Respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining respublika inspeksiya xizmati.
Foydalanuvchilar
Mintaqalar darajasida - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiya xizmatilari
Tuman (shahar) darajasida – tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
*)Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARI DAVLAT KADASTRINI YURITISHNI TASHKIL ETISH
Respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining respublika inspeksiya xizmati.
Mintaqalar darajasida - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiya xizmatilari
Tuman (shahar) darajasida – tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi
Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining "Boshersuvnazorat" boshqarmasi tomonidan - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga "V" literi bilan va litersiz barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
Viloyat darajasida - olingan materiallar viloyat inspeksiya xizmati tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1 aprelgacha 1-"V", 2-"3", 3-"V"G 4-"V", 5-<(V", 6-"V" shakllari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga jo‘natiladi.
Tuman (shahar) darajasida 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar (hisobotlar) tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish (ob’ekt joylashgan erdagi) inspeksiyasiga muhofaza etiladigan hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi.
6-t va 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar erlarni hisobga olish hujjatlari asosida tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Tuman inspeksiyalari taqdim etilgan ma’lumotlar (hisobotlar)ning to‘g‘riligini aniqlaydilar, tuman (shahar) bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatini tuzadilar (1-t yig‘ma shakl) barcha kadastr materiallarini tuman hokimligi bilan kelishib oladilar va 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllari bo‘yicha 1 martgacha ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalariga taqdim etadilar
OB’EKTLARI_VA_ULAR_BO‘YICHA_DAVLAT_KADASTRI_YAGONA_TIZIMGA_TAQDIM_ETILADIGAN_MA’LUMOTLARI'>MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARI DAVLAT KADASTRI OB’EKTLARI VA ULAR BO‘YICHA DAVLAT KADASTRI YAGONA TIZIMGA TAQDIM ETILADIGAN MA’LUMOTLARI
OB’EKTLARI
MA’LUMOTLARI
davlat qo‘riqxonalari,
kompleks (landshaft) zakazniklar,
tabiiy bog‘lar,
davlat tabiat yodgorliklari,
zakazniklari va tabiat pitomniklari,
tabiiy kurort hududlari,
dam olish hududlari,
suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari,
er usti va er osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, tog‘ etaklari)
baliqchilik xo‘jaligi hududlari,
alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar,
davlat biosfera rezervatlari
kadastr ob’ektining nomi;
yuridik va jismoniy shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
ob’ektning kadastr raqami;
kadastr ob’ektining o‘rnashgan joyi (viloyat, tuman, geografik koordinatalari) va maydoni;
qo‘riqlanadigan tabiiy hududda xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning nomi va manzili;
qo‘riqlanadigan tabiiy hudud maqomi kim tomondan va qachon belgilangan;
xo‘jalik yuritishning belgilangan cheklovlari;
kadastr ob’ektining sanitar muhofazaning 2- va 3-poyaslari chegaralari ko‘rsatilgan joylashish sxemasi.
24-Ma’ruza:. CHiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi
NORMATIV HUQUQIY BAZASI
1. O‘zbekiston Respublikasi “CHiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (05.04.2002 yil № 362-II)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “CHiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qaroriga 3-ilova.
YURITISH TARTIBI
1. CHiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalariga taqdim etadilar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalari mulkdorlardan va ushbu ob’ektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdilar, kadastr yig‘majildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasiga beradilar.
3. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi Davlat er kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi ob’ekt (chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari) CHKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi so‘rov bo‘yicha DKYAT ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra DKYAT va CHKUJDK ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.