Atrof-muhit va ekologiyani himoya qilish bo’yicha davlat siyosati
37-guruh talabasi
Murotqulov Muhammad
REJA:
1. Ekologiya tushunchasi; 2. Ekologik qoida va tamoyillar (tamoyillar); 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tarixi;
4. Atrof-muhitni himoya qilishda davlat qonunlari.
Ekologiya
«Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo‘lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866 yilda chop etilgan “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” nomli kitobi orqali olib kirdi. Bu atama yunonchada “oikos” – uy, yashash joyi, yashash muhiti, “logos” – ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Ekologik qoida va tamoyil qonundan hajmi kichikligi, cheklangan qo‘llanish sohasi bilan ajralib turadi. Qoida - organizmlarni muhit bilan o‘zaro aloqa me’yorlari, tabiiy-tarixiy qonunlarini belgilaydi. Misol uchun mustasnolik tamoyilini (G.F.Gauze) olib ko‘raylik. Bu tamoyilga ko‘ra, ikkita turning ekologik talabi o‘xshash bo‘lsa, bir joyda (biotopda) mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ularning mavjudligi yoki fazoda (bitta biotopda yashashi) yoki vaqt bo‘yicha (masalan biri kunduzgi, boshqasi kechki hayot shaklida) ajratilgan.
Ekologik qoidalar ichida geografik almashtirish qoidasini alohida ta’kidlash lozim (bu qonuniyatni D.Jordon vikariatning qoidasi deb ham yuritadi). Yaqin qondosh bo‘lgan hayvonlar bir biridan qochmaydi, ya’ni aralash hududlarni tanlaydi. Qarindoshlik shakli esa qoidaga ko‘ra vikarirlanadi (geografik jihatdan bir-birini almashtiradi). Bu qoidadan mahalliy turlar populyatsiyasini «begona» qarindosh turlar hisobiga yaxshilash, nazariy jihatdan mumkin emasligi kelib chiqadi va amaliyotda ko‘p hollarda hisobga olinmaydi.
Ekologik omil
Ekologik omil
lar xilma-xildir. Shuning uchun ularni tasniflash zarur bo‘ladi. Ekologik omillarni odatda jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari va antropogen (inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir) omillarga bo‘lib o‘rganamiz. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash 1978 yilda I.N.Ponomaryova tomonidan taklif etilgan. Ba’zi mualliflar antropogen omillarni (ularning muhimligi va o‘ziga xosligidan kelib chiqib) alohida turkumga ajratishadi.
1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining 1988 yil aprel oyida qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan.
Ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini tubdan yaxshilash maqsadida va respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik sharoitni yaxshilash, chiqindilarni atrof-muhitga zararli ta’sirini oldini olish va aholi salomatligi, aholi turmush tarzi sifati va darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, chiqindilar bilan ishlash tizimini uzoq vaqt mobaynida yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-5024«Ekologiya va atrof-muhit sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-2915«O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashki etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirildi.