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi;

  1. AQShda yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari kotirovkasini avtomatik tizim asosida aniqlashga ixtisoslashgan tashkilot nomi?

J: NASDAQ

  1. Sof joriy qiymat (NPV)ni aniqlangan holatlardan qaysi birida loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi?

J: NPV ˃ 0 holatida

  1. Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan koʻrsatkichlardan biri keltirilgan javobni belgilang.

J: daromadlilikning ichki me’yori

  1. NPV nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang.

J: IRR

  1. Diskontlashtirish deganda nima tushunasiz?

J: daromaddorlik stavkasiga muvofiq muayyan muddatga keltirilgan nominal summani aniqlash

  1. Kelishilgan muddat davomida ma’lum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitim nima deb ataladi?

J: opsion

  1. Diversifikatsiya nima?

J: portfelni ko’plab investitsiyalardan tashkil etish orqali riskni pasaytirishga mo’ljallangan strategiya

  1. Dunyoning taniqli reyting agentliklari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

J: Standart&Poor’s Moody’s,Investors services

  1. Xalqaro Valyuta Fondi qachon tashkil etilgan va uning maqsadini aniqlang?

J: 1945 yilda tashkil etilgan, maqsadi a’zo mamlakatlarning valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish

  1. DPP - bu…

J: loyihaning diskontlangan qoplanish muddati

  1. Loyiha samaradorligini baholashning sof joriy qiymati qanday aniqlanadi?

J: Diskontlangan daromadlardan diskontlangan xarajatlar ayiriladi

  1. Loyiha samaradorligini baholashning rentabellik indeksi qanday aniqlanadi?

J: Diskontlangan daromadlar diskontlangan xarajatlarga bo'linadi

  1. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar keltirilgan qatorni toping.

J: fyuchers, optsion, varrant

  1. Biznesning tashkiliy shakllari keltirilgan qatorni toping?

J: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya

  1. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy tarkibiy qismlari keltirilgan qatorni toping?

J: Pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori.

  1. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar nima deb ataladi?

J: moliyaviy vositachilar

  1. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlarga oqib o‘tishiga nima deyiladi?

J: moliyaviy oqim

  1. Pul bozori deganda nimani tushunasiz?

J: Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozorini

  1. Bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Bu qanday opsion?

J: «koll» opsion

  1. Bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Bu qanday opsion?

J: «put» opsion

  1. Kapital bozori deganda nimani tushunasiz?

J: Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozorini

  1. Qanday kontraktlarda- kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalar aks ettiriladi? J: forvard» kontraktlar

  2. Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan daromadlik stavkasiga qanday stavka deb ataladi. J: foiz stavkasi

  3. Foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi omillar keltilgan qatorni toping?

J: Hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati, to‘lanmaslik riski.

  1. Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida aksiya bozor kursining o‘sishi daromadning nima deb aytiladi. J: kapitalning o‘sishi

  2. Obligatsiya va aksiyaning bir-biridan farqli jihati toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.

J: obligatsiya qarz munosabatini, aksiya ulush munosabatini anglatadi;

  1. Moliyaviy tizimga berilgan ta’rif keltirilgan qatorni toping?

J: Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizimga deyiladi

  1. Kapital bozori deganda nimani tushunasiz?

J: Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozorini

  1. “Zamonaviy moliya” fanini o‘rganish uchun asosiy o‘ta muhim sabablar necnta?

J: 5 ta o‘ta muhim sabab bor

  1. Quyidagilardan qaysi biri uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar qismiga kirmaydi?

J: Aktivlarni boshqarish bilan bog’liq qarorlar

  1. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanay kapitali hisoblanadi?

J: jismoniy kapitali

  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyat afzalligi nimada?

J: Uning muassislarining mas’uliyati jamiyatga kiritilgan kapital bilan cheklangan

  1. Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qaysi birining tavakkalchilik darajasi eng yuqori?

J: Xususiy korxona, chunki uning ta’sischisi korxona qarzlari bo’yicha o’zining barcha mol-mulki bilan javob beradi

  1. Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligini belgilang.

J: +mulk huquqini oʻtkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya qilish yordamida qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligi;

  1. Shirkat (partnership) –deganda qanday biznes shaklini tushunasiz?

J: Bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar

  1. Riskli aktiv deganda nimani tushunasiz?

J: Riskli aktiv degani kelajakda foyda kelishi aniq emas aktiv degani.

  1. Annuitetlar deganda nimani tushunasiz?

J: Annuitet ma’lum davrlar mobaynida teng qiymatli to’lovlarni bildiradi

  1. Moliyaviy hisobotlarning asosiy funksiyasi keltirilgan qatorni toping

J: moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganito‘g‘risida ma’lumot beradi.

  1. Bu kompaniyalar - moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etadilar. Bu qanday kompaniyalar?

J: Sug‘urta kompaniyalari.
Yüklə 27,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin