D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


H – sirg‘aluvchi, jarangsiz, bo‘g‘iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon,  mahkam, muhokama



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

H – sirg‘aluvchi, jarangsiz, bo‘g‘iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon, 
mahkam, muhokama. 
 
Til oldi undoshlari 
Til oldi undoshlari ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga – shovqinli [t, s, d, ch, sh, 
j] va sonorlar [r, l, n] ga bo‘linadi. 
Til oldi shovqinli undoshlar jarangli-jarangsizlik belgisiga ko‘ra quyidagi 
juftliklarga hosil qiladi: [t-d], [z-s], [ch-j]. 
[T] undoshi. Bu tovush til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh bo‘lib, so‘zning 
barcha bo‘g‘inlarida uchraydi: tentak, ketti, ot, bet, ket, ta’lim-tarbiya, katta, paxta, 
terim, to‘yona. 
Ko‘pgina shevalarda [t] jaranglashib [d] ga o‘tadi. Turli shevalarda bu hodisa 
turlicha qabul qilingan: ayrim dialektlarda sporadik ravishda qabul qilingan bo‘lsa 
(m-n: djlovchi shevalarda), boshqalari uchun normal holat hisoblanadi (masalan: 


38 
xorazm 
shevasi). 
Misollar: 
j-lovchi 
shevalarda: 
deyirmen| 
diyirmen~dыyыrmen
dog‘ishup < to‘qishib 
dudun < tutun 
donguz < to‘ng‘iz. 
Xorazm shevalarida: dag‘< tog 
demir < temir 
depki < tepki 
derek < terak 
delledim < terladim. 
Ko‘p shevalarda [t>ch] almashinuvi kuzatiladi:
tish>chish
tush>chush. 
[T] assimilyatsiyaga uchrab, quyidagicha o‘zgaradi: 
t > s: aytsa > eysse 
ketsa > kesse 
eshitsa > eshisse 
t ettem’nem 
t yig’ller 
atlas > elles 
Dissimilyativ o‘zgarishlar ham uchraydi: 
ittifoq > intipoq. 
Ba’zan so‘z oxirida [t] tushiriladi: 
go‘sht > gosh 
musht > mush 
do‘st > dos 
Ayrim hollarda so‘z o‘rtasida ham [t] tushishi mumkin: 
vaqtli > vexl’ 
dasturxon > dasexen (jiz. shevasida). 
[D] fonemasi jarangsiz [t] ning jarangli ekvivalenti hisoblanadi. U so‘zning 
barcha bo‘g‘inlarida kela oladi. So‘z oxirida aksariyat [t] holida talaffuz qilinadi: 
dot>det 
mard>mert 
avlod>evlat 
J-lovchi shevalarda bir xil sharoitda ham [t] ham [d] ishlatilishi mumkin: 
O‘ldir > eltir, lekin qoldir > qaldo‘r 
Ayrim so‘zlarni talaffuz qilganda, tarkibidagi etimologik [d] tovushi tushib 
qoladi:
baland > belent > belen 
xursand > xursent > xursen 
J-lovchi shevalarda taraddud so‘zi teredi shaklida talaffuz etiladi. Bunda 
o‘rtadagi va oxiridagi [d] tovushi tushiriladi. 
J-lovchi shevalarda va ayrim ylovchi shevalarda [d] ning quyidagicha 
o‘zgarishlarini kuzatish mumkin: 
d > l: aldamoq > ellemoq 


39 
hidlab > hillep 
d > n: kelganda > kegenne 
indamaydi > innemeydi 
undan keyin > inney key’n 
d > sh: podsho > p shshe 
d y: sudradi > suyrede 
aldirildi > so‘yro‘ldo‘ 
[S] fonemasi shevalarda turli variantlarga ega. Deyarli barcha shevalarda 
[s>ch] o‘zgarishlari mavjud: 
soch > choch 
sochiq > chechiq 
sichqon > chichqen 
sochmoq > chechmeq 
Supurgi, suvamoq kabi so‘zlarda anlaut pozitsiyadagi [s] tovushi [sh] bilan 
almashadi: 
supurgi > shipirgi, djlovchi sh’pqrg‘q 
suvamoq > shuvemoq 
Dj-lovchi shevalarda [s>dj] almashinuvi mavjud: sovchi > djovchы 
Toshkent shevasida anlautdagi [s] ning [t] ga o‘tishi kuzatiladi: 
sirpanchiq > t’rpanch’q 
Bus-butun so‘zining bus elementidagi [s] ham shevalarda [t] kabi talaffuz 
etiladi: 
but-butun 
[Z] fonemasi [s] ning jarangli juftidir. J-lovchi shevalarda y-lovchi shevalarga 
nisbatan kam qo‘llaniladi. So‘z oxirida jarangsizlashib [s] kabi talaffuz etiladi. 
Masalan: 
zog‘ora > z g‘ re 
ziynat > ziynet 
so‘z > soz // sos 
ko‘z > koz // kos 
bordingiz > berdiz 
ozgina > ezgine 
qizilcha > qo‘qlche 
kunduz > kunduz // kundus 
Shevalarda [z>y] o‘zgarishlarini uchratishimiz mumkin: 
so‘zla > seyle 
zanjirla > yenj’lle (jiz.shevasi). 
[Sh]-jarangsiz sirg‘aluvchi tovush. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchratish 
mumkin: 
shali > sheli // shalы (jlovchi) 
ergash > ergesh 
osh > esh 
go‘sht > gosh 
pishgan > p’shken 
tushib > chush’p 


40 
Dj - lovchi shevalarda [sh>s] o‘zgarishi kuzatiladi: 
bosh > bes 
tosh > mes 
besh > bes 
Ayrim shevalarda [sh] assimilyatsiyaga uchraydi: 
ishchi > ichchi 
qo‘shchi >kochch (jlovchi sh.) 
pishsin > p’ss’n 
qo‘shsa > qesse 
Shevalarda ayrim so‘zlarning talaffuzida boshlang‘ich [sh] tushib qoladi. 
shisha > ‘shshe 
shishibdi > ‘sh’pt’ 
Ayrim so‘zlarda sh orttiriladi: 
eshak > ‘shshey (jiz.sh.) // eshshek (and. sh). 
[Ch] fonemasi. Bu tovush til oldi, jarangsiz affrikat undosh bo‘lib, birmuncha 
palatallashgan holda [sh] kabi talaffuz etiladi. O‘zbek tilining barcha shevalari uchun 
xos bo‘lib, statik normal fonema hisoblanadi. 
echim > (dj.sh) cheshuv 
echib > (dj.sh) cheship 
soch > chech 
Toshk.shev.: chey, echchu, chech, qulech. 
Shevalarda [ch] affrikati [sh] bilan almashadi. Lekin bu holat barcha 
shevalarda bir xil emas. J-lovchi shevalar uchun normal holat hisoblansa, y-lovchi 
shevalarda fakultativ-sporadikdagina uchraydi, masalan: 
ochdi > oshte 
nechta > n’shte 
qornim ochdi > q in’m oshte 
hech nima>h’sht’me 
uchta > ushte 
ichdi > ‘sht’ 
djl. Shay || shey < choy 
[Ch] assimilyatsiyaga uchrab quyidagicha o‘zgarishlarga ega bo‘ladi. 
uch so‘m > ussom 
kuchsiz > kuss’z 
Hadicha > Xechche 
[J] fonemasi – til oldi, jarangli affrikat. Y-lovchi shevalarga nisbatan dj-lovchi 
shevalarda bu fonema ko‘proq qo‘llaniladi, j-lovchi shevalarda esa [dj] [j] bilan 
almashtiriladi: 
y lovchi: yo‘q // j lovchi: djoq-joq 
yesh // djash - jas 
yexshi // djaxshы - jaqsы 
[J] bilan boshlanuvchi arab, fors tillaridan kirib kelgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili 
va shevalariga o‘zlashib, o‘zbek tili lug‘at sostaviga singib ketgan: djen, djenbez, 
djeven, djey, djeng, djendjel, djehen, djuven, dj’hez, djedvel, djenub va h.k. 
Ayrim shevalarda [j] kuchsizlanib y ga o‘tishi mumkin: 


41 
majlis > meyl’s 
Bu holat jlovchi shevalar uchun ham xosdir. [j//y] almashinuvida ko‘pincha 
turg‘unlik holati buziladi va bir so‘zning o‘zida ham [j], ham [y] uchraydi: yegen // 
djegen 
yaxsh’ // djaxsh’ 
yaproq // djaproq 
yoldosh // djoldosh. 
Sporadik ravishda [j>sh] xususiyati uchraydi: 
xurush < xuruj 
Ayrim jlovchi shevalarda ba’zan [j] affrikatining ikkinchi sirg‘aluvchi elementi 
tushib qoladi: dasto‘k < jasto‘q // yostiq. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin