3-ma’ruza
:
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari,
mazmuni
.
Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson
organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar
.
(2-soat)
Rеjа:
1.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni
2. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri.
3. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni meyorlash.
1.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni.
Ishlab chiqarishda ishchi organizmiga alohida texnologik jarayonlarning kasb kasalliklariga
olib keluvchi zararli ta’sirlarini ogohlantiruvchi va sog‘lom mehnat gigiyenasi bilan ta’minlovchi
sanitar texnik tadbirlar tizimi ishlab chiqarish sanitariyasi deyiladi.
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi
- ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini
оluvchi vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkil iy tаdbirlаr sistеmаsidir. Ishlаb chiqаrish
sаnitаriyasidа аsоsiy e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn
ishlаb chiqаrishning zаrаrli оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvо оrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr,
nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni
yetarlicha bo’lmаgаn vа judа hаm yoritilgаnligi elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv
vа bоshqа nurlаnishlаr ko’rinishlаridа bo’lishi mumkin. Insоngа zаrаrli
оmillаr ulаrgа bеvоsitа
tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr
yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin.
Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg’ligi
mеtеоrоlоgik (hаvо hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg’ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi
vа bоshqаlаr) shаrоitgа hаm bоg’liq bo’lаdi.
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn
dаrаjаsi аsоsidа sоg’lоm vа хаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir. Bunday tadbirlarga quyidagilar
kiradi:
- ishlab chiqarish muhitida meyoriy meteorologik (mikroiqlim) sharoitlar yaratish;
- toksik moddalarning chang, bug‘ va gazlarining zararli ta’sirlarini yo‘qotish, yo‘qotishning
iloji bo‘lmagan hollarda kamaytirish;
- ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida shovqin va titrashlarni yo‘qotish yoki kamaytirish;
- ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida ratsional yoritishni ta’minlash;
- radioaktiv modda yoki izotoplar bilan bog‘liq nurlanish
kasalliklari profilaktikasi;
- sovuq yoki issiq harorat sharoitida ishlovchilar uchun maxsus mehnat rejimi;
- zaruriy sanitar-maishiy xonalar va qulayliklar bilan ta’minlash;
- maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy(individual) himoya vositalari bilan
ta’minlash;
- qo‘l mehnatini yengillashtirish maqsadida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish,
yangilash;
- sanoat korxonalarini asrash qoidalari, texnologik jarayonlarni tashkil etish va jihozlarni
o‘rnatish
qoidalarini ishlab chiqish;
- tashqi muhit fizik omillarining ruxsat etilgan parametrlarini belgilash.
Ishlab chiqarish sanitariyasi, ishchi va xodimlar uchun maishiy xizmat xonalarini tashkil
etishni belgilaydi.
Gigiyenik me’yorlarni ilmiy asoslashning katta ahamiyati bor. Bunday ish qobilyatini
saqlash va oshirish uchun qulay, ishlovchilarning salomatligiga zararli ta’sirining oldini olish
imkonini beradigan tashqi muhit ko’rsatkichlarini ham aniqlash lozim. Bu, avvalo, yaxshi
mikroiqlim sharoitlarini yaratish, ish joylarini maqbul ravishda yoritish va boshqalardan iborat.
Ishlab chiqarish muhiti fizik va kimyoviy omillarning zarari hususida organizm uchun yo’l
qo’yiladigan daraja va miqdorlar belgilanishi lozim.
Sanitariya-Gigiyenik me’yorlar Mehnat
Kodeksi asosida tashkil etib, ishlab chiqarishga
ilmiy asoslangan va jahon andozalariga javob beradigan ilg’or texnologiyalariga asoslangandir.
Yuqori mehnat unumdorligiga imkon beradigan sharoitlarni ta’minlash uchun uskunalar, jihozlar,
boshqarish pultlari va ish joyini tuzilishi, mehnat va dam olish davrlarining davomiyligi, ish
qobiliyatiga ta’sir qiladigan qator boshqa omillarga bo’lgan talablarni fiziologik jihatdan asoslash
zarur.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari quyida keltiriladi:
-
Gigiyenik yo’nalishda
: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti
omillarini me’yorlash; ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo’qotish
yo’llari bilan mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish.
-
Fiziologik yo’nalishda
: ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni
fiziologik talabalarga
muvofiq holda bo’lishga erishish; mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning
jismoniy og’irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faoliyatini ta’minlash;
mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishni kamaytirish.
-
Psixologik yo’nalish
: pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini
boshqarish uchun
boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiyat talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb
tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini hisobga olish;
jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan
yuqori manfaatdor bo’lishlarini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
-
Estetik yo’nalish
: intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda,
ranglar bilan
bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy estetika
talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro
qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish obyektlarida
Gigiyenik-sanitariya masalalari bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladi. Mehnat gigienasi bo’yicha
muhandis va ularning yordamchilarini
joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi
talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining
yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish bo’yicha choralar qo’llanishi
ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to’g’risidagi
ma’lumotlar asosida sog’lomlashtirish tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Aksariyat sog’lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va shu tariqa kasb
kasalliklari paydo bo’lishining oldini olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga ham
imkon beradi. Gigiena mutaxassislar tomonidan joriy qilingan sog’lomlashtirish
tadbirlarining
iqtisodiy samaradorligi so’mlarda hisoblanadi.