nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida zoogeografik rayonlashti- rishda turli rangdagi hududiy zoogeografik kategoriyalar qo‘llaniladi (shox bo‘lim, zoogeografik oblast, kenja oblast, provinsiya, uchast- ka, okrug va boshq.). Zoogeografik rayonlashtirish jarayonida yirik zoogeografik kategoriyalami aniqlashda faunaning tarixiy regional aloqalari va uning evolutsiyasi bilan baholanuvchi genezisining qo nuniyatlari asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Nisbatan yirik zoogeo grafik kategoriyalar (oblast, kenja oblast) yeming geologik tarixi bi lan bog‘liq holda, asosan fauna rivojlanishining tarixiy jarayoni bilan aniqlanadi. Faunani yana ham mayda guruhlarga (provinsiya, uchast- ka va boshq.) ajratish zamonaviy ekologik mezonlami talab qiladi. Hayvonot dunyosi taraqqiyotida yer yuzining turli hududlarida tur tarkibi bo‘yicha o ‘ziga xos bo‘lgan hududlar - zoogeografik oblastlar shakllangan. Darlingtonning (1966) fikricha, faunistik oblastlar - hozirda fauna bilan egallangan muayyan hududlardir. Faunistik oblastlami o ‘rganish hayvonot dunyosining qadimda qanday tarqalganligini, ulaming hozirgi tarqalishini va bu tarqalishning muhit omillari bilan aloqasini aniqlash imkonini beradi. Faunistik oblastlar orasidagi o ‘zaro chegaralar hayvonlaming tarqalishidagi asosiy to‘siqlami ifodalaydi. Ko‘pchilik hollarda oblastlar orasidagi chegaralar aniq boimasdan, bir fauna tipining ikkinchi faunaga qo‘shilishini ta’minlaydigan, ular orasidagi o ‘tkinchi xususiyatga ega bo‘lgan keng mintaqalardan tashkil topadi. Shu sababli, faunalar egallagan maydonning hajmi to‘g ‘risida turlicha fikr va mulohazalar kelib chiqadi. Quruqlikni zoogeografik rayonlashtirish ancha ilgari boshlan-