Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə13/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
2 5215525430601193042

Savol va topshiriqlar:

  1. Tarbiyaning globallashuv jarayonidagi vazifalari;

  2. Tarbiya fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalar merosi.

  3. Diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish


4-Mavzu: Tarbiya fanida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi.

Reja:

  1. Boshlang‘ich sinflarda Tarbiya fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlar;

  2. 5-6-sinflarda Tarbiya fanini o’qitishda yangicha yondashuvlar;

  3. 7-9 sinflarda Tarbiya fanini o’qitishda yangicha yondashuvlar.


Tayanch iboralar: Tarbiya fani, yangicha yondashuvlar, amaliy mashg‘ulot, metodika.

O‘zbek milliy tarbiyasi tajribasining tarixiy-pedagogik tavsifi

O‘zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ‘ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni; yosh avlodlarda O‘zbekiston vatanparvarlariga xos fazilatlarning tarixiy o‘zaklarini aniqlashni; o‘zbek xalqi tarixi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarix qirralarini ham o‘rganishni talab qiladi. CHunki tarix o‘zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo‘yganligini; davr o‘zgarishi bilan milliy tarbiya maqsadida – fe’l-atvorimizda qay sifatlar, qaysi tomonlarga o‘zgarganligi, qaysi sifatlar o‘zgarmay, avloddan-avlodga meros bo‘lib etib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o‘rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai-nazaridan g‘oyat qimmatlidir.

Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarixchilari qiziqib kelishgan. Buni tarixchi Strabonning asarlaridagi massagetlar axloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o‘lkamiz hududida ko‘plab qabilalarga bo‘linib yashagan. Ular uchun o‘zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan1.

O‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan farzandni orzu qilishganliklarini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat,erkparvarlik, g‘ururlik, sadoqatli (jon do‘sti) do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. O‘zbek olimi, professor Y.Jumaboevning qayd qilishlaricha, “ ... o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to oxirigacha kurashishga shay” turganlar2.

Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo‘lganligini Sak qabilasiga mansub cho‘pon SHiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko‘rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarixchisi Gerodot shax Doroning O‘rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, SHiroqning mingboshi Ranosatga qarata aytgan quyidagi so‘zlarini keltiradi; - Men g‘alaba qildim, chunki saklarni, mening yurtdoshlarimni sizlarning hammangizdan saqlash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo‘ldim”3.

Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiylik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, Urxun-Enisey yozma obidalar, manixeylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o‘rgangan olimlarning ilmiy xulosalari mavjud. Jumladan, Avestoni o‘rganish O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, YAqin va O‘rta SHarq xalqlarining o‘sha davrlardagi axloqiy g‘oyalari haqida boy ma’lumotlar beradi. Avestoning eng eski qismlaridan biri “YAsna”da chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo‘lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko‘tarishgan. Lekin qo‘lida qurol bilan, zo‘rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko‘chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada qadimgi ajdodlarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida “biz”-“ular” (bosqinchilar) antitezasi paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.

Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: uy, niyat-so‘z-ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug‘atimizga kirib kelgan “vijdon” so‘zi bilan ham ifodalash mumkin. “Men YAxshi niyat, YAxshi so‘z va YAxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman”, -deb yozilgan “YAsna”da. “YAxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri- xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi” – deb hisoblangan1.

Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o‘zlaridagi xislatlarning nafaqat xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg‘ay bordilar. Jumladan, YAxshi so‘zlar –ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oqlash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish, o‘zgalarning haqini emaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyiy bordi.

Ajdodlarimizning ko‘hna qabilaviy tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan ahloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolarni bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zoroastrizim axloqli kishining sog‘-salomat kuchli bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning manaviyatiga asosiy etiborni qaratgan. Jumladan, ayol kishiga hurmat, uni ezozlash, ona sifatida qadrlash g‘oyalari markaziy o‘rinlardan birini egallagan. Demak, bu g‘oya yosh avlodga kundalik turmushda, yaxshi bolaning «namunaviy siymosi» orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.

Markaziy Osiyoda Islom talimotining tarqalishi nafaqat diniy, balki axloqiy, ta’lim-tarbiya sohasida ham katta burilish yasadi. Ajam mamlakatlari xalqlari, sunniylikning hanafiya mazhabi tarkibida o‘z milliy ananalarini shariat ahkomlari bilan uyg‘unlashtirdilar.

Fotih arablar VIIIasrda o‘lkamizga Islom ta’limoti – yangi, diniy tarbiya mazmunini ham olib keldilar. Xususan, Qur’oni Karim ota-ona, farzandlik burchi haqidagi suralari bilan katta pedagogik ahamiyatga ega. Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda Islom dini Arabistonda yoyilishidan ilgari farzandlarning ota-onalariga bemehrligidan, beoqibatligidan ko‘plar jafo chekkanlar. Bu hol o‘sha davr shoirlari ijodida ham aks etgan. Qariganda farzandlari tomonidan karovsiz qoldirilgan ota so‘zi:1

Qarigan otangizni qilib yod nega ko‘rmaysiz.

YOki do‘st payg‘omi birla xasta holimni so‘rmaysiz.

Umidim qolmadi zarra nuroniylikka etmakka.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin