1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


III. TELEVIDENIYE VA RADIOEShITTIRISh



Yüklə 124,16 Kb.
səhifə4/9
tarix31.12.2021
ölçüsü124,16 Kb.
#112909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
133 11.03.1997

III. TELEVIDENIYE VA RADIOEShITTIRISh

17.

Respublika televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.

6

18.

Viloyat televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.

6

19.

Televideniye va radioeshittirishdagi ovoz rejissori.

6

* Besh kunlik ish haftasida hisoblanayotgan davr (hafta, oy, yil) uchun ish vaqti me’yori saqlanadi.

** Ish haftasi muddati, soatlarda.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 20-son, 161-modda)

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


5-ILOVA

Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish

TARTIBI

Mazkur Tartib mehnatga doir huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlarga kafolatli to‘lovlarni pul bilan ta’minlash manbalarini va ularni berishni belgilaydi.



1. Xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar:

saylov huquqini amalga oshirish;

Oldingi tahrirga qarang.

deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish;

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-sonli qaroriga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 467-modda)

tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish;

harbiy burchni bajarish;

surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqasida (chaqiriq bo‘yicha) borish;

xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish;

2. Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yo‘lida qilinadigan harakatlar:

avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish;

inson hayotini saqlab qolish;

quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar.

3. Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qog‘ozida, xabarnomasida ko‘rsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavozimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.

4. Xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, uning jamiyat manfaatlariga doir qilayotgan harakatlari vaqtida ushbu vazifalarni bajarish uchun qonun bilan belgilangan vaqtdagi yoki tegishli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan muddatdagi limitga muvofiq o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

5. Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishlari vaqtidagi ularning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish bilan bog‘liq xarajatlar:

budjet hisobidan — budjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar tomonidan;

Oldingi tahrirga qarang.

(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)

6. Davlat boshqaruvi organlari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari boshqaruv apparati, shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, moliyaviy ta’minlash manbalaridan qat’i nazar, xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni tashkilotlarning ish haqi fondi hisobidan amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


6-ILOVA

O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish

TARTIBI

Oldingi tahrirga qarang.

1. Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash, shuningdek oliy ta’lim tizimida o‘qish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida xodimlarga beriladigan barcha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari, jumladan maxsus to‘lovlar, kunlik qo‘shimchalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va zararligi uchun qo‘shimcha ustamalardan tashqari).

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)

2. Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug‘ish varaqalari bo‘yicha to‘lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Boshqa barcha hollarda (1—4-bandlarda ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari) o‘rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.

6. Xodim mehnat ta’tilida bo‘lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha bo‘lgan muddatda ish qidirish (mehnat bo‘yicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to‘lashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga to‘g‘ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to‘lovlar qayta hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


7-ILOVA

Ijodiy ta’tillar berish

TARTIBI

Ijodiy ta’tillarning muddati



1. Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun ilm toliblariga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini, shuningdek, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:

nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha bo‘lgan muddatga ijodiy ta’tillar beriladi.

Ijodiy ta’tillarga haq to‘lash belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

2. Jamoa shartnomalarida yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o‘rtasidagi bitimga ko‘ra mazkur Tartibning 1-bandida nazarda tutilgandagiga qaraganda ish beruvchining mablag‘lari hisobiga ijodiy ta’tillarning muddati uzoqroq muddatga belgilanishi mumkin.

Dissertatsiyalarni tugallash uchun ijodiy ta’tillar berish tartibi

3. Ijodiy ta’tillar:

davlat oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga — ushbu muassasalar Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra direktor (rektor) tomonidan;

Oldingi tahrirga qarang.

boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga — ilm tolibi biriktirib qo‘yilgan oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.



(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

4. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga beriladigan ijodiy ta’tillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, sho‘ba, laboratoriya va shunga o‘xshashlar Kengashga sabablari ko‘rsatilgan iltimosnoma yuboradi.

5. Ijodiy ta’til berish to‘g‘risidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani ta’til vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda Ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.

6. Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo‘lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari ko‘rsatiladi.

7. Ijodiy ta’til olgan shaxslar, ta’til tamom bo‘lgandan so‘ng, qilingan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.

Darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualliflariga ijodiy ta’tillar berish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

8. Davlat oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga ko‘ra darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozishlari uchun asosiy ish joylaridan ijodiy ta’til beriladi.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

9. Ish mualliflar jamoasi bilan yoziladigan bo‘lganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlangan yozma holdagi arizaga ko‘ra mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga beriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

10. Ilmiy ta’til tamom bo‘lgandan so‘ng muallif oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilotning Ilmiy kengashiga qo‘lyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilotning rahbarlariga esa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiradi.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Yakunlovchi qoidalar

11. Nodavlat oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijodiy ta’tillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida (agar u ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o‘rtasidagi bitimga ko‘ra tuzilmagan bo‘lsa) yohud mazkur Tartibning 3—10-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.

12. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga, shuningdek, darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualliflariga navbatdagi ta’tillar, ular ijodiy ta’tillardan foydalanganliklaridan qat’i nazar, qonun bilan belgilangan tartibda beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


8-ILOVA

Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining

ChEKLANGAN MUDDATI

t/r

Ishlarning nomi

Ish kuni muddati, soat

1

2

3


Yüklə 124,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin