Blackcurse


O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHISINING QASAMYODI



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə40/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
2 5215525430601193042

O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHISINING QASAMYODI

Menkim__________________o‘qituvchilikdek sharafli kasbga o‘zimni bag‘ishlab, O‘zbekistonning Vatanparvar yosh avlodini tarbiyalashga kirishar ekanman, Vatanim, xalqim, Prezidentim va ustozlarim oldida barcha kasbiy mas’uliyatlarimni chuqur anglagan holda;



  • tarbiya orqali o‘quvchilarimda millat, Davlat, Vatan manfaatlarining birligini ta’minlashga;

  • o‘quvchilarimga barcha insoniy jihatlarim bilan namuna bo‘lishga;

  • o‘z fanimni o‘qitishni tobora takomillashtira borishga;

  • bola shaxsini hurmatlashga;

  • tarbiyaviy maqsadga erishishda talabchan bo‘lishga;

  • pedagogik jarayonni ilmiy asosga qurishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Bergan qasamyodimning har bir bandini bajarishda shaxsiy javobgarligimni tantanali ravishda bayon qilaman.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos qiyinchiliklar ham mavjud edi. Ulardan biri – talabalarga milliylik, tarbiya, madaniyat, shaxsning milliyligi haqida, milliy istiqlol mafkurasining pedagogik mohiyati haqida ma’lumotlar berishi lozim bo‘lgan maxsus ilmiy adabiyotlarning hali chop etilmaganligi edi. Bulardan Qur’oni Karim, Xadis, “Muosharat odobi”, “Odobnoma”, “Amir Temur o‘gitlari”, “O‘zbek to‘ylari” kabi qator ma’rifiy-ommabop risolalar mustasno, albatta. Ushbu adabiyotlar mualliflari, tuzuvchilari milliy odob-axloq haqida hikoya qilib, o‘quvchilarga milliy odob, vijdoniylik, imonlilik va boshqa sifatlarni targ‘ibot qilishni maqsad qilib quygan edilar. Xalqimizdagi milliy qadriyatlarga bo‘lgan ommaviy qiziqish, ularni saqlash istagi bu risolalarning tijorat muvaffaqiyatini, xaridorgirligini ta’minladi, ta’minlamoqda. Lekin bu risolalar asosan tarixiy xususiyatga ega bo‘lib, “Hozir va kelajakda O‘bekistonning umumta’lim maktablarida o‘quvchi bolalardan qanday milliy fazilatlarni, qay darajada, qay me’yorda, nima uchun, va eng muhimi, qanday qilib shakllantirish mumkin?”, degan iomiy pedagogik savollarga javob bera olmas edi. CHunki mualliflar, tuzuvchilar o‘z oldilariga bunday maqsadlarni qo‘ymagan edilar-da. Vujudga kelgan muammoni ijobiy hal qilish maqsadida hayotimizda sodir bo‘layotgan milliy yaratuvchilikka qaratilgan uyg‘onishning mohiyatini uqtirish, ularda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish maqsadida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilariga yo‘l-yo‘riqlar berildi. Jumladan, talabalarga milliy mafkuraviy mavzularda referatlar tarqatishlarini; referat ishlarini bajarish uchun talabalar respublika ro‘znoma va oynomalarida chop qilingan milliy tarbiyaviy maqolalar, tarixiy xujjatlar, madaniy meros bilan puxta tanishishlarini shart qilib qo‘yishlarini tavsiya qildik. Talabalarga bu ishda yordam berish uchun adabiyotlar ro‘yxatiga 1989-1997 yillar respublika matbuotida chop qilingan milliy tarbiyaning turli qirralariga oid maqolalar, risolalar, davlat hujjatlari, Prezidentimizning tarbiviy qarashlari aks etgan chiqishlari, nutqlari kiritildi. Bu tadbir bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyaviy faoliyatni olib borishlarida zarur bo‘lgan; milliy mafkuraviy dunyoqarash; milliy odoblilik; vijdoniylik; millatlararo muloqot madaniyati; milliy g‘urur; O‘zbekiston vatarparvarligi kabi fazilatlarning, milliy istiqloliy e’tiqodning zaminini yaratishga xizmat qildi.

Xullas, mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisining milliy tarbiyachi sifatidagi andoza-modelini belgilash quyidagilarni aniqlash imkonini berdi; mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisini umumpedagogik tayyorlash jarayoni o‘ziga xos qonuniyatlar asosida kechadi. Bular:


  • mamlakatda o‘qituvchini umumpedagogik tayyorlash tizimi uning milliy xususiyatlariga asoslansa, bu jarayonning samaradorligi oshadi;

  • o‘zbekiston o‘qituvchilari umumpedagogik tayyorlash tizimi respublikamizning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan kelib chiquvchi pedagogik vazifalar bilan belgilanish kerak;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyaviy bilim, ko‘nikma va malakalarining sifati pedagogika instituti, universitetlaridagi o‘quv, amaliy va mustaqil amaliy faoliyatlar mazmuni, shakl va usullarining milliy tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilishiga bog‘liq;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarlik darajasi, mazmuni, samaradorligi talabaning shaxsiy insoniy sifatlari, mafkuraviy dunyoqarashi va kasbiy layoqatlarining uyg‘unlashtirilishiga bog‘liq.

SHunday qilib, o‘qituvchining milliy tarbiyachi sifatidagi andoza-modelidan kelib chiqib, milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning uslubiy tizimi aniqlandi. Galdagi amaliy- pedagogik vazifa sifatida talabalarning shaxsiy sifatlari, milliy mafkuraviy dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bilan uyg‘unlashtirishga kirishildi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin