1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
populatsiya gomeostazi, 
populatsiya miqdori, davriy va nodavriy o‘zgarishlar, populatsiya sonining
dinamikasi, zichligi, jins tarkibi, yosh tarkibi, tug‘iluvchanlik, o‘lim ko‘rsatkichi, 
populatsiya sonining o‘sish tezligi.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Populatsiyani ekologik nuqtayi nazardan ta’riflang.
2. Populatsiyaning eng muhim belgisini aniqlang. Javobingizni misollar bilan 
asos lang.
3. Populatsiyaning biologik sistema sifatida asosiy xususiyatlarini tushuntiring.
4. Populatsiyaning tug‘iluvchanligi qanday aniqlanadi? U qanday ekologik 
omil larga bog‘liq?
5. Populatsiya soni va populatsiya zichligi haqida ma’lumot bering. 
O‘z fikringizni bildiring.
 
Barchaga ma’lumki, ichak tayoqchasi bakteriyasi hayotida bir marta ko‘payadi 
va ikkitagina avlod qoldiradi. Kumushsimon terak juda ko‘p meva hosil 
qiladi. Lekin ichak tayoqchasi bakteriyasi populatsiyasi teraknikiga nisbatan 
tez ko‘paya oladi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?


86
15-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI (DAVOMI)
Biotsenozning tur tarkibi. 
Har qaysi biotsenoz turlarning xilma-xilligi 
bilan xarakterlanadi. Biotsenoz turlarining xilma-xilligi haqida amalda to‘liq 
tasavvur hosil qilish mumkin emas, chunki mikroorganizmlarning barcha 
turlarini hisobga olib bo‘lmaydi. Biotsenozning tur tarkibi biotopda yashovchi 
turlarning umumiy soni bilan belgilanadi. Ignabargli o‘rmon, cho‘l, baland 
tog‘ biotsenozlari tur tarkibiga ko‘ra boy emas, chunki ularning tur boyligi 
o‘nlab yoki yuzlab turlardan tashkil topgan. Tropik o‘rmonlarda esa bir necha
minglab turlar yashaydi. Turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lgan biotsenoz turg‘un 
hisoblanadi. Biotsenozning turlar xilma-xilligi biotopdagi muhit sharoitiga 
bog‘liq bo‘ladi. Muhit sharoiti qanchalik qulay bo‘lsa, biotsenozda turlar 
xilma-xilligi shunchalik ortadi yoki aksincha. Masalan, tropik o‘rmonlar flora 
va faunasi nihoyatda xilma-xil, o‘rta mintaqalarning turlar boyligi, asosan, 
yopiq urug‘li va ochiq urug‘li o‘simliklar, hayvonot olami, kam hollarda 
zamburug‘ turlari bilan belgilanadi. Issiqlik doimo tanqis bo‘lgan tundrada 
turlar xilma-xilligini, asosan, yo‘sinlar va lishayniklar tashkil etadi. 
Har qaysi biotsenozda son jihatdan eng ko‘p bo‘lgan va biotopning katta 
qismini egallagan turlar bo‘ladi. Bunday turlar 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin