229
yangi servislaridan foydalanishlari mumkin. Ushbu prinsip amalga oshirilishida
ichki tarmoq xakerlarning xujumlaridan kamroq himoyalangan bo‘ladi. Shu
sababli, tarmoqlararo ekranlarni ishlab chiqaruvchilari odatda ushbu prinsipdan
foydalanmaydilar.
Tarmoqlararo ekran simmetrik emas. Unga ichki tarmoqning tashqi
tarmoqdan va aksincha foydalanishni cheklovchi qoidalar alohida beriladi.
Umumiy holda, tarmoqlararo ekranning ishi quyidagi ikkita guruh funksiyalarni
dinamik tarzda bajarishga asoslangan:
- u orqali o‘tayotgan axborot oqimini filtrlash;
- tarmoqlararo aloqa amalga oshirilishida vositachilik.
Oddiy tarmoqlararo ekranlar bu funksiyalarning birini bajarishga
mo‘ljallangan. Kompleks tarmoqlararo ekranlar himoyalashning ko‘rsatilgan
funksiyalarining birgalikda bajarilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: