Annotatsiya



Yüklə 396,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix03.02.2023
ölçüsü396,34 Kb.
#122939
1   2   3   4   5   6   7
5A111601 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oqitish metodikasi (manaviyat asosla

Asosiy qism 
Ma’naviyat asoslarining, xususan, Ma’naviyatshunoslik, Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va 
huquq fanlarini o‘qitish metodikasi kabi fanlarini o‘ta qiziqarli va murakkab jarayonlarida 
davlatchilik tariqqiyotining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lganligi, uning evolyusiyasida mavjud 
bo‘lgan ko‘plab bosqichlar, tamoyillar, yo‘nalishlar, qonuniyatlarning o‘ziga xos ekanligi 
to‘g‘risida talabalarga chuqur bilimlar berish o‘quv fanining asosiy maqsadidir. 
Ushbu fan talabalarning har tomonlama etuk, ma’nan barkamol bo‘lib kamol 
topishlari uchun zarurdir. Har bir talaba ushbu fan orqali: 
- mustaqil O‘zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilishi va buning sabablari; 
- milliy ma’naviyat nazariyasining shakllanishida davlat rahbarining roli; 
- milliy g‘oya, mafkura va ma’naviyatning uzviyligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 
- O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat 
nazariyasi umummetodologik asoslarining ishlab chiqilishi; 
- umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyatimizning uzviyligi; 
- ijtimoiy fanlar metodologiyasi va milliy ma’naviy meros; 
- milliy ma’naviyatimiz ilmiy-nazariy asoslarining shakllanishi; 
- jahon ilmi va o‘tmish ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining nazariy 
jihatdan o‘rganilishi; 
- shaxs va millat ma’naviyatining asosiy jihatlari; 
- ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, siyosat va ahloqning o‘zaro aloqadorligi; 
- ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
- jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz rivojining o‘zaro nisbatlari; 
- milliy ma’naviyatimiz takomilining asosiy davrlari; 
- bosh ma’naviy qadriyatlarimiz, ularning ahamiyati; 
- ma’naviyat va millat tarbiyasi; 
- oila ma’naviyati; 
- Vatan tuyg‘usi va fuqarolik mas’uliyati; 
- milliy ma’naviyatimizda xalq hokimiyatchiligiga munosabat; 


- ma’naviyat va ijtimoiy adolat tushunchalari nisbati; 
- globallashuv va axborotlashuv sharoitida ma’naviyatga tahdid va uni bartaraf etish 
yo‘llari; 
- yosh avlodni ma’naviy jasorat ruhida tarbiyalash vazifalari; 
Dastur “Ma’naviyatshunoslik”, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”, “Ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etish metodikasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish 
metodikasi” kabi fanlar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bu fanlar talabalarning Ma’naviyat 
asoslariga oid bo‘lgan bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. 
5A111601 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilarning bilimlariga qo‘yiladigan talablar: 
- dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va ijtimoiy-
iqtasoday fanlar asoslarini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish ijtimoiy muammolar 
va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; 
- Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan 
o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy g‘oyaga asoslangan faol hayotiy 
nuqtai nazarga ega bo‘lishi; 
- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega 
bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy 
ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatada foydalana bilishi
- insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi 
hukuqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
- axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan 
bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi; 
- tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega 
bo‘lishi; 
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy 
asosda tashkil qila olishi; 
- sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda 
e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. 

Yüklə 396,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin