Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 432 Kb.
səhifə1/5
tarix26.11.2023
ölçüsü432 Kb.
#135334
  1   2   3   4   5
120s03


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


" Raqamli qurilmalarni loyihalash” fanidan



Mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish.


Bajardi: KI21-03 talabasi
Istamov Zarifjon
Qabul qildi: Narqulov A. S.
SAMARQAND – 2023


Mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish.
Ishdan maqsad: RS, D- triggerlarining ishlash prinsipini o‟rganish.
Nazariy qism.
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi,
axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‟zgaruvchilarning joriy taktdagi
qiymatiga bog‟liq bo‟lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‟liqdir. Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‟zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‟un holatga ega bo‟lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‟ich signallar ta‟sirida trigger bir turg‟un holatdan ikkinchisiga
o‟tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‟liga ega: birinchisi to‟g‟ri chiqish yo‟li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‟li teskari chiqish yo‟li deyiladi va bilan belgilanadi.
Asinxron RS trigger:
Asinxron RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin:
”YOKI-YO‟Q” hamda “VA–YO‟Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o‟zaro ulanadi.
“YOKI – YO‟Q” elementlar asosida qurilgan asinxron RS triggerning
funksional sxemasi va grafik belgilanishi xamda uning vakt diagrammasi quyidagi ko‟rinishga ega:
Bunday trigger ikkita kirish yo‟liga (S va R) hamda ikkita chiqish yo‟liga (Q va ) ega. Bu erda R-reset-olib tashlash (sbros) va S-Set- o‟rnatish ma‟nolarini anglatadi.
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:
1) S=1 va R=0 bo‟lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1)
2) S=0 va R=1 bo‟lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)
3) S=0 va R=0 bo‟lganda trigger o‟z holatini saqlaydi Ushbu xolat axborotni
saqlash rejimi xisoblanadi.
4) S=1 va R=1 signallarini bir vaktda berish ta‟qiqlanadi, chunki bunday kirish signallarida trigger o‟z turg‟un holatini yo‟qotadi.
RS-trigger ishini tahlil qilamiz. Shuni aytib o„tish joiz-ki, bu sxemaning
ikkala kirishiga bir vaqtning o„zida ochilish impulsi (mantiqiy) kelishi mumkin emas.
Haqiqatdan ham, bu vaqtda ikkala VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, kirish signallari tugagach, ularning ikkalasi ochiladi, ya’ni BYA vaqtincha simmetrik holatda bo’ladi. BYA bu holatdan teng eqtimollik bilan Q=1, Q =0 yoki Q =0, Q=1 holatlardan biriga o’tishi mumkin. Ya’ni ma’lumotni yozish imkoni bo’lmaydi.
Shuning uchun RS-trigger alohida (mustaqil) statik kirishlar rejimida ishlaydi. Boshqaruv (ma‟lumot) kirishlarining mazmuni quyidagicha: S (set- o’rnatish) - triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o’rnatish uchun (Q=1, Q =0) va R (reset-olib tashlash) - triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o’rnatish uchun ( Q =0, Q=1). Har bir kirishga past darajali (mantiqiy 0) signal berish mumkinligi tufayli, kirishlarda boshqaruv signallarining to’rtta kombinatsiyasi ishlaydi. Ular RStriggerning holatlar jadvalining R va S ustunlarida keltirilgan (2-jadval)
RS-triggerning holatlar jadvali

Kirish signallarining mumkin bo’lgan to’rtta kombinatsiyasida trigger qanday holatlarda bo’lishini ko’rib chiqamiz.



Yüklə 432 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin