ELECTRONICS WORKBENCH DASTURI
Electronics Workbench komponentlari bazasiga passiv elementlar, tranzistorlar,
boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar,
indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli
elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud.
Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib
borish uchun ampermetr, voltmeter, osillograf, multimetr, Bode-plotter
(sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional
generator, mantiqiy analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud.
Electronics Workbench sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga
oshirilishi mumkin.
Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi
harakatlar yordamida yig’ish imkonini beradi:
1.
elementlar bazasidan o’lchov asboblari va elementlarni tanlash;
2.
elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga
olib borish;
3.
elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish;
4.
elementlar va elementlar to’plami yoki sxemani ko’chirib olish, o`rnatish
va o’chirish;
5.
o’tkazgichlar rangini o’zgartirish;
6.
bir vaqtning o’zida bir qancha o’lchov asboblarini ulash;
7.
elementlar parametrlarini keng diapazonda o’zgartirish ;
Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Electronics Workbench dasturi komponentlari
Electronics Workbench dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular
komponentlar paneli va komponentlar maydoni.
Bazaviy komponentlar
•
Birlashtiruvchi tugun
-o’tkazgichlarni ulash va
nazorat nuqtalarini hosil
qilish uchun hizmat qiladi. Sxema yig’ib bo’lingach o’lchov asboblarini ulash
uchun qo’shimcha tugunlarni joylashtirish mumkin.
Yerga
ulash
komponenti nol kuchlanish vazifasini va istalgan nuqta bilan
potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion
kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif
mavjud
bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari
ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
Chiziqli elementlar
Rezistor.
Rezistorning qarshiligi omlarda o’lchanadi va Om dan Mom gacha
o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgaruvchan qarshilik.
O’zgaruvchan qarshilik qiymatini strelkali-
o’zgartirgich yordamida rostlash mumkin. Qiymatlar
oynasida reostat holatini
(foizlarda) o’rnatish imkoniyati mavjud.
Kondensator.
Kondensator sig’imi faradalarda o’lchanadi va pF lardan F
largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgartiriladigan sig`imli kondensator.
O’zgaruvchan kondensator sig’imini
ozgartirish imkoniyati mavjud. U faradalarda o’lchanadi va pF lardan F
largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktiv
g'altak.
Induktiv g'altak (drossel) kattaligi genrilarda o’lchanadi va va
mkGn lardan Gn largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktivligi
o’zgaruvchan
g'altak
. G’altakning kattaligi boshlang’ich qiymat
va proportsionallik koeffitsienti orqali o`rnatiladi (L=boshlang’ich qiymat/100).
Transformator-
U
1
kuchlanishni U
2
kuchlanishga o’zgartirish uchun xizmat
qiladi.
Transformatsiya koeffitsienti n birlamchi cho’lg’am
kuchlanishi U
1
ni
ikkilamchi
cho’lg’am kuchlanishi U
2
ga nisbati orqali aniqlanadi. Transformatsiya
koeffitsienti qiymatlar oynasiga o’rnatiladi.