Mezofitlar – о‘rtacha namlik sharoitida yashovchi о‘simliklar bо‘lib, ularga kо‘pchilik madaniy va yovvoyi holdagi о‘simliklar kiradi.
Kserofitlar – qurg‘oqchil sharoitda yashashga moslashgan о‘simliklardir. Dasht, chо‘l va chala chо‘l mintaqalarida keng tarqalgan, bu о‘simliklar о‘z navbatida 2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar О‘rta Osiyo chо‘llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.
Namlikka nisbatan organizmlarda fiziologik moslanishlar
Organizmlar
Moslanishlar
Hasharotlar (qо‘ng‘iz, xonqizi, chumoli)
Ayiruv a’zosining (malpigi naychalari) bir uchi ichak orqa devorlariga tutashgan, suv sо‘rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi (reabsorbsiya)