Abu nasr forobiy va g’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etsh reja



Yüklə 366,64 Kb.
səhifə1/5
tarix10.04.2023
ölçüsü366,64 Kb.
#125026
  1   2   3   4   5
Abu Nosir Farobiy va Imom G\'azzoliyning falsafa ilmiga oid qaras


.ABU NASR FOROBIY VA G’AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL ETSH
Reja:
1) Kirish……………………………………………….......
2) Abu Nasir Forobining falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy taxlil etish………………………………………………………
3) G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy taxlil etish................................................................................................
4) Xulosa……………………………………………………………
5) Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................
Kirish
Abu Nasr Farobiy va G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etish
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda.
SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar.
Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi.
Sharqda G'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va G'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi. Ushbu xaqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan bildi. U kishi mazkur kitobning 99 - 100 betlarida quyidagilarni yozadilar: «So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa - xujjat yuzaga chiqdi. Uni ustoz Maxmud Biyju doktor Zakzukdan naql qildi. Unda aytilishicha, tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok raxmatulloxi alayx Dekartning kutubxonasida «al-Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan.
Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.2 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi
Imom G'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar
Keyinchalik Imom G'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom G'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar. Lekin Imom G'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi.
Forobiy 873 yilda turkiy qabilalardan bo'lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg'og'idagi Forob – O'tror degan joyda tug'ilgan. U tug'ilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, Arab xalifaligining Shimoliy chegarasi hisoblangan.
Forobiy boshlang'ich ma'lumotni ona yurtida oldi. So'ng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda o'qidi. Keyinroq o'z ma'lumotini oshirish uchun Arab xalifaligining madaniy markazi bo'lgan Bag'dodga keldi. Bag'dodda bu davrda musulmon dunyosining turli o'lkalaridan, xususan, Markaziy Osiyodan kelgan ko'p ilm ahllari to'planishgan edi. U erga bora turib Forobiy Eron shaharlari Isfahon, Hamadon, Ray va boshqa joylarda bo'ldi.
Forobiy Bag'dodda o'rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, o'zga diniy e'tiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda bo'ldi. Abu Bashar matta ibn Yunusdan (870-940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860– 920)dan tabobat va mantiq ilmini o'rgandi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Forobiy shahar-davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt-saodatga eltishi, uning boshlig'i esa adolatii, yuksak axloqli va ma'rifatli, o'zida butun ijobiy xislatlarni to'plagan bo'lishi lozim. Lekin, shunday shahar yoki mamlakatlar bo'ladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikri-zikri boylik to'plash bo'ladi. Forobiy bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to'plashga ruju qo'ygan bo'ladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb ta'kidlaydi alloma, — rahbarlikni mol- dunyo ko'paytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayu-kech mol-dunyo to'plash harakatida bo'ladi. Bunday rahbarlarning qo'l ostida bo'lgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini ko'rolmaslik, bir- birini talash, dushmanlik, nizo-janjallar paydo bo'ladi". Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o'zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo'ladi. Forobiy fikriga ko'ra, davlatni idora etuvchi shaxs o'zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo'lishi, ya'ni ado- latni va dono bo'lishi, boshqalarga g'amxo'rlik qilishi, qonunlarga to'la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo'ladi. Unda yashaydigan xalq o'zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to'la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta'limoti uning axloqiy kamolot va baxt- saodatga erishuv hamda insonparvarlik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqdir. U o'zining ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o'rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo'llarini ko'rsatishni qo'yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go'zal insoniy fazilatlami tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb- hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma’rifatni baxt- saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.
Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.

Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to'g'risida yaratgan yaxlit ta'limoti ilk o'rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy filer rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O'rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybi'a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta'limotini chuqur o'rganib, uni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta'limotidan bahramand bo'lganlar.



Faylasuf al G’azzoliy Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G’azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.
G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k.
G’azzoliyning o’z davrining ulamolari orasida eng asosiy o’ringa chiqishining asl sababi, uning farqli yo’llarni sinab ko’rganligi, an’anaviy ilmlarga ega bo’lganligi va diniy huquq, teologiya, falsafa va metafizikaning eng qiyin savollariga javob topib, uni tahlil qilganligidan kelib chiqadi.
G’azzoliy “Haqiqatga eltuvchi yo’l” nomli asarida o’zini ilmga bag’ishlagan haqiqat tolibi sifatida o’z hayot hikoyasini anglatadi va barcha haqiqat va komillik toliblariga o’z yo’lidan adashmaslikni hamda mahfiy tuzoqlarga tushmaslikni, hushyor bo’lishni maslahat beradi.
G’azzoliy qur’on va sunnatning intelektual va ma’naviy dunyosida yashagan. U o’z hissalari bilan din olimlari jamiyatini boyitdi. G’azzoliydagi ilmning turli sohalarini birlashtirishdagi qobiliyati faqatgina uning shaxsiy hunarining emas, ayni paytda bir faylasuf va olim sifatida ulg’ayishiga imkon bergan intelektual-ma’naviy iqlimning ham ta’siridir.
G’azzoliy ilmni eng ustun fazilat deb hisoblaydi. U ilmga ega bo’lganlar katta hurmat ko’rgan madaniy muhitda yetishgan. Shubhasiz, bu holat qur’onning ilmga bergan ahamiyatidan kelib chiqadi.
Qur’onda ilm kalimasi 750dan ortiq joyda zikr etilgan. Ilm ma’lumotdan tashqari, yana ham keng va asosli tushunchaga yo’naltiradi. U ham bo’lsa, oqil insonlardan mag’zini chaqishi talab qilingan “ishorat” (oyat) sifatida xizmat qiladi, faqatgina insonning dunyoni anglash ongini kengaytirishini maqsad qilmaydi, ayni paytda unga ahloqiy mas’uliyat va bir ma’naviy tuyg’u emlaydi. Haqiqiy ilmgina insonni komillikka yetaklaydi, chunki ilm har bir borliqning manbaiga eltuvchi yo’ldir.
Insonning to’g’rini bilmasdan haqitatni bilishining imkoni yo’q. Arastuning ham aytgani kabi sababi bilinmaganning natijasi ham bilinmaydi. Hamma narsa tangridan kelgani uchun haqiqat unga bog’li. Mana shuning uchun Qur’oni Karim ilim, etiqod va kamolot o’rtasida kuchli bir rishta bo’lganini ifoda etadi.
Bu nuqtai nazardan ma’lumot bir “Zehniy mashg’ulot emas. Faqat o’quv yozarlikdan ham iborat emas. Qolaversa haqiqiy ma’lumot, hamma narsaning negizidir. İnson ilim bilan kelgan o’zgarishlarga qarsi chiqa olmaydı. Haqiqiy ma’lumot bizni kamolotga chorlab monaviy huzur baxsh etadi.
Imom G’azzoli donishmanlik martabasining choqalarida joy olgan bir shaxsiyatdir. “Ihyo-u Ulumid-din”, “El-Mustasfa, “El-Iktisad Fil Itikad”, Mishkatul Enver” va Tehafutul Felasife” boshda bo’lib G’azzolining asarida aks etgan ilimning asosini ko’rishdir. Haqiqiy ma’lumot ayrim narsalarni qanday bo’lsa shunday ko’rsatgani uchun bizni bilganlarimizga amal qilishga chorlamoqda. Har sohada ma’lumot egasi bo’lish kerak. Bo’lmasa inson yo’lini yuqotadi.
Imom G’azzoli, haqiqiy bilim va unga ega bo’lishning ahamiyatiga “Miyar Al Ilim” nomli asarida keng o’rin ajratgan. Allohga insonga ado etgan aqlga to’g’ri va notog’ri narsalarni anglab yetishi uchun minnatdorchilik bildiradi. Ma’lumotsizlik va tahminlarga tayangan bilimni lanatlaydi. Shogirdlariga bilimning asosini o’rnagishni maslahat qiladi. Lekin aqlini, Tangining insonlarga baxsh etgan eng buyuk armog’an bo’lganini aytishiga qaramay, Imom G’azzoli ratsional bir shaxsiyat emas.
Haqiqiy ilimga ega bo’lish mashshaqatli bir ishdir, buning uchun fidokorlik va sadoqat kerak. Faqa bu yo’l bilan inson ma’lumotdan bilimga, bilimdan donishmalikka va donishmalikdan monaviy kamolotga erishishi mumkin. Hozirgi davrda hammaning ko’p narsa bilganini aytgan bir davrda buni zikr etish alohida ahamiyatga ega.
Imom G’azzoli donishmanlik martabasining choqalarida joy olgan bir shaxsiyatdir. “Ihyo-u Ulumid-din”, “El-Mustasfa, “El-Iktisad Fil Itikad”, Mishkatul Enver” va Tehafutul Felasife” boshda bo’lib G’azzolining asarida aks etgan ilimning asosini ko’rishdir. Haqiqiy ma’lumot ayrim narsalarni qanday bo’lsa shunday ko’rsatgani uchun bizni bilganlarimizga amal qilishga chorlamoqda. Har sohada ma’lumot egasi bo’lish kerak. Bo’lmasa inson yo’lini yuqotadi.
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda.
· SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
· Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar.

Yüklə 366,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin