Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə36/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
2 5215525430601193042

Savollar



Juda yaxshi

yaxshi

qoniqarli

Qoniqarsiz

Tayyor emasman

Javob bermadi




  1. Siz o‘zingizning milliy istiqlol sharoitida tarbiyaviy ishlarga tayyorgarligingizni qanday baholaysiz?

  2. O‘zbekistonning o‘z istiqlol yo‘lidan kelib chiquvchi tarbiyaviy vazifalar haqidagi bilimlaringizni qanday baholaysiz?

  3. Oila bilan tarbiyaviy hamkorlikni tashkil qilishga tayyorgarligingiz qanday?

  4. Milliy tarbiyani amalga oshirishda qishloq, mahalla bilan hamkorlik qilinganmi?

5. O‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajalari qayd qilinganmi?

-

-


-

-

-




4

2


8

-

-



26

32


24

20

11


64

56


60

60

77



5

7


8

20

4



1

3


-

-

-



Xullas, tadqiqot jarayonida milliy istiqlolning O‘zbekiston o‘qituvchisi, sinf rahbaridan milliy tarbiyaviy bilim, malaka, ko‘nikmalarga egalikni talab qilayotganligi va mavjud ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi qayd qilindi. Pedagog xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha to‘plangan tajriba ham “O‘quvchilar tarbiyasi va bilimining samaradorligi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qituvchining bilimi, kasb mahorati, obro‘si va uning madaniyatiga bog‘liq”1 ligini qayta-qayta ta’kidlamoqda edi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning 85 foizidan ortiqrog‘i faqat o‘z fanlari bo‘yicha dars berib, tarbiyachilik faoliyati bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rganliklari bu holni yanada dolzarblashtiradi. Vaholanki, yosh o‘qituvchilarning 80-90 foizi maktabga kelishlari bilan sinf rahbarlari etib tayinlanadilar. Buning natijasida yosh o‘qituvchilarda paydo bo‘luvchi nochorlik, hafsalasi pirlik, ba’zan ularning kasblarini o‘zgartirishlariga sabab bo‘ladi. Xullas, mavjud vaziyat pedagogik ta’lim jarayonida o‘qituvchi profeesiogrammasidagi milliy tarbiyachilik sifatlarini kuchaytirishni, takomillashtirishni taqozo qilmoqda edi.

O‘qituvchilarning milliy tarbiya jarayonining tashkilotchilari sifatidagi faoliyatlarini o‘rganish ularning qisman bo‘lsa-da, milliy tarbiya vazifalari, maqsadidan xabardorliklari, empirik darajada amalga oshirishga harakat qilayotganliklarini ko‘rsatdi. Buning misoli sifatida ularning ish rejalari, tarbiyaviy soatlar tematikasida milliy axloqiy mavzularni, tadbirlarni keltirish mumkin. Lekin bu ishlarning aniq maqsadga yo‘naltirilmaganligi, sistemalashmaganligi, izchil nazorat qilinmaganligi tufayli maqsadga erishmay qolinmoqda. CHunki sinf rahbarlarining milliy tarbiyaviy faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilmagan. Ana shu sababdan bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyachi sifatidagi faoliyatining modeli, ko‘rsatkichlarini asoslash zarurati tug‘ildi. Bular: -millatlararo muloqot madaniyatining; -vijdoniylikning; - milliy mafkuraviy onglilikning yaxlit shakllanganlik darajalari sifatida ifodalandi. Ushbu ko‘rsatkichlarni to‘rt darajadan iborat mezonlari belgilandi. O‘rganilgan sinflarning milliy tarbiyalanganlik darajalarini (ya’ni sinf rahbarining milliy tarbiyaviy faoliyati samaradorligini) o‘rganish kuzatuv, mustaqil hay’at, ilmiy bo‘lim mudirlari, tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari, direktorlardan olingan xolis tavsifnomalar bilan solishtirib o‘rganildi. Biz belgilagan mezonlar tizimi aksariyat hollarda (76%) sinf rahbarlarining milliy tarbiyaviy faoliyatini xolis aks ettirdi. SHunday qilib, sinf rahbarlarining milliy tarbiyaviy faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari - mezonlarining yuqori, o‘rtacha, past va salbiy darajalari aniqlandi. Natija esa, sinf rahbarining milliy tarbiya borasidagi faoliyati samadorligi nimalarga bevosita bog‘liќligi, aloqadorligi o‘rganildi. Bunday omillar a) sinf rahbarining milliy tarbiyaviy ishlarni olib borishga nazariy, uslubiy yo‘naltirilganligi; b) shaxsiy va kasbiy sifatlarining uyg‘un shakllanganligi; v) ijodiylik bo‘lib chiqdi.

Faoliyati yuqori va yaxshi darajada baholangan sinf rahbarlarida milliy mafkuraviy onglilik; faol axloqiylik; ijtimoiy faollik; ijtimoiy tafakkur; topqirlik; pedagogik odob; talabchanlik; vijdoniylik; adolatparvarlik; tadbirkorlik; o‘zini idora qila olish; ko‘tarinki ruh; bolalarga mehrlilik kabi sifatlarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi kuzatildi. Mazkur kasbiy va shaxsiy sifatlarning uyg‘unlashuvi ularga turli vaziyatlarda topqirlik, yangilikka intilib, tarbiyani milliy, istiqloliy asosga qurish imkoniyatini bermoqda edi.

Faoliyati qoniqarli va past darajada baholangan sinf rahbarlarida esa, milliy tarbiyaning nazariy va uslubiy asoslari haqida bilimlarning bo‘shligidan tashqari, intellektual cheklanganlik; o‘quvchilarning milliy fazilatlariga befarqlik; bo‘shanglik; o‘quvchilar bilan muloqotga kirisha olmaslik; ularni o‘ziga ergashtira olmaslik; odamovilik; toldasizlik; o‘quvchilarga zarda qilish; so‘z; nasihatga ortiqcha berilganlik; ba’zi hollarda pedagogga nomunosib sifatlar ham uchrashi kuzatildi. SHuni qayd qilish joizki, faoliyatlari uchinchi va to‘rtinchi guruhga kiritilgan sinf rahbarlari orasida o‘z fanining bilimdonlari ham uchraydi. Lekin o‘qituvchining o‘z fanini chuqur bilishi, uning sinf rahbari - milliy tarbiya tashkilotchisi sifatidagi bilim, ko‘nikmalar darajasiga hamma vaqt ham mos kelavermasligi tasdiqlandi.

Jamlangan ilmiy tadqiqot materiallari o‘qituvchining sinf rahbari sifatidagi faoliyati samaradorligi uning pedagogika institutlari va universitetlarida milliy tarbiyaviy faoliyatga maxsus yo‘naltirishiga; zarurati shaxsiy fazilatlariga; milliy tarbiya bo‘yicha muayyan nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchining milliy tarbiyachi sifatidagi shaxsiy va kasbiy sifatlarining namunaviy majmuasini tuzish imkonini berdi.

Sinf rahbarlariga milliy tarbiyani amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan shaxsiy va kasbiy sifatlar majmuasi:


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin