1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida


Test, soʻrovnomalar metodi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə21/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
1-maruza

Test, soʻrovnomalar metodi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod soʻrovnoma va test savollaridan foydalanishdir. 1905-yil fransuz psixologlari A.Bine va A.Simonlar insonning aqliy oʻsish va iste’dod darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin psixologiyada test metodi qoʻllanila boshlandi.

Soʻrovnoma-anketa (fransuzcha «tekshirish» ma’nosini bildiradi) metodi yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, oʻquvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasbga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston, ta’bir joiz boʻlsa, Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib test metodini maktab, oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga tatbiq etdi.

Test sinovlaridan koʻzlangan maqsad oz vaqt ichida oʻquvchilarning bilimlarini aniqlash hamda baholashdir.

Bunda test savollarini aniq va ravshan tarzda tuzish muhim ahamiyatga ega. Test savollarining oʻrni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oʻstiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin