104. HTML – gipermatnli belgilash tili - 1989-yilda Tim Berners-Li Yuqori Energiyalar Xalqaro markazi (CERN) rahbariyatiga o’zining World Wide Web (WWW) deb nomlangan taqsimlangan gipermatnli tizimi loyihasini taklif qildi. Bunda birlamchi g’oya gipermatnli navigatsion tizim yordamida CERNning barcha axborot manbalari to’plamini yagona axborot tizimiga birlashtirish edi. Texnologiya shunday samarali bo’ldiki, jahonda eng ommaviy bo’lgan global axborot tizimining rivojlanishiga turtki bo’ldi. Internet global kompyuter tarmog’ini yaratish asosan uchta asosiy axborot texnologiyalariga tayanadi: elektron pochta (e-mail); faylli arxivlar FTP; World WideWeb. Hozirgi kunga kelib so’nggi keltirilgan texnologiya birinchi o’ringa ko’tarilib bormoqda. World Wide Web texnologiyasining muvaffaqiyati ikki asosiy omil bilan belgilanadi: soddalik va Internet asosi bo’lgan TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol – uzatishlarni boshqarish protokoli / Internet protokoli) tarmoqlararo almashinuv protokollari oilasini qo’llash.
Amaliy jihatdan, tarmoqning barcha foydalanuvchilari o’zlarini bir vaqtda xalqaro to’rda chop qilingan axborot materiallarining yaratuvchi va o’quvchi hisoblanadilar. Internetning ommaviylashuvi foydalanuvchilarga turli tarmoq manbalariga kirish uchun sodda zamionaviy interfeys taqdim etgan birinchi tarmoq texnologiyasi World Wide Web ning yuzaga kelishi bilan bog’liq. WWWni qo’llashning soddaligi va qulayligi undan foydalanuvchilar sonining ortishiga olib keldi va o’z navbatida tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning e’tiborni jalb etdi. So’ngra, foydalanuvchilar sonining ortishi jarayoni juda tezlashib ketdi va hozirda ham ortib bormoqda. kompyuterda nazarda tutilmagan turli amallarni bajarishi mumkin.
105. HTML hujjati tarkibi - Insonga o’xshab, HTML hujjati ham mantiqiy tarkibga ega. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, farzandingizning tashqi ko’rinishi, individual hususiyatlarga ega bo’lgani bilan, o’xshash tarkibga ega. Agar oynaga qarasangiz o’z boshingizni ko’rasiz (soch, quloq, ko’z, og’iz, burun). Undan so’ng o’z fizik hususiyatlariga ega bo’lgan tanangiz joylashgan. Tanangiz ham ikkiga bo’linadi: yuqori va quyi va h.k.
Bunday mulohaza yuritish HTML hujjatlari uchun ham mos keladi. Ular sarlavha va tanaga ega. HTML hujjati sarlavhasida, inson boshidagi kabi, imkoniyatlar taqdim etilgan; ular «sahnadan tashqarida» murakkab amallarni boshqarish uchun ishlaydi. HTML tanasi fizik atributlar sohasi hisoblanadi. HTML tanasi – bu brauzer orqali sahifada ko’rinadigan barcha ma’lumotlar hisoblanadi.
Sarlavha va sahifa tanasining funksional imkoniyatlari ularning farqlanuvchi tomonlari hisoblanadi. Hujjat tarkibiga amal qilgan holda ko’plab xatoliklardan holi bo’lishingiz, murakkab HTML hujjatlarini tez va samarali yaratishingiz mumkin.
Hujjat formatini bayon etish uchun qo’llaniladigan bir qator teglar bilan tanishib chiqamiz.
… – HTML tegi. Hujjatning qaysi tilga tegishli ekanligini anglatadi.
… – HTML hujjati sarlavha qismini belgilovchi sarlavha tegi.
… – hujjatni nomlash tegi. Uning ichiga joylashgan axborot brauzerning sarlavha satrida namoyon bo’ladi.
…