Axborot xavfsizligi


Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari.
Kompyuterlar 
va korporativ tarmoqlarni himoyalovchi samarador tizimni yaratish uchun qaerdan 
xavf tug‘ilishini aniq tasavvur etish lozim. Viruslar tarqalishning juda xilma-xil 
kanallarini topadi. Buning ustiga eski usullarga yangisi qo‘shiladi. 
Tarqatishning klassik (mumtoz) usullari.
Fayl viruslari dastur fayllari bilan 
birgalikda disketlar va dasturlar almashishda, tarmoq kataloglaridan, Web- yoki 
FTP – serverlardan dasturlar yuklanishida tarqatiladi. Yuklama viruslar 
kompyuterga foydalanuvchi zaharlangan disketani diskovodda qoldirib, so‘ngra 
operasion tizimni qayta yuklashida tushib qoladi. Yuklama virus kompyuterga 
viruslarning boshqa xili orqali kiritilishi mumkin. Makrokomanda viruslari 
MicroSoftWord, Excel, Access fayllari kabi ofis xujjatlarining zaxarlangan fayllari 
almashinishida tarqaladi. 
Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘lsa virus osongina 


192 
fayl-server disklariga tushib qolishi, u erdan kataloglar orqali tarmoqning barcha 
kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus 
tarmoqda shu virus tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi 
xuquqqa ega ekanligini tizim ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u 
foydalanuvchi foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi mumkin. Agar 
virus tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib qolsa oqibati juda og‘ir bo‘lishi 
mumkin. 
Elektron pochta. 
Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning asosiy manbai hisoblanadi. 
Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati MicroSoftWord formatida xatlar 
almashishda sodir bo‘ladi. Elektron pochta makroviruslarni tarqatish kanali 
vazifasini o‘taydi, chunki axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis xujjatlari 
jo‘natiladi. 
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga oshirilishi 
mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muharrirdan foydalanuvchi o‘zi 
shubha qilmagan holda, adresatlarga zaharlangan xatlarni jo‘natishi mumkin. 
Ikkinchi tarafdan niyati buzuq odam atayin elektron pochta orqali harqanday xavfli 
dasturiy kodni jo‘natishi mumkin. 
Troyan Web-saytlar.
Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni Internet 
saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida olishi mumkin. 
Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha troyan Web-saytlari faol 
komponentlarining foydalanuvchi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni 
kiritishiga sabab bo‘ladi. Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy 
elektron xat orqali olishi mumkin. 
Lokal tarmoqlar. 
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi hisoblanadi. Agar 
himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi stansiya lokal 
tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xizmatchi fayllarni zaharlaydi. 
Bunday fayllar sifatida Login.com xizmatchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-
jadvallar va standart xujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu 


193 
tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, natijada virus 
foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi. 
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari. 
Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi 
nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy nusxalarda 
ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar bo‘ladi. Viruslarni 
tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va BBS fayl-serverlar ham 
taalluqli. 
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va umumfoydalanish 
rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina viruslarni tarqatish manbaiga 
aylanishi mumkin. Agar bunday kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi 
disketidan zaharlangan bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar 
disketlari ham zaharlanadi. 
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter viruslari ham
o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, takomillashadi. Har qanday 
onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi 
kompyuter asbob-uskunasiga mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari 
va qurtlar paydo bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin 
mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq 
etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan zaharlanish 
xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim ma’muri, nafaqat virusga 
qarshi usullardan foydalanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib 
borishi shart. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin