Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish so‘z yoki birikma qavsga olinadi



Yüklə 232 Kb.
səhifə36/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Muqaddas esa (ajabo!) go‘yo hech narsani sezmas, u nimagadir sevinib, hadeb kular... edi. (O.Yoqubov) Birov o‘q borib uning qo‘liga tekkan desa, boshqa birov (Astagfurulloh!) naqd og‘ziga tekkan deydi. (E.A’zam) Menga bitilgan xatni ikki kun (ikki kun-a) saqlab yuribsiz, o‘sha ikki kun mobaynida xayolan ikki yuz ming ko‘chaga kirib chiqanimni tasavvur qilasizmi? (X.Do‘stmuhammad) Tuyqus yon tomondan qo‘llarida cho‘qmor (ha ha rostakam cho‘qor!), korjoma kiygan ikki barzangi sahnaga kirib keldi. (E.A’zam). Balki Mo‘yinqumdan pul topib qaytgunimcha, Inga Fyodorovna ham kelib qolar va hammasi joy-joyiga tushib ketar: yoki u (o, qanday baxt!) sevgani bilan butkul qovusha-di, yoki orqaga qaytishga, yana yashash uchun o‘zida kuch topishga to‘g‘ri keladi... Lekin bunisidan u juda-juda qo‘rqadi...(Ch.Aytmatov)

  • Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish gap qavsga olinadi: Ko‘ngil qo‘yganlari boshqa edi, boshqalar edi. Uni biz bilamiz (Bilmaylar ketaylik, iloyim!). (E.A’zam) Sizning xayollaringizni ostin-ustun qilgan o‘zimdagi fazilatlarni (Rostdan ham, bormi ular?) topib, ardoqlab yashayman. (X.Do‘stmuhammad) Boylar bo‘lsa na fuqaroni bir chaqaga oladi (bunisi-ku mayli-ya), na mingboshini (mana munisiga chidab bo‘lmaydi!). Ochiqdan-ochiq so‘kadi, haqorat qiladi... (Cho‘lpon). Kandalov kopni ko‘rgan kishi, temir yo‘l yong‘indan saqlash idorasida komendant bo‘lib joylashib olgan, ilgari harbiyda va buning ustiga jazo batalonida xizmat qilgani, (bir balosi bordir- ku, axir!) cho‘ldagi shoshilinch tadbirga juda mos tushardi.(Ch.Aytmatov)

  • Sahna asarlari matnidagi turli izoh, remarkalar qavs ichida beriladi: SOHIBQIRON. Yo‘q! Bari Ollohdan. Yaratgan egamning xohishi shul erkan. O‘z jannatidan joy ato qilg‘ay! (Qalqonbekka). Dafn taraddudini ko‘ringlar! (Yuziga fotiha tortadi. Saragulni o‘rnidan turg‘izadi). Sen qachon kelding bu maskanga? (O.Yoqubov) OLIMJON (Alomatga qarab turib). Iye, bu o‘chib qopti-ku... (Robotning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.) (Sh.Boshbekov). Ayiq: (Pufakka ishora qilib) Orqada yov turibdi, Ko‘p chalg‘imang, xo‘jayin. Sher:(Pufakka sarosimali boqib qo‘yib Tulkiga yuzlanadi).

  • Fikr manbayi, uning muallifi, ismi sharifi, manba haqidagi malumotlar qavs ichida beriladi: Qayerda kurash bolmasa, u yerda osish ham bolmaydi. Kim birovga chuqur qazisa, bunga ozi yiqiladi(Maqol). Hasanxon qayda bolsa, qiy- chuv ham shunda bolur(Ozbek xalq dostonidan).

  • Tasniflarda (nuqtadan farqli holda) yarim qavs ishlatiladi: Sozlar tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bolinadi: 1) sodda sozlar; 2) qoshma sozlar; 3) juft sozlar; 4) takroriy sozlar; 5) qisqartma sozlar.(Q.Sapayev)

  • Muayyan birliklarning variantlari qavs ichida beriladi: -gi (-g‘i, -ki, -qi, g‘u). Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat quroli, holat va narsa oti yasaydi. Odatda, jarangli va sonor undosh bilan tugagan asoslarga -gi, -g‘i affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan asoslarga -ki, -qi affiksi qo‘shiladi.(Q.Sapayev)

    Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi.
    (57 + 38) - 17 = ?
    [ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah[a]ri, o‘r[i]ni, sing[i]lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi.
    TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

    1. Qo‘shtirnoq o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

    2. Qo‘shtirnoq qachon takroriy qo‘sha qo‘llanadi?

    3. Qo‘shtirnoqning grafik jihatdan qanday ko‘rinishlari bor?

    4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qo‘shtinoqning vazifasi nimadan iborat?

    5. Qo‘shtinoq qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

    6. Qavs o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

    7. Qavs asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

    11-MA’RUZA
    TIRENING QO‘LLANILISHI. TINISH BELGILARINING QO‘SH QO‘ LLANILISHI


    Reja:

    1. Tire va uning tarixi

    2. Tirening sodda gapda qo‘llanish o‘rinlari

    3. Tirening qo‘shma gapda qo‘llanish o‘rinlar

    4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi




    Yüklə 232 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin