Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish



Yüklə 256,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix26.11.2023
ölçüsü256,04 Kb.
#136047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.1.2-rasmyalpi talab egri chizig`i 
Bunday surilishning sababi har xil. Ma`lumki, alohida olingan tovarlar 
bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar 
tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda iste`molchilarning 
pul daromadlari ko`proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). 
Shuningdek, baho pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`proq sotib oladi, 
chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar). 
Milliy bozorda AD- egri chizig`ining trayektoriyasi ,ya`ni uning quyiga 
egilganligini ,avvalo ,pulning miqdoriy tenglamasi nazariyasi yordamida izohlash 
mumkin :
MV=YP 


22 
Bu yerda : M- muomaladagi pulmiqdori; V–pulning aylanish tezligi; P –
iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real 
ishlab chiqarish hajmi.Bu tenglamadan:
P=MV/Y va Y=MV/Ptenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan 
ko`rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YAIM hajmiga talab shuncha past 
bo`ladi, ya`ni pul massasi M va apulning aylanish tezligi V o`zgarmas bo`lsa, 
baholar darajasi va yalpi talab o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud bo`ladi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish,analiz va 
sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish 
usullari kiradi. .Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish 
o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni,minglab 
ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan 
xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida 
agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqiy usullaridan foydalaniladi. 
Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona 
makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy 
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. 
Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning 
yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil 
jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi,ularga bo‘lgan talab va ularni 
taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan 
baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan 
foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari, Markaziy bankning 
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi 
kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib, ularning o‘rtacha miqdori bozor 
foiz 8 stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat 
ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli 
makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy 
matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va 
jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, 


23 
grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-
AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy 
o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni 
bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida 
tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, 
uchyoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab 
va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida 
o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips 
egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik 
tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar 
iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empiric 
koeffitsientlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir 
mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy 
modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo‘lmasin, ma’lum darajada 
mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy 
iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud 
bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar 
tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech 
bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis 
qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng 
muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy 
qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab 
olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini 
beradi.
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik 
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy 
tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab 
sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va 
mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi. 


24 
Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, 
kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon 
hayot 
kechirishi 
uchun 
shart-sharoitlar 
yaratishga,xalqaro 
maydonda 
O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, 
mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon 
talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq 
marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda 
davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-
siyosiy, 
sotsial-iqtisodiy, 
madaniy-gumanitar 
rivojlantirishning 
konseptual 
masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy 
kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar 
strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Bunday 
muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy 
ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin 
foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi
tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining 
banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy 
to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va 
liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator 
choratadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini 


25 
ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini 
kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan 
mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy 
etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda 
xorijiy 
investorlar 
uchun 
investitsiyaviy 
jozibadorlikni 
oshirish, 
soliq 
ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy 
prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. 2017 – 2021- yillarda 
umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya 
loyihasini 
nazarda 
tutuvchi 
tarmoq 
dasturlarini 
ro‘yobga 
chiqarish 
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta 
ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. 

Yüklə 256,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin