1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari va ularning



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

O‘simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari va ularning 
moslanishlari. 
O‘simliklarning quruqlikka chiqishi, namlik yetishmasligiga 
moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi. Namlikka bo‘lgan talabiga 
ko‘ra barcha quruqlik o‘simliklari uchta ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, 
gigrofitlar, mezofitlar. Evolutsiya jarayonida har bir guruhda muhitning suv 
rejimida o‘ziga xos moslashish vujudga kelgan.
Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – nam lik 
kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi. Bularga dasht, 
cho‘l, yarim cho‘l, savanna, baland tog‘ o‘simliklari kiradi. Kserofitlar uzoq 
vaqt namlik yetishmasligiga chidamli o‘simliklar hisoblanadi. Ularda nam 
tanqis muhitda yashashga bir qator: transpiratsiyaning kamayishi, tuproqdan 
suv so‘rilishining kuchayishi, to‘qima va organlarda suvni zaxiralash kabi 
moslanishlar mavjud.
Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va 
sklerofitlar.


59
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va
organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni 
qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning 
poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning 
epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan qoplangan 
bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya 
sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan (kaktuslar). Fotosintez 
jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi (15-rasm).
Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton» – o‘simlik) – tuproqda 
namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Ular suvni zaxirada saqlab 
turolmaydi, lekin sklerofitlar sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgani 
uchun suvni ushlab tura oladi. Bu hujayra shirasining yuqori osmotik bosimini 
yaratadi. Shu bosim tufayli sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi. Shuning 
uchun ularni «nasos o‘simliklar» deb ham atashadi. Sklerofitlar ildizi yerga 
chuqur kirib boradi (saksovul, yantoq). Sklerofit o‘simliklarda transpiratsiyani 
kamaytirish hisobiga suvni tejaydigan bir qator morfologik moslanishlar: kichik 
Agava
Molodilo
Sutlama

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin